Mirzo Qodirov | Blog
1.07K subscribers
117 photos
27 videos
3 files
63 links
CMO ➡️ @imanumapp

Boshqa joylarda siz kam uchratadigan chuqur tahlillar, fikrlar va xulosalar

Marketing, biznes, qadriyatlar va shaxsiyat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥲 Anchadan beri bir loyiha ustida ishlayapmiz, yangi strategiya, yangicha podxod

Bu IMAN’dagi ikkinchi eng katta keys va natijamiz bo‘ladi inshaaAlloh.

❤️‍🔥 Syomkaga yetib kelguncha 1 oydan ortiq vaqt ketdi, segmentlarni aniqlash, kommunikatsion strategiya yaratish, realizatsiya rejasini tuzish va hokazolarga

Juda ko‘pchilikka loyihani ichki tomoni qiziq bo‘lsa kerak…
Yaqindan nazar solishni xohlaydiganlar bormi?👀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizni fikrizcha oyiga qancha topaman?
Anonymous Poll
6%
500 - 1000$
34%
1000 - 3000$
34%
3000 - 5000$
26%
5000$+
Oxirgi savol: Sizni blogimda ushlab turgan narsa nima?

Izohda fikrlar kutib qolaman👇
Marketologda ikki xil kayfiyat bo‘ladi odatda

творческий поядок - ijodiy tartib
творческий бардак - ijodiy tartibsizlik

sizda qaysi biri ko‘proq bo‘ladi?😂
Bundan bir yilcha oldin Timur Kadirov ismli Rossiyalik marketologni bitta produktini sotib olgandim.

Unda har bitta marketolog uchun must have bo‘gan ma’lumotlar berilgan. Olilar derdimu, lekin hozir uje u produkt sotuvda yo‘q((

Shunda ogan eng qimmatli narsam – РНП, o‘zbekchasiga aytganda plan/fakt qilish metodikasi.

Qisqacha mohiyati shundaki biznesni voronkasini raqamlashtirib tor tomochani topasiz, unga sabab bo‘gan muammoni aniqlab to‘g‘rilaysiz.

Vualya, natijalar yaxshilanishni boshlaydi.

5 oydan beri IMAN da shu narsa ustida ishladim, 5-oyga kelib bu narsa o‘zini natijalarini berishni boshladi. Voronkadagi mikrokonversiyalar oxirgi oyda o‘rtacha 30% ga yaxshilangan

Umumiy hisobda CAC 15% arzonlashdi

CAC dagi natija hali unchalik katta bo‘lmasligi mumkin, lekin o‘sish bor, o‘lchashni bilamiz, demak yanada yaxshiroq qila olamiz)

Yaqin 5-10 yil ichida bozorda yashab qolish niyat bo‘sa o‘lchashni o‘rganilar, o‘lchashni bilmidiganlar eng kamida 2-3 yilda bozordan chiqib ketish ehtimoli judayam katta((
Shanba kuni Marketing klubga borgandim

Zamira Rahmanovani chaqirishgan ekan bu safar. Haqiqatda juda kuchli mutaxassis, kreativ va kommunikatsiya bo‘yicha usta inson) Mutaxassis sifatida juda xurmat qilaman.

Master-klassda g‘oyalar qayerdan olinadi, nimalar unga asos bo‘ladi va shu kabi boshqa savollarga javob olaman deb o‘ylagandim, lekin yeg‘ilish feminizm targ‘ibotiga aylanib ketdi) Zamira opa o‘zi O‘zbekistondagi ashaddiy feministlardan. Buni yomon demoqchimasman, shunchaki har kimda o‘ziga yarasha qadriyat bo‘ladi va bu narsa mani qadriyatlarimga yod narsa, bizga bu narsa kerak emas deb bilaman)

Umuman olganda O‘zbekistonda ham marketing, kommunikatsiya va kreativda juda ko‘p loyihalar qilinmoqda. Albatta g‘oya egasining qadriyatiga asoslanadi. Marketolog nimani to‘g‘ri deb bilsa loyiha marketingini ham shundan kelib chiqib qiladi.

Nima uchun endi bizda ham haqiqiy, sof islomiy, insoniy qadriyatlarni olib chiqadigan, o‘zimiz to‘g‘ri deb biladigan haqiqatlarni hayqiradigan loyihalar chiqmasligi kerak?)

Masalan kak minimum Cambridge’ni ramazon oyidagi kampaniyalariga o‘xshash

Aylanib, o‘rgilib baribir shu mavzuga kelyapmiz😂😂

Xuddiki oxirgi paytda faqat shu mavzuda post yozayotgandekman)) Haqiqatda o‘ylantiradida))

O‘sha gap😁
Qiziqqanlar bormi?
Anonymous Poll
95%
Qilish kerak!😍
5%
Shart emas😏
Forwarded from Hayolxonam
Биз у китобда Бани Исроилга, ер юзида икки марта бузғунчилик қилурсизлар ва катта туғёнга кетурсизлар, деб билдирдик.

Бас, ўша икки(бузғунчилик)дан биринчисининг ваъда вақти келганда, устингизга шиддатли куч-қудратга эга бандаларимизни юборамиз. Бас, улар ҳовли-жойларни оралаб кезадилар. Бу, қилиниши лозим ваъда эди.

Сўнгра, сизга улар устидан ғалабани қайтардик ва сизга молу дунё ва фарзандлар ила мадад бердик. Ва сизларнинг ададингизни кўп қилиб қўйдик.

Агар яхшилик қилсангиз, ўзингиз учун яхшилик қиласиз. Агар ёмонлик қилсангиз ҳам, ўзингиз учундир. Бас, кейинги(бузғунчилик)нинг ваъда вақти келганда, юзингизни қора қилишлари учун, масжидга аввал кирганларидек киришлари учун ва эгаллаган нарсаларини тамоман парчалашлари учун (бандаларимизни юборурмиз).

Isro surasi 4-7 oyatlar

Ular o‘zlarida quvvat his qilsalar, ko‘tarilish sezsalar buzg‘unchilikka o‘tadilar. Bani Isroilning tabiati shunday (Tafsiri Hilol)

#eyesonRafah
🥲🥲🥲
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kech kirganda aqillilik qildim)

Hozirgi kundagi muvaffaqiyat fenomeni haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Loyihalari haqida gapirib berayotgan marketolog do‘sting

va aslida nima bo‘lganini biladigan sen

😂😂😂
Tajribaning ahamiyati

Juda ko‘p mutaxassislar bilan gaplashamiz. Ba’zilari haqiqiatan bilim-tajribaga ega insonlar, ba’zilari esa shunchaki “expert”. Bilmasam, qanday qilib buni sezaman, lekin odam gapirayotgan gaplar, ularning saviyasiga qarab turib shundoqqina ajratib olish mumkin nazarimda. Hammada shunday bo‘lsa kerak.

Bunda asosiy jihat — o‘tmishdagi tajriba. Sababi tajribasi oshgan sari odamni o‘sha sohada fikrlari teranlashib boradi. Gapirishdan avval o‘ylab gapiradigan bo‘ladi. “Alohida mavzu”ning qaysidir qismida bir gap eshitgandim: - “Insonda biror narsa haqidagi bilim oshgani sari u o‘sha narsa haqida kamroq gapirishni boshlaydi, sababi xato qilib qo‘yishdan qo‘rqadi”. Aslida ham shunday odatda nimadir haqida og‘iz ko‘pirtirib gapiradiganlar o‘sha mavzuda zo‘r bilim va tajribaga ega bo‘lishmaydi.

Yaqinda bitta hadis eshitdim:

من عمل بما يعلم أورثه الله علم ما لم يعلم

Ma’nosi: Kim bilgan ilmiga amal qilsa, Alloh unga bilmagan ilmining xabarini beradi (o‘rgatadi)

To‘g‘ri bu gap shariat ilmlari haqida deyishingiz mumkin, lekin islomda ilm dunyoviy, diniy deb ajratilmaydi. Har qanday ilm ham ilm.

Bundan kelib chiqadiki, odam ilm olsa, uni puxta o‘zlashtirsa va, asosiysi, uni amaliyotda qo‘llasa ana undan keyingina kishida o‘ziga xos, boshqalarda yo‘q ilmlar, o‘sha narsaga nisbatan boshqacharoq qarash va yondashuv paydo bo‘ladi.

Ilm olish yaxshi albatta, lekin ilmdan maqsad uni amalda qo‘llash bo‘lsa va u amalda qo‘llansagina bizga foyda beradi