Digital.uz
12.7K subscribers
21.2K photos
1.17K videos
1 file
7.25K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☘️ Startup ekotizimi rivojida ayollarning roli muhim

🇺🇿 O‘zbekistonda startaplar ekotizimi jadal rivojlanib, yoshlar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. “President Tech Award” mukofoti, “IT Park Ventures” va boshqa venchur fondlari innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashning yorqin misollaridir. Ushbu muhitda xotin-qizlarning g‘oya va loyihalari katta ahamiyatga ega bo‘lib, “Homila AI” kabi tashabbuslar yirik yutuqlarga erishmoqda.

“Homila AI” loyihasi O‘zbekistonda homilador ayollarning sog‘ligini qo‘llab-quvvatlash va ularning hayotini osonlashtirish maqsadida yaratilgan. Loyiha asoschisi Kamilla Daminova o‘z startapiga 150 000 AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb etishga muvaffaq bo‘ldi. U “Women in Tech CCA Awards” mukofotlash marosimida texnika toifasida “The Most Impactful Initiative” (“Eng ta’sirli tashabbus”) uchun taqdirlandi.

2024-yilda asos solingan HEAL startapi homiladorlik davridagi asoratlarni sun’iy intellekt yordamida bashorat qilish va oldini olish uchun “Homila AI” ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu loyiha homilador ayollarga sog‘liq haqida muhim ma’lumotlarni yetkazib, tibbiy yordam ko‘rsatuvchi provayderlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

🎞 Loyihaga oid batafsil ma’lumot va Kamilla Daminova bilan to‘liq intervyuni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/_QvvNYHnnJk?si=I9nVfTb5fEIuGpwn

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇮🇷 O‘zbekiston va Eron o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

➡️ Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammadali Iskandariyni qabul qildi.

📌 Uchrashuvda tomonlar sohadagi tajribalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha takliflar almashishdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/34530

_______

🇺🇿 🇮🇷 Uzbekistan and Iran discussed issues of cooperation in the field of digital technologies

➡️ The Minister of Digital Technologies, Sherzod Shermatov, received the Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Islamic Republic of Iran to Uzbekistan, Muhammadali Iskandariy.

📌 The meeting focused on prospects for cooperation in the field of digitalization, with both sides exchanging proposals on mechanisms for exchanging experience, joint projects and partnerships between companies from both countries.

In detail: 👉
https://digital.uz/en/news/view/34530

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Startup Garage Nukus filiali rasman ochildi

Startup Garage’ning navbatdagi filiali Nukus shahrida ochildi. Tadbirda 80 ga yaqin yoshlar qatnashdi.

Marosim davomida qatnashchilar Startup Garage’ning qanday imkoniyatlarni bera olishi haqida to’liq ma’lumot olishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida, AloqaVentures vakillari yoshlarga startap haqida to’liq ma’lumot berib, venchur fond startaplarga investitsiya ajratish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tadbirdan so’ng 10 ta startap asoschilari soha ekspertlarga loyihalarini taqdimot qilib, shulardan 2 loyiha Startup Garage rezidentligiga qabul qilindi.

Startup Garage - o’z g’oyangizni haqiqatga aylantiring!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📕 TATUda “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi ochildi

Bugun, 30-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov hamda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Markaz davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar doirasida tashkil etildi. Ushbu maskan yoshlarni milliy tarix, madaniyat va ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/34591

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️My.gov.uz orqali davlat xizmatlari uchun to‘lov qilish yanada qulaylashdi!

💰 Endilikda portal foydalanuvchilari pulli davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni Uzum Bank ilovasi orqali yoki Uzum Nasiyada muddatli to‘lov asosida qulay amalga oshirishlari mumkin!

👉 Bunda ikki xil to‘lov usulidan birini tanlasa bo'ladi:
Shaxsiy mablag‘lar hisobidan to‘lov qilish;
Bir necha oyga qulay muddatli to‘lov rasmiylashtirish.

📱 Raqamlarga e’tibor bersak, har kuni 300 mingdan ortiq foydalanuvchi my.gov.uz portaliga tashrif buyuradi. 2024-yilning o‘zida portal orqali 32 milliondan ortiq ariza yuborilgan.


🪙 Shunga ko‘ra, Uzum Nasiya aholining my.gov.uz orqali pulli davlat xizmatlaridan foydalanishida mablag‘ taqsimoti borasida qulaylik yaratadi.

❗️Ma’lumot uchun:
Uzum Bank – Uzum milliy raqamli ekotizimiga qarashli internet-bank.

Uzum Bank orqali foydalanuvchilar maishiy va boshqa turdagi to‘lovlarni amalga oshirishi, keshbek olishi, pul o‘tkazmalarini tezkor hal qilishi va naqd pul yechishi mumkin!


🟡 Qulaylik va tezkorlikni qadrlang!

🧑‍💻my.gov.uz va Uzum Bank xizmatlaridan foydalaning!

▶️https://youtube.com/shorts/TCzmG_K0v-Y?feature=share

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Startup Garage Xorazm filiali rasman ochildi

✈️ Startup Garage’ning navbatdagi filiali Xorazm shahrida ochildi. Tadbirda 70 dan ortiq yoshlar qatnashdi.

😃 Marosim davomida qatnashchilar Startup Garage’ning qanday imkoniyatlarni bera olishi va startap haqida to’liq ma’lumot olishdi.

👤 Tadbirning ikkinchi qismida, AloqaVentures vakillari yoshlarga startap haqida to’liq ma’lumot berib, venchur fond startaplarga investitsiya ajratish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tadbirdan so’ng 8 ta startap asoschilari soha ekspertlarga loyihalarini taqdimot qilib, shulardan 6 loyiha Startup Garage rezidentligiga qabul qilindi.

Mazkur loyiha Xorazm viloyati, Urganch shahri, “AloqaBank” binosida joylashgan.

Manzil: 220100, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy shoh koʻchasi, 106-uy.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦄 Toshkentda o‘tkazilgan Unicorn Battle: Verifix San-Fransiskodagi Unicorn Cup’da O‘zbekistonni taqdim etadi!

Toshkentdagi “U-Enter” markazida investorlar, hamkorlar va startaplar ishtirokida Unicorn Battle tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu innovatsion ekotizimning muhim voqealaridan biri bo‘lib, turli sohalardan 120+ startap o‘z arizalarini topshirdi. Saralash natijasida MVP bosqichida bo‘lgan va kengayish salohiyatiga ega 18 ta startap taqdimot uchun tanlab olindi.

🎉 Unicorn Battle g‘oliblari:

🥇 Verifix – Kavkaz va Markaziy Osiyoda iste’dodlar tanqisligini bartaraf etuvchi B2B SaaS HR platformasi.

🥈 Azma Finance – kichik biznes egalari uchun avtomatlashtirilgan buxgalteriya platformasi, bu soliq hisob-kitobi, moliyaviy boshqaruv va hisobotni soddalashtiradi.

🥉 Tilmoch – turkiy tillarga ixtisoslashgan sun’iy intellektli tarjima xizmati bo‘lib, o‘zbek tiliga tarjima qilishda Google va Yandex’dan 2 barobar aniqroq natijalar beradi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/34676
______

🦄 Unicorn Battle in Tashkent: Verifix to Represent Uzbekistan at Unicorn Cup in San Francisco!

The Unicorn Battle event took place at U-Enter in Tashkent, bringing together investors, partners, and startups. As one of the key events in Uzbekistan’s innovation ecosystem, the competition attracted 120+ startup applications from various industries. After careful selection, 18 MVP-stage startups with high growth potential were chosen to pitch their solutions.

🎉 Unicorn Battle Winners:

🥇 Verifix – A B2B SaaS HR platform tackling the talent shortage in the Caucasus and Central Asia.

🥈 Azma Finance – An automated accounting platform that simplifies tax calculations, financial management, and reporting for small business owners.

🥉 Tilmoch – An AI-powered translation service specializing in Turkic languages, delivering twice the accuracy of Google and Yandex for Uzbek translations.

Read more: 👉 https://digital.uz/en/news/view/34676

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM