Digital.uz
12.1K subscribers
19.4K photos
1.1K videos
1 file
6.74K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
🧩 Kibersport bo‘yicha “Vazirlar Mahkamasi kubogi” o‘tkazildi

🛡 Respublikada kibersportni xavfsiz, tizimli va barqaror asosda rivojlantirish hamda uni keng ommalashtirishga qaratilgan yaxlit ekotizimni shakllantirish, kibersport musobaqalari va turnirlarini muntazam ravishda tashkil etish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash, ularni professional kibersport faoliyatiga yo‘naltirish, shuningdek, axborot texnologiyalari va IT-industriyasi uchun yuqori salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash va ushbu sohaga jalb etish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

🎮 Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida kibersportning CS 2 – (Counter-Strike 2) hamda PUBG Mobile yo‘nalishlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri tashkil etildi.

⚜️Musobaqa Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamda Kibersport assotsiatsiyalari tomonidan tashkil etildi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 120 million so‘mni tashkil etib, har bir yoʻnalish boʻyicha 60 million so‘mdan taqsimlandi.

Finalda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarga ega chiqishdi:

🔫 CS 2 (Counter-Strike 2)
1-o‘rin – “Storm” jamoasi (Toshkent shahri), 30 mln so‘m;
2-o‘rin – “Nasaf” jamoasi (Qashqadaryo viloyati), 20 mln so‘m;
3-o‘rin – “LEGENDA999” jamoasi (Buxoro viloyati), 10 mln so‘m mukofot.


🎮 PUBG Mobile
1-o‘rin – “DANGER ESPORTS” jamoasi (Andijon viloyati), 30 mln so‘m.
2-o‘rin – “ARCRED” jamoasi (Toshkent shahri), 20 mln so‘m.
3-o‘rin – “UPGRADE” jamoasi (Namangan viloyati), 10 mln so‘m mukofot.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/113159

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡 SEGA O‘zbekistonda o‘yinlar industriyasi bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda

Yaponiyaga amalga oshirilgan tashrifi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov SEGA SAMMY Holdings Inc. prezidenti va bosh ijrochi direktori (Group CEO) Haruki Satomi hamda SEGA Corp. ijrochi vitse-prezidenti, ijrochi direktori Takaya Segava bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida o‘yinlar industriyasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar hamda kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
____

🛡 SEGA Explores Prospects for Cooperation in Uzbekistan’s Gaming Industry
 
During his visit to Japan, Uzbekistan’s Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov met withHaruki Satomi, President & Group CEO of SEGA SAMMY Holdings Inc. and  Executive Vice President, Executive Officer of SEGA Corp., Takaya Segawa.
 
Discussions focused on prospects for bilateral cooperation in the development of the gaming industry, digital technologies, and talent development.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍💻Surxondaryolik xotin-qizlar uchun AT sohasidagi imkoniyatlar va raqamli ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan forum o‘tkazildi

🌐 Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan IT Park, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorligida Termiz shahrida “Raqamli dunyoda xotin-qizlar ishtiroki va IT sohasidagi imkoniyatlar” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova kirish so‘zi bilan ishtirok etdi. Ular xotin-qizlar uchun axborot texnologiyalari sohasida mavjud imkoniyatlar keng ekani, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali ularning kasbiy salohiyatini oshirish muhimligini ta’kidladi.

📞 Forum doirasida spikerlar Ilhom Jo‘rayev raqamli ta’lim imkoniyatlari va xotin-qizlarning ta’limdagi ishtiroki haqida so‘z yuritgan bo‘lsa, Fazliddin Tojiboyev generativ sun’iy intellekt vositalaridan ta’lim va amaliyotda samarali foydalanish bo‘yicha muhim manbalar bilan o‘rtoqlashdi, Obidjon Zohidjonov esa sun’iy intellekt yordamida video va foto kontent yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/113424

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇯🇵 O‘zbekiston “FUJIFILM System Services” bilan AT va raqamli ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytiradi

Yaponiyaga amalga oshirilgan tashrif doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “FUJIFILM System Services” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Amane Inoue bilan uchrashuv o‘tkazib, axborot texnologiyalari va raqamli ta’lim sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda “FUJIFILM System Services” kompaniyasining O‘zbekistonda mahalliy ofisini ochish imkoniyati, mahalliy AT-mutaxassislarni jalb etish hamda ularning kasbiy salohiyatidan samarali foydalanish kabi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/113534
________

🇺🇿 🇯🇵 Uzbekistan to Expand Cooperation with FUJIFILM System Services in IT and Digital Education

During a visit to Japan, Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held talks with Amane Inoue, Chairman of the Board of Directors of FUJIFILM System Services, to discuss the expansion of bilateral cooperation in information technologies and digital education.

The meeting focused on potential areas of partnership, including the possible opening of a local office of FUJIFILM System Services in Uzbekistan, the engagement of local IT specialists, and the effective use of their professional capacity.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/113534

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Axborot texnologiyalari sohasidagi ayol olima – “Yil ayoli” tanlovi g‘olibi

Bugun, 23-dekabr kuni “Yil ayoli” milliy tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tanlov doirasida “Olima ayollar” yo‘nalishi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Dildora Muhamediyeva faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Professor Dildora Muhamediyeva tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellektga asoslangan innovatsion dastur ko‘krak bezi saratonini erta bosqichlarda aniqlash imkonini beradi. Ushbu loyiha hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amaliyotga joriy etilib, qo'llanib kelinmoqda.


🔘Mazkur yutuq mamlakatimizda ilm-fan, raqamli texnologiyalar va sog‘liqni saqlash sohalari integratsiyasining yorqin namunasi bo‘lib, ayol olimalarning jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.

G‘olibni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tokioda o‘zbekistonlik vatandoshlar va startap asoschilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

➡️Yaponiyaga tashrif doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyada axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan va startaplarni rivojlantirayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish, startaplar va AT-mutaxassislar uchun imkoniyatlar, shuningdek, xorijdagi o‘zbek diasporasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

🔠Tadbir davomida Raqamli texnologiyalar vaziri O‘zbekiston startap ekotizimining hozirgi holati va rivojlanish dinamikasi, shuningdek, raqamli islohotlarning asosiy natijalari haqida ma’lumot berdi. Startaplarga kiritilayotgan investitsiyalar hajmining o‘sishi, xalqaro akseleratsiya dasturlarining kengayishi va mamlakatning global texnologik xaritadagi o‘rnini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/113590

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM