Digital.uz
12.1K subscribers
19.4K photos
1.1K videos
1 file
6.74K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в городе Санкт-Петербурге принял участие в очередном заседании Высшего Евразийского экономического совета в статусе главы государства-наблюдателя.

#Mirziyoyev #sammit #YOII #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан на заседании Высшего Евразийского экономического совета

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Состоялась церемония вручения Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву, Президенту Кыргызской Республики Садыру Жапарову и Президенту Республики Таджикистан Эмомали Рахмону Международной премии мира Льва Толстого.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #mukofot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚜️Yapon kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

🟢Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyada “Hitachi Vantara” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🟢Unda O‘zbekistonni “Hitachi Vantara” kompaniyasi uchun yangi autsorsing yo‘nalishi sifatida taqdim etish, shuningdek mamlakatda IT sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan tashabbuslar atroflicha muhokama qilindi.


🟢Suhbat chog‘ida asosiy e’tibor O‘zbekistonda mavjud soliq va bojxona imtiyozlari, IT Park rezidentlari uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlariga qaratildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/112744

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡 Energetiklar kuni bilan tabriklaymiz!

Hurmatli energetika sohasi xodimlari!


Energetika sohasi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat rivoji va aholi farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyat va kasbiy mahoratingiz tufayli yurtimizda barqaror energiya ta’minoti yo‘lga qo‘yilib, zamonaviy infratuzilma izchil rivojlanib bormoqda.

Ushbu qutlug‘ kunda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli mehnatingiz doimo e’tirofda bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 O‘zbekiston Sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksida ikki yilda 25 pog‘onaga yuqoriladi

📊 O‘zbekiston Sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksi (AI Readiness Index)da so‘nggi yillarda barqaror o‘sishni namoyish etmoqda. Oxford Insights xalqaro tahlil markazi tomonidan e’lon qilingan reyting natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz 2023-yilda 87-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2025-yilga kelib ushbu ko‘rsatkichni 25 pog‘onaga yaxshiladi.

📈 Xususan, 2024-yilda mamlakatimiz mazkur reytingda 70-o‘rinni qayd etgan bo‘lsa, 2025-yil natijalariga ko‘ra yana 8 pog‘onaga yuqorilab, 62-o‘ringa ko‘tarildi va o‘z pozitsiyasini yanada mustahkamladi.

📊AI Readiness Index davlatlarning sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va ulardan samarali foydalanishga tayyorlik darajasini baholaydi. Reyting davlat boshqaruvi, texnologiyalar infratuzilmasi, inson kapitali, ma’lumotlar siyosati hamda innovatsion muhit kabi muhim mezonlar asosida shakllantiriladi.

📈 Ushbu natijalar O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasini strategik yo‘nalish sifatida rivojlantirish, raqobatbardosh raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va aholi uchun zamonaviy davlat xizmatlarini ta’minlash yo‘lidagi islohotlarning samarasini aks ettiradi.

Rus tilida

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧩 Kibersport bo‘yicha “Vazirlar Mahkamasi kubogi” o‘tkazildi

🛡 Respublikada kibersportni xavfsiz, tizimli va barqaror asosda rivojlantirish hamda uni keng ommalashtirishga qaratilgan yaxlit ekotizimni shakllantirish, kibersport musobaqalari va turnirlarini muntazam ravishda tashkil etish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash, ularni professional kibersport faoliyatiga yo‘naltirish, shuningdek, axborot texnologiyalari va IT-industriyasi uchun yuqori salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash va ushbu sohaga jalb etish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

🎮 Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida kibersportning CS 2 – (Counter-Strike 2) hamda PUBG Mobile yo‘nalishlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri tashkil etildi.

⚜️Musobaqa Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamda Kibersport assotsiatsiyalari tomonidan tashkil etildi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 120 million so‘mni tashkil etib, har bir yoʻnalish boʻyicha 60 million so‘mdan taqsimlandi.

Finalda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarga ega chiqishdi:

🔫 CS 2 (Counter-Strike 2)
1-o‘rin – “Storm” jamoasi (Toshkent shahri), 30 mln so‘m;
2-o‘rin – “Nasaf” jamoasi (Qashqadaryo viloyati), 20 mln so‘m;
3-o‘rin – “LEGENDA999” jamoasi (Buxoro viloyati), 10 mln so‘m mukofot.


🎮 PUBG Mobile
1-o‘rin – “DANGER ESPORTS” jamoasi (Andijon viloyati), 30 mln so‘m.
2-o‘rin – “ARCRED” jamoasi (Toshkent shahri), 20 mln so‘m.
3-o‘rin – “UPGRADE” jamoasi (Namangan viloyati), 10 mln so‘m mukofot.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/113159

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM