Mirzo Qodirov | Blog
1.07K subscribers
117 photos
27 videos
3 files
63 links
CMO ➡️ @imanumapp

Boshqa joylarda siz kam uchratadigan chuqur tahlillar, fikrlar va xulosalar

Marketing, biznes, qadriyatlar va shaxsiyat
Download Telegram
Biz boshlayapmiz👀

Savollarni shu yerda yozib tursangiz boladi
Nima uchun aslida hech qanday metrika muhim emas?)

Bu savol sizni hayron qoldirgan bo‘lishi mumkin. Lekin afsuski haqiqat shunday. Analiz paytida hech qachon bitta metrikani boshqalaridan uzib olgan holatda analiz qilish noto‘g‘ri bo‘ladi.

Bu xuddi klik va yo lidning narxi pastligiga qarab men zo‘r targetologman deyishga o‘xshaydi.

Misol uchun IMAN’da oxirgi oyda bo‘lgan holatni ko‘rsatmoqchiman. Yuqoridagi rasmlarning birinchisida mobil ilovamizdagi kamchiliklar hisobiga tushib ketayotgan konversiyani va oktyabr-noyabr oylarida uni deyarli 4 barobarga oshirganimizni ko‘rsangiz bo‘ladi. Bu yaxshi albatta.

Ammo bir lekini bor. ikkinchi rasmda CAC ni oydan oyga oshayotgani. Konversiyani ko‘tarish uchun landing page’dan foydalanishni boshlagandik, lekin bu narsa CPA ni oshishiga olib keldi.

Uning ustiga sotuv bo‘limidagi prioritetlar o‘zgargani uchun ROAS ham o‘tgan oyga nisbatan ikki barobar kamaygandi.

Noyabr oyida ancha bu ko‘rsatkichlarni ustida ishladik. Konversiyani pasaytirmagan holatda CAC ni kamaytirishga va ROAS ni 60% ga ko‘tarishga erishdik.

Ana shu uchun hech qaysi metrika mustaqil ravishda muhim emas, ularni har doim turli rakurslardan qarab tekshirish kerak.

Shunaqa gaplar)

Tushunishga qiyin bo‘lgan bo‘lsa avvaldan uzr, lekin yozilgan gaplarni to‘liq tushunib tasavvur qila olgan bo‘lsangiz, tabriklayman, digital marketolog darajasiga chiqibsiz)
TBC, Payme ga o‘xshab milliylikni ozining kommunikatsiyalarida ishlatayotgan yana qanaqa brendla bor, yozib yuborila…
YouTube uchun keyingi video tayyor bo‘pti👀

30 daqiqalik go‘shtli kontent😄😄

Qanaqa mavzuda deb o‘ylisilar? Sizlar juda uzoq kutgan mavzuda😉
Erkinroq nafas olsa ham bo‘larkanu

Oxirgi ikki oyda professional jihatdan juda katta transformatsiya davridan o‘tdim. Marketingda 5 yil, boshqaruvda esa 4 yillik tajribam bor, lekin shu davr mobaynida endi nafas olishni boshladim desam bo‘ladi.

IMAN’dagi marketing jamoasini 0 dan yangidan yig‘dik. Sabablari aslida ko‘p, unga kirishib o‘tirmayman, sababi hozir gap bu haqida emas.

Olinayotgan har bir insonni sinchiklab tekshirib, shaxsan o‘zim suhbatdan o‘tkazib oldim. Maqsad o‘z ishini haqiqatda zo‘r bilishiga va diqqatini bitta loyihafa jamlay olishiga amin bo‘lish edi.

Kopirayterdan boshlab Marketing bo‘limi rahbarigacha bo‘lgan yo‘lni o‘zim bosib o‘tganim uchun deyarli har bir pozitsiyada qanday ko‘nikmalar kerak bo‘lishi haqida yaxshi tushuncham bor. Xodimlarni olishda ular ancha as qotdi.

Yangi jamoa bilan tahminan bir oy ishlagandan keyin tushundimki, agar jamoadagi har bir a’zo o‘z ishini maksimal darajada zo‘r bajara oladigan bo‘lsa, jamoani samaradorligi 5-10 barobarga osharkan.

Oldin deyarli barcha ish yerlarimda juda ko‘p vaqtimni operatsion masalalar va mikroboshqaruv egallardi. Bu esa ko‘plab strategik ahamiyatga ega ishlarni qilishga imkon bermaydi. Natijalar ham shunga yarasha bo‘ladi.

Hozir 1 haftada 1 marta har bir a’zo bilan 1 soatlik 1 ga 1 uchrashuv juda ko‘p ishlarni ishtirokimsiz bitishiga yordam beryapti. Qolgan vaqtda esa kattaroq rejalar qilish, strategiyani yaxshilash va samaradorlikni oshirish uchun sarf bo‘ladi.

Erkinroq nafas olishga imkon bergan narsa esa har bitta yo‘nalishda o‘zimdan ko‘ra yaxshiroq bilim va tajribaga ega insonni qo‘yish bo‘ldi.

Boshqaruvning haqiqiy ta’mini endi totyapman. Ancha shirin bo’larkan))
Analitikada kuchayishimga qaysidir ma’noda sabab bo‘lgan inson😅

Rustamaka jamoadagi har bitta insonga qo‘yadigan asosiy talablardan bittasi – data-driven bo‘lish.

Agar qanaqadir g‘oya bilan keladigan bo‘lsangiz u albatta raqamlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa katta ehtimol bilan rad javobini olasiz.

Aynan shu talab hozirgi kunda marketing analitikada kuchli bo‘lishimga olib keldi desam ham bo‘ladi. Sababi qandaydir g‘oyani tasdiqlash, u asosida qandaydir reja qilish yoki qilinayotgan ishlar samarali ekanini ko‘rsata olishim uchun analitikani yaxshi bilmasligim mumkin emas. Chunki Rustamakani o‘zlarida marketing va biznes metrikalar bo‘yicha tushunchalar ancha kuchli. Bitta tilda gaplasha olish uchun eng kamida shu darajada bilim kerak.

Bu postni yozishdan maqsad, shu maslahatni yetkazish-ki, agar har kim talab va qiyinchiliklardan qochishni o‘rniga o‘z ustida ishlab bilmaganini o‘rgansa o‘ziga yaxshi. O‘sish faqat shu tariqa mumkindir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CUSTDEV

Manga eng ko‘p beriladigan savollardan bittasi «CustDev’da qanaqa savollar berish kerak?»

Kanal orqali ham, shaxsan gaplashganimda ham ko‘pchilik CustDev haqida videodarslik so‘rashgan edi va u vanihoyat tayyor, YouTube’ga chiqdi.

Videoni oxirigacha ko‘rganlar uchun sovg‘a qoldirdim.

CustDev savollari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshiyam 90-yillarda emasmiz, bo‘lmasa juda ko‘pchilik qirilib ketgan bo‘lardi😂
Mirzo Qodirov | Blog
Bu yil sarhisobi emas… 9 000 bola 6 300 ayol 2023-yil asl holatimizni yaqqol namoyon qildi. Birodarlarni himoya qilishga kuchimiz yetmadi, yong‘oq deb o‘ylaganlarimiz puch chiqdi, ba’zida esa qurtlagan... Aslida yozaman desa gap ko‘p, gapdan esa foyda yo‘q.…
1 yilda 3x o‘sish. 45 000 kishidan oshdi…

2024-yil sarhisobini qilayotganimizda mana shu son yanada oshmasligi uchun, bunday kunlar insonlar boshiga kelmasligi uchun qanday xissa qo‘shdik, uni ham bir hisob-kitob qilishimiz kerak. Agar 0 bo‘lsa, demak biz nimanidir noto‘g‘ri qilyapmiz.

To‘g‘ri, balki juda balandparvoz gapdek eshitilar, lekin har kim o‘z himmatidan kelib chiqib oliy maqsadlarga xizmat qiladi. Kimdir minbar yasaydi, kimdir uni olib borib joyiga o‘rnatadi, yana kimdir ana shu minbar yasaydigan odam uchun bolg‘a yasaydi.

Nima ish qilish muhim emas, u qaysi oliy maqsad uchun xizmat qilishi muhim. Agar ishlashdan maqsadimiz faqatgina pul topish, mashina yoki uy olish bo‘lsa, bu tarzda o‘tgan yillarning na o‘zimizga, na boshqalarga foydasi bor. Bu xuddi “sliv” qilingan byudjetga o‘xshaydi.

“Xo‘p, bir o‘zim nima ham qila olaman?” degan odamlar uchun – qo‘lingizdan kelganini loyig‘icha qiling, o‘zingiz ustingizda ishlang, ilm oling, ilm tarqating, tajriba orttiring, tajriba bilan bo‘lishing va boshqalarning ham o‘sishiga yordam bering. Qolgani boshqalarning ishi. Siz marketing sohasidagi inson sifatida qancha ko‘p biznesga foyda keltirsangiz, bu bizneslar shuncha ko‘p insonlarga foyda beradi. Bizneslar o‘sgani sari iqtisod o‘sadi, iqtisod o‘sgani sari kuch ortib boradi.

Agar biz o‘z ishimizda sustkashlikka yo‘l qo‘ysak, “ha, bo‘laveradi shu ham” qabilida ish tutaversak, “o‘rtacha qatlam” vakillari (professionalizm jihatidan) bo‘lib yuraversak, buni uddalashimiz qiyin.

Agar o‘qituvchilar o‘z ishini zo‘r qilsa, zo‘r nasl yetishadi, agar muxandislar o‘z ishini zo‘r qilsa, hayot sifati ortadi, agar davlat boshqaruvidagilar o‘z ishini zo‘r qilsa, davlat rivojlanadi. Ha, bularning bari bir insonning umriga sig‘gudek narsalar emas, lekin kimdir mas’uliyatni zimmasiga olib boshlashi kerak…

Bizdan himmat va harakat, Undan natija va barakat…
Bu yerga ham ulashib qo‘yay yangilikni)
Analitika, ragamlar va ular orqali mijoz LTVsini oshirish, har doim loyiha qidirmasdan bitta zo'ri bilan ishlashni xohlaydiganlar bormi?

Yaqinda yaxshi yangilik bor😉
Anonymous Poll
96%
Menda u
4%
Hozir ham muammo yo‘q
Raqamlar juda muhim

Yaqinda o‘tkazilgan CustDev TOP muammolarni aniqladik

- Biznesga qiymat bera olyapmanmi, yo’qmi, bilmayman;
- Sotish paytida o‘zimga nisbatan ishonch yo‘q;
- Har xil strategiyalarni ishlatib ko’raman, lekin natija yo’q.

Detalniy razbori 1-2 kunda YouTube kanalda chiqadi inshaaAlloh. Lekin hozir bitta xulosa bilan bo‘lishmoqchiman. Juda ko‘p muammolarning ildiz sababi bir narsaga borib taqalar ekan – raqamlar bilan ishlamaslik.

Aynan shu uchun natija zo‘r emas, aynan shu uchun mijoz norozi, ayan shu uchun doim yangi loyiha qidirib yurish kerak va aynan shu uchun chek oshirish qiyin bo‘ladi.

Analitika, raqamlar bilan ishlashga qiziqadigan insonlar uchun foydali bo’ladiga workshop qilmoqchiman va bu workshopda raqamlar bilan ishlash qanday bo‘lishini va bu narsa sizga nimalar berishini ko‘rsatib beraman. Tez kunda to‘liqroq ma’lumot taqdim qilaman
Siz qachon biznesga manfaat olib kela oladigan va bu uchun yaxshi haq oladigan zo‘r mutaxassisga aylanasiz, bilasizmi?

Qachonki siz qilayotgan ishlar, g‘oyalar natija bersa va siz u natijani ko‘rsata olsangiz

Masalan rasmlardagidek. 1 yil kesimida ko‘rsangiz sarmoya jalb qilish bo‘yicha yil boshi va oxiridagi farq 5 barobar bo‘ldi (chapdagi rasm)

Albatta bu birgina marketingni mehnati emas, maqsad bu yerda hammasini men qildim deyish emas, balki raqamlar bilan ishlash orqali qanday natijagacha chiqa olganimizni ko‘rsatmoqchiman

Yoki o‘ngdagisi. 1 yil davomida o‘rtacha ROAS – 3300% – bu degani biznes manga 1$ bersa man unga $33 qilib qaytaraman.

Agar bunaqa aniqlik sizda bo‘lsa, o‘zingizni qanday his qilishingizni tasavvur qilyapsizmi?

Lyuboy narsani sotib tashlay oladigan emas, bizneslarga real manfaat beradigan mutaxassis, ishini komil darajada qiladigan musulmondek demoqchiman))
Loyihaga borganda xizmatlar sotuvini to‘g‘ri qilish, ishonch bilan kattaroq chekka sotish bo’yicha road map olishni xohlaysizlarmi?
Anonymous Poll
92%
🌚
8%
😏
Mirzo Qodirov | Blog
Loyihaga borganda xizmatlar sotuvini to‘g‘ri qilish, ishonch bilan kattaroq chekka sotish bo’yicha road map olishni xohlaysizlarmi?
Demak ko‘pchilikka qiziq

Kelishuvda qanday xatolarga yo‘l qo‘yamiz?

- Mijozni o‘zidan baland olish
- Noto‘g‘ri kutuv berish
- Mavhum shartlarda ish boshlash
- Ish jarayoni haqida to‘liq tushuncha bermaslik
- Ish jarayonini mijozga ko‘rsatmaslik

Kelishuv o‘zi 4 bosqichdan iborat bo‘ladi

1-bosqich. Brifing (1-uchrashuv)

- Tanishuv
- Loyiha haqida umumiy tushuncha olish
- Hozirgi holat va muammoni aniqlash
- Mijoz sizdan nimani xohlaydi?
- Asosiy raqobatchilar va ulardan ustunlik/kamchilik
- Bozor haqidagi umumiy ma’lumot olish
- Oldingi kampaniyalar natijalari

Mijoz sizdan nima xohlashini aniq raqamga aylantirish kerak.

Aytgancha yaqinda raqamlar bo‘yicha o‘tkaziladigan workshop uchun eng muhim metrikalar bo‘yicha guide tayyorlab qo‘yganman

2-bosqich. Tayyorgarlik

- Brifingda olingan ma'lumotlarni tahlil qilish va tushunish
- Kompaniya va mahsulotlarni chuqurroq o‘rganish
- Raqobatchilarni chuqurroq tahlil qilish
- Umumiy holatda bozor va referenslarni o‘rganish
- Chet davlatlar referenslarini kuzatish
- Oldingi kompaniyalar natijalarini o‘rganish
- "Видение" shakllantirish

3-bosqich. Taklif (2-uchrashuv)

- Tahlil va uni natijalari
- Raqobatchilar nima qilayotgani
- Видение
- Detallar
- Raqamdagi natijalar
- Smeta
- Qisqacha roadmap

4-bosqich. Shartnoma

- doim shartnoma bilan ishlash
- barcha kelishuvlarni shartnomada fiks qilish

Bu mavzuda YouTube’da batafsil kontent ham tayyorlagan edim, ko‘rsangiz bo‘ladi

https://youtu.be/JyXAzluT294?si=uRPa0le2Q7UcHYiY