Digital.uz
12.7K subscribers
21.2K photos
1.17K videos
1 file
7.25K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
⚡️Hurmatli Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat feldyegerlik xizmati tashkil etilganligining 33-yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!

1992-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, Davlat feldyegerlik xizmati tashkil etilgan va shundan beri mamlakatimizdagi muhim vazifalarni bajarishda beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda.

Hozirgi zamon texnika va texnologiyalari qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, Davlat feldyegerlik xizmati o‘zining ishonchliligi va muhim ahamiyati bilan hali ham mamlakatimiz aloqa tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda.

Hurmatli xizmat xodimlari, sizlarning fidoyi mehnatingiz, mas’uliyatingiz va kasbga sadoqatingiz barchamiz uchun o‘rnakdir. Davlatimiz kelajagi va rivoji yo‘lida olib borayotgan mashaqqatli xizmatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy farovonlik va yangi yutuqlar tilaymiz!

Davlat feldyegerlik xizmati tashkil topgan kun muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IT Park tomonidan tashkil etilgan Local2Global dasturi bilan yangi bozorlarni zabt eting!

"APAC" mintaqasidagi eng rivojlangan texnologiya bozorlarida yangi imkoniyatlarni kashf qilib, biznesingizni yangi darajaga olib chiqing.

Local2Global, IT Park tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturi, 2025-yil aprel oyida Yaponiyaga va Koreyaga biznes safarlari uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.

🇯🇵 Local2Global.Japan: Yaponiyada yangi hamkorliklar va biznes imkoniyatlarini rivojlantiring
Sana: 20–26 aprel

Dasturning asosiy jihatlari:

- IT Park konferensiyasida ishtirok etish
- Yapon kompaniyalari bilan B2B sessiyalarida ishtirok etib, biznesingizni taqdim etish
- Osaka'dagi yirik ko‘rgazmaga tashrif
- Tokio'dagi ko‘rgazmada maxsus stend bilan ishtirok etish

📌 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/SHJPMJh2pBPaNMWS9

🇰🇷 Local2Global.Korea: Koreyada yangi biznes imkoniyatlari va mijozlarni toping
Sana: 22–27 aprel

Dasturning asosiy jihatlari:

- Seuldagi ko‘rgazmada maxsus stend bilan ishtirok etish
- Koreya kompaniyalari bilan B2B sessiyalarida biznesingizni taqdim etish

📌 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/i9ipXkvot9arTYvX6

Qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash: Ushbu safarlar davomida hamkorlik o‘rnatgan rezidentlar safar xarajatlarining 50% gacha qoplanishiga ariza topshirish imkoniyatiga ega.

🔥 Ariza topshirish muddati: 31-yanvar

Joylar cheklangan—o‘z o‘rningizni kafolatlash uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 🚀

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ota-onalar uchun qulaylik! 

📱 my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin. 

💻 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, shuningdek, xavfsiz va maxfiy!

▶️https://youtube.com/shorts/jHINDMFEUqY

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Удобство для родителей! 

📱 Через портал my.gov.uz можете скачать справки о нахождении или об отсутствии на учете в психиатрическом или наркологическом диспансере. Такая информация может потребоваться для предоставления в иностранные посольства, при поступлении в частные образовательные учреждения или в других случаях. 

💻Использование услуги абсолютно бесплатно, а также безопасно и конфиденциально!

▶️https://youtube.com/shorts/jHINDMFEUqY

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️Navoiy shahrida yangi BPO markazi o‘z faoliyatini boshladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy shu’basi hamda IT Park Navoiy filiali hamkorligida Navoiy shahrida yangi BPO markazi (“Haul World Transportation Navoiy” MCHJ)o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur kompaniya Amerika Qo‘shma Shtatlariga masofadan turib autsorsing xizmatini ko‘rsatadi. Hozirda 6 nafar ishchi o‘rni bilan yaratilgan ushbu masofaviy xizmatlar ko‘rsatish markazi yaqin olti oy ichida ishchi o‘rinlar sonini 20 taga yetkazish rejalashtirilgan. 

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/34448

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚗 800 000 ga yaqin haydovchi onlayn litsenziya oldi❗️

📱 my.gov.uz portali orqali yo‘lovchi va yuk tashish uchun litsenziya olish jarayoni oson va qulay ekaniga siz ham guvoh bo‘ling!

🪪 2024-yil yakuniga qadar 800 000 ga yaqin litsenziya onlayn tarzda rasmiylashtirildi.

📍 Eng ko‘p litsenziya olgan hududlar: Toshkent shahri, Buxoro va Andijon viloyatlari bo‘ldi.

🚘 Eslatma: 2030-yil 1-yanvarga qadar elektromobil va gibrid avtomobillarda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya varaqalari bepul beriladi!

👉 litsenziya olish uchun:

1️⃣. my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘ting;
2️⃣. "Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya" xizmatini tanlang va ariza bering.

▶️Litsenziya olish tartibi bilan videoqo‘llanmada tanishing: https://youtu.be/PtmXBQF6BkA

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☘️ Startup ekotizimi rivojida ayollarning roli muhim

🇺🇿 O‘zbekistonda startaplar ekotizimi jadal rivojlanib, yoshlar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. “President Tech Award” mukofoti, “IT Park Ventures” va boshqa venchur fondlari innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashning yorqin misollaridir. Ushbu muhitda xotin-qizlarning g‘oya va loyihalari katta ahamiyatga ega bo‘lib, “Homila AI” kabi tashabbuslar yirik yutuqlarga erishmoqda.

“Homila AI” loyihasi O‘zbekistonda homilador ayollarning sog‘ligini qo‘llab-quvvatlash va ularning hayotini osonlashtirish maqsadida yaratilgan. Loyiha asoschisi Kamilla Daminova o‘z startapiga 150 000 AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb etishga muvaffaq bo‘ldi. U “Women in Tech CCA Awards” mukofotlash marosimida texnika toifasida “The Most Impactful Initiative” (“Eng ta’sirli tashabbus”) uchun taqdirlandi.

2024-yilda asos solingan HEAL startapi homiladorlik davridagi asoratlarni sun’iy intellekt yordamida bashorat qilish va oldini olish uchun “Homila AI” ilovasini ishlab chiqdi. Ushbu loyiha homilador ayollarga sog‘liq haqida muhim ma’lumotlarni yetkazib, tibbiy yordam ko‘rsatuvchi provayderlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

🎞 Loyihaga oid batafsil ma’lumot va Kamilla Daminova bilan to‘liq intervyuni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/_QvvNYHnnJk?si=I9nVfTb5fEIuGpwn

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇮🇷 O‘zbekiston va Eron o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

➡️ Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammadali Iskandariyni qabul qildi.

📌 Uchrashuvda tomonlar sohadagi tajribalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha takliflar almashishdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/34530

_______

🇺🇿 🇮🇷 Uzbekistan and Iran discussed issues of cooperation in the field of digital technologies

➡️ The Minister of Digital Technologies, Sherzod Shermatov, received the Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Islamic Republic of Iran to Uzbekistan, Muhammadali Iskandariy.

📌 The meeting focused on prospects for cooperation in the field of digitalization, with both sides exchanging proposals on mechanisms for exchanging experience, joint projects and partnerships between companies from both countries.

In detail: 👉
https://digital.uz/en/news/view/34530

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Startup Garage Nukus filiali rasman ochildi

Startup Garage’ning navbatdagi filiali Nukus shahrida ochildi. Tadbirda 80 ga yaqin yoshlar qatnashdi.

Marosim davomida qatnashchilar Startup Garage’ning qanday imkoniyatlarni bera olishi haqida to’liq ma’lumot olishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida, AloqaVentures vakillari yoshlarga startap haqida to’liq ma’lumot berib, venchur fond startaplarga investitsiya ajratish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tadbirdan so’ng 10 ta startap asoschilari soha ekspertlarga loyihalarini taqdimot qilib, shulardan 2 loyiha Startup Garage rezidentligiga qabul qilindi.

Startup Garage - o’z g’oyangizni haqiqatga aylantiring!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📕 TATUda “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi ochildi

Bugun, 30-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov hamda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Markaz davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar doirasida tashkil etildi. Ushbu maskan yoshlarni milliy tarix, madaniyat va ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/34591

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM