Mirzo Qodirov | Blog
1.07K subscribers
117 photos
27 videos
3 files
63 links
CMO ➡️ @imanumapp

Boshqa joylarda siz kam uchratadigan chuqur tahlillar, fikrlar va xulosalar

Marketing, biznes, qadriyatlar va shaxsiyat
Download Telegram
Forwarded from Mukhammad
Всем, Доброе утро. Объявление!

Сейчас я в поиске ассистента, который готов учиться и помогать в управлении повседневными задачами. Если нет опыта, но есть желание расти в крутой команде и познавать что-то новое – то это к нам

Что нужно будет делать?
- Проектные задачи
- Организация рабочего дня: планирование встреч, контроль за выполнением задач.
- Подготовка и организация рабочих документов.
- Помощь в решении ежедневных вопросов и задач компании.
- Взаимодействие с командами внутри компании (бухгалтерия, разработка и др.).

Требования:
- Желание учиться и быстро адаптироваться к новым задачам.
- Ответственность и пунктуальность.
- Базовые навыки работы с ПК и офисными приложениями
- Коммуникабельность и умение работать в команде.
- Грамотная устная и письменная речь.
- Внимательность к деталям.

Остальные детали будут обговорены при собеседовании. Опыт работы не обязателен!

Для связи: @khojimatovm
Ne qadar buyukdir Xoliq qudrati,
Ko‘rganda hayratla tishlaysan yoqa.
Bejizga demamish Qur’on oyati,
Aql egalari fikr aylagay boqsa.

Koinotda millionlab toshlarni tutgan,
Suv ila dunyoni obdon sug‘organ,
Bir inson hayotini boshqarmay behol,
Tashlab qo‘ymas uning o‘ziga har hol.

Hayotdan, rizqingdan olmay xavotir,
Barchasini robbing Allohga topshir.
Shunda toparsan hayotning sirrin
Chin iymonning lazzatin…

• Amirzod
Aman Marketing👨‍💻

Ancha yillar hayol qilib oxir oqibat ochilgan agentligim. Nima uchun paydo bo‘lgani, nima uchun aynan Aman degan nom olgani haqida pastda batafsil o‘qib olasiz.

Hozir esa agentlikning birinchi yulduzli keysi – Singapore International School, undagi asosiy muammo, qilingan ishlar va natijalar haqida Case Study tayyorladim.

Natija haqida qisqacha aytadigan bo‘lsam: 25 kun ichida 368 ta yangi o‘quvchi.

Qolgani bu yerda👇
https://parallel-galliform-6a2.notion.site/Case-Study-Xalqaro-darajadagi-xususiy-maktabga-1-oyda-368-ta-o-quvchi-10c355d5f73d80bd94dbc3b8d355f9cc?pvs=4
Assalomu alaykum!

Silaga yana ikkita vakansiya bilan chiqyapman)

1. Macbro jamoasiga sonlar bilan ishlashni biladigan marketolog kerak ekan.

Asosiy vazifa jamoani boshqarish ( butun jamoa tayyor ), ofisda ishlay olishi kerak.

Batafsil ma’lumot uchun @FarkhodKamilov

2. IMANdagi jamoamizga Instagram uchun moshniy kontent tayyorlay oladigan odam kerak.

Kamida 1 yillik tajriba, Reel orqali Instagramni yurgizib natija qila oladigan odam bo‘lishi kerak)

Batafsil ma’lumotni ozimdan olasila: @amirzod
Welcome to Israel🚀🚀🚀
Hayot tempi juda tezligidan ba’zida oqim bilan birga suzayotganimizni sezmay qolamiz.

Bunday oqishda ba’zan hayot haqiqatlari, undagi oddiy ne’matlarni esdan chiqarib qo‘yamiz. Manqurtlashmaslik uchun ora-orada bu oqimda to‘xtab nafas olib turish kerak. Oxirgi paytlar o‘qigan 4-5 kitobda bu narsaga yanada ishonch hosil qildim.

Halqa, Dor ostidagi odam, Iskanja, Tutqun. Bu kitoblar atrofdagi biz bilgan, lekin haqiqatini anglab yetmagan muhim narsalarni qaytadan eslashga va oqimdan to‘xtab biz unutgan haqiqatlarni chuqurroq anglashga va biroz nafas olishga yordam beradi.

Bu kitoblarda dunyoni turli chekkalarida bir burda non, ozodlik va hurriyat uchun kurashayotgan ummat vakillari hayoti hikoya qilinadi. Bularni o‘qib “Qanchalik noshukurmiz a?!” degan fikrga kelasiz. Biz intilayotgan dunyo lazzatlari bu dardlar oldida arzimas chaqadek ko‘rinadi.

Haqiqiy ruhiy ozuqa olaman deganlar uchun qat’iy tavsiya))
Assalomu alaykum hammaga!

Yaqinda yana kontentlar bilan qaytaman))) ishlar ko‘payib ketdi

Horzircha yana bitta vakansiya bilan chiqyapman

IMAN’dagi jamoamizga videomontajer kerak (Reel va YouTube ga ixtisoslashgan)

Portfolio va CV bilan @Kamoliddin_R ga yozsela bog‘lanamiz
Voronkaning eng oxiridagi raqamlar har doim muhim ☝️

Bir necha yil oldin targetda ishlab yurgan paytlarimda Targetologlar guruhida beriladigan eng ko‘p savol «Rekord darajada arzon lid (klik, переписка va h.k.) oldim, maladesmanmi????» degan savol bo‘lardi) Balki hozir ham bordir shunaqa insonlar

Lekin siz hisobga olayotgan unit qanchalik voronkani boshida bo‘lsa uning arzon yoki qimmat bo‘lishi marketolog sifatida sizning natijangizni ko‘rsatib bera olmaydi.

Yuqoridagi misolda 18-oktyabr kuni reklama strategiyasini o‘zgartirgandik. Strategiya o‘zgargandan keyin deyarli o‘sha byudjet bilan ikki barobar kamroq Install (ilovani o‘rnatib olish) olishni boshladik. Ya’ni bu CPI qimmatlaganini bildiradi.

Lekin konversiyalarga qaraydigan bo‘lsak orada 3-4 barobar farq bor. Kun o‘tgan sari bu konversiyalarning oshish dinamikasi ham ancha balandroq. Ya’ni oxirgi natijaga yetib borgan insonlar soni oldingidan ancha ko‘proq.

Shu sabab natijalarni o‘lchashda iloji boricha voronkani oxiriga qarash kerak. To‘g‘ri sotuv bo‘limi, biznes, produkt va boshqalarning ham bunga ta’siri bor, lekin marketologni vazifasi o‘zi turgan vaziyat uchun yechim qilish va o‘sha vaziyatda natijani yaxshilash.

Ya’ni sizga bog‘liq bo‘lmagan narsalar haqida noligandan ko‘ra, shu holatda qanday qilib maksimal natijani yaxshilay olasiz – birinchi o‘rinda marketing doirasida, agar umuman iloji bo‘lmasa sotuv yoki boshqa bosqichlar doirasida, shunga qarash kerak.
Yandex Call Center’idan marketinggacha

Yaqinda Marketing bo‘limi loyihasi asoschisi, 605 agentligi rahbari Otabek aka Sharapov bilan intervyu qilgandik “Qorako‘z marketolog” podkasti doirasida.

Juda qiziqarli suhbat bo‘lgan. Unda 0 holatdan marketinggacha bo‘lgan yo‘l va undagi o‘zim olgan muhim xulosalar bilan bo‘lishgandim. Bugun itervyuni YouTube’ga joylashibdi.

Ko‘pchilik uchun manfaatli bo‘ladi deb umid qilaman inshaaAlloh.

Podcast uchun link:

https://youtu.be/I0qysWi_uFA?si=BzryWUx9tLMk4BcA
Bugun Marketingdagi natija bilan bog‘liq muammolarini hal qilish bo‘yicha video chiqadi YouTube’ga

Osmondan tushgandek qaytish bo‘ldi manimcha😂😂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu narsani o‘rganmaguningizcha o‘ziga ishongan marketolog bo‘la olmaysiz

Marketing ilmi juda abstrakt, uni tushunib bo‘lmaydi deyishadi. Menimcha bu gapni aytadiganlar matematika va mantiq bilan yaxshi chiqisha olishmaydi))

Sababi matematika va mantiqdagi bazaviy tushuncha va formulalarni ishlatib marketingdagi har qanday muammoning yechimini topish mumkin.

Buni qanday qilish haqida mana shu videoda aytib berdim
Oxirgi oyda 2025-yil uchun General mediaplan ustida ishladim. Bugun Amirsoyda Management team uchun himoya bo‘ldi.

Juda katta g‘oya va rejalar bor, 2025-yil oxirigacha 10x o‘sishimiz kerak.

Rejalashtirishda albatta eng qizig‘i qancha byudjet sarflasa qancha foyda olib kelish mumkin degan savolga javob topish kerak. Buning uchun raqam, unit ekonomika, analitika bo‘yicha yaxshigina bilim bo‘lishi kerak, albatta biznes ham yetarli darajada raqamlashgan va tizimlashgan bo‘lishi kerak.

Eng asosiysi esa bu rejalarni real hayotda ishlashini ta’minlash. Oylik, haftalik plan/faktlar buni uddalashda katta yordam beradi.

Mediaplan bo‘yicha yaxshi savollar bo‘lsa Voice korinishida javob yozaman kanalga👇
Mirzo Qodirov | Blog
Photo
Sozvon qilamizmi?👀

+👇
Mirzo Qodirov | Blog
Sozvon qilamizmi?👀 +👇
Ertaga 20:00 da o‘tkazsak bo‘larkan

Shu vaqt link yuboraman
Mirzo Qodirov | Blog
Ertaga 20:00 da o‘tkazsak bo‘larkan Shu vaqt link yuboraman
1 soat kechroq bo‘lsin))

Meet’im chozilib qoldi)