Mirzo Qodirov | Blog
1.07K subscribers
117 photos
27 videos
3 files
63 links
CMO ➡️ @imanumapp

Boshqa joylarda siz kam uchratadigan chuqur tahlillar, fikrlar va xulosalar

Marketing, biznes, qadriyatlar va shaxsiyat
Download Telegram
YouTube uchun 30-50 minutli roliklar qimoqchiman

Shu sabab fikrila qiziq, qanaqa mavzularda va qanaqa formatdagi kontent siz uchun qiziq bo‘ladi?👇
Har doim aniq data’dan olingan insayt CustDevda olingan insaytdan kuchliroq bo‘ladi🫠

Sababi odamlar ma’lum bir holatda o‘zini qanday tutishi haqidagi fikri va real holatda qanday tutishi bir-biridan farq qiladi.

🇺🇸 Masalan: Odamga savol bersangiz – nima uchun ingliz tilini o‘rganasan? Javob beradi: bilimli bo‘lish uchun, dunyoqarash keng bo‘lishi, sayohat qilish, pul topish va h.k.

Aslida esa unga o‘sha xalqning madaniyati yoqadigan bo‘ladi🥲


Lekin o‘sha odam buni fahmlay olganmi? Va sizni savolingizga to’g’ri javob bera oladimi? Ko‘p holatlarda yo‘q. Shu sabab danniylar asosida olingan insayt CustDev’da olingan insaytdan ustunroq bo‘lishi kerak.

🗿 Mana yana bitta real misol. SMM mutaxassislari va targetologlar muammolarini o‘rganganimda TOP5 muammo ichida loyiha olganda ishni nimadan boshlashni bilmaslik bor edi. Shundan kelib chiqib cheklist qilingan edi.

Lekin yaqinda bir ideya kelib xizmatga narx belgilash bo‘yicha kalkulyator qilgandim. Statistikani aytishicha bu muammo ancha o‘tkirroq. Lekin CustDev da bu muammoni hech kim tilga olmagandi. Balkim sababi ish haqi masalasi nozikligi bo‘lgandir, hamma ham narx masalasini boshqalar bilan ochiq gaplashishdan tortinadi😕

Statistika nima deydi?

1-post
Prosmotr: 1600
Sharelar: 99
Share koeffitsiyenti: 6,2%

2-post
Prosmotr: 1000
Sharelar: 117
Share koeffitsiyenti: 11,7%

Deyarli ikki barobar ko‘proq. Reaksiyalar bo‘yicha koeffitsiyentni ko‘rsak deyarli 3,5 barobar ko‘proq🥹

Xulosa: Odamlar nima deyishiga emas, nima qilishiga qarab qaror qiling


Bu bilan ChstDev qilmang demoqchimasman, hom gipotezadan ko‘ra shu ham yaxshi. Lekin data bo‘lgan paytda undan olingan insaytlarga ko‘proq ishoning
Bu safar jiddiy niyat va maqsadda boshlandi😅

Bu yo‘nalishni o‘rganishni boshlaganimdan beri juda ko‘p hollarda hattoki qadriyatli insonlar ham marketing loyihalarini boshqarishda yo‘l qo‘yadigan xatolarga guvoh bo‘laman🥲🥲

inshaaAllah maqsad qilganlarimiz amalga oshsa hammaga manfaatli bo‘ladi. Alloh o‘zi muvaffaq qilsin❤️

Bismillah
https://www.instagram.com/reel/C3A6np5MiN3/?igsh=aHRjcnBqNHJoMm13

Instagramda yangi kontent korib turila, ungacha bu hafta ovozli chat bo‘lish bo‘masligin belgilavolamiz👀


👍 Bosin

👎 Bomasin
Zamon sohaga yaxshi ta’sir qilyaptimi yoki yomon?🤔

Bugun bir hamkasb bilan gaplashib o‘tirib bir narsa haqida o‘ylab qoldim.

Bozorda juda ko‘pchilikda mas’uliyat bilan bog‘liq muammo bor. Meni o‘zimda ham))

Bozor rivojlangani sari pul topish osonlashmoqda. Qaysi ma’noda? 10 yil oldingi mutaxassis bilan hozirgi mutaxassisni solishtirsak, hozirgisida yangi mijozlar topish, kattaroq pul topish imkoniyati anchagina ko‘proq.

Aynan mana shu imkoniyat bir tomondan mutaxassis uchun yaxshi bo‘lsa ikkinchi tomondan yomon. Nima uchun? Mutaxassis sal tajriba olib bozorda o‘rin egallagani sari mas’uliyati tushib borar ekan. Buni o‘z misolimda ham, atrofimdagi insonlarning 90% da ham tasdiqini ko‘rdim.

Masalan: Qaysidir loyiha bilan ishlayotgan paytda mutaxassisga yoqmagan narsalar pydo bo‘lishi bilan yoki “kayfiyatga qarab” bu loyihani “chopib” boshqasini olish mumkin. Buning uchun imkoniyat sonmingta.

Mas’uliyatchi? Mijozga berilgan va’dachi? Ahdga vafo qilishchi?

Hozirgi chiqayotgan ko‘plab “yangi mutaxassislar”ning illati ham shu aslida. Va’da beradi, bajarish paytida qiyinchilikka duch keladi yoki mijoz ko‘proq talab qo‘yib yuborsa eng oson yechim - chopib yangi loyiha olish. Sababi hozir ko‘p joyda ayni shu narsa targ‘ib qilinmoqda: “Loyihada nimadir yoqmasa, ketib boshqa ol”

Agar muammo loyihada bo‘lmasachi? Muammo mutaxassisni o‘zida bo‘lib chiqsachi? Balki u manfaatni emas, daromadni ko‘zlayotgandir? Balki u real bilimni o‘rniga motivatsiya bilan “ishirilgan”dir?

Aksar mutaxassislarni fikr-u hayoli ko‘proq pul topish. Afsuski ko‘p hollarda nima qilib bo‘lsa ham pul topish. Bu narsani o‘quvchilar natijasini birinchi oyda loyiha olib topgan puli bilan o‘lchayotgan zapusklarda ko‘rdik. Hop 1-oy mayli. Keyinchi? U loyiha qanchalik manfaat oldi? LTV qanaqa bo‘ldi?

Buni yechimi nimada deyilsa kasb o‘rganayotganda, bilim olayotganda faqat hard skill emas, soft skill, qadriyat, kasb ahloq-odobi haqida ham bilim olish kerak. Undan keyin asosiy fokusni pul topish emas, manfaat yetkazish, to‘g‘ri ahdlashish va ahdga vafo qilishga qartilsa pul o‘z-o‘zidan keladi. Rizq albatta Allohdan, lekin uni to’g’ri yo’l bilan olish mumkin, egri yo‘l bilan…
Live stream started
Chatni ochib qo‘ydim odam yeg‘ilib turishi uchun. 22:30 da boshlimiz inshaaAlloh
Live stream finished (1 hour)
Bugun juda bir qiziq loyiha bilan uchrashuv bo‘ldi

🏋️‍♂️ Xalqaro fitness klublar tarmog‘i. O‘zbekistonga kirish rejasi bor. Fitness klublar qurilish jarayonida. O‘rtacha+ segmentdagi fitness klublar bo‘ladi.

Dushanbagacha strategiya ishlab chiqib topshirish kerak🥹

Sizda strategiya yaratish qancha vaqt oladi?
Influencer Project Plan.xlsx
15.9 KB
Raqamlar, raqamlar, raqamlar😁

O‘zbekistonda 95% holatda reklama kampaniyalari shunchaki rejasiz ishga tushiriladi, mediaplan degan narsani daje bilishmaydi ham))

😆 Yaxshilab harakat qisa hamma yo‘nalishda, hamma joyda reja, plan/fakt va raqamlar bilan ishlasa bo‘ladi.

Mana sizlarga yana bitta shablon. Influence marketingda kampaniyalarni rejalashtirish va plan/fakt qilish bo‘yicha📊

Hayotni ancha osonlashtiradi))
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir ikki kun oldin birodarimiz Shamshodni iltimosi bilan strategiya mavzusida dars o‘tishga borgandim

Shundagi asosiy go‘shtli ma’lumotlarni bu yerga ham yozib qo‘ymoqchiman. Ko‘proq odamga manfaat yetishi uchun.

1. Strategiya qayerda va qanday yozilganini ahamiyati yo‘q (Notion, Miro, Word, Excel, bloknot), asosiysi u ishlasa va ishlatilsa bo‘ldi

2. Agar strategiya oldingizdagi mavhumlikni yo‘qotishni o‘rniga uni oshiradigan bo‘lsa, demak strategiya to‘g‘ri tuzilmagan yoki konkret ishlar ketma-ketligi tuzilmagan

3. Strategiyada 💯 bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalar:

A nuqta

- tovar/xizmatni qanday kuchli va kuchsiz tomonlari bor?
- auditoriya tovar/xizmatni qaysi muammosini hal qilish uchun sotib oladi va bundagi asosiy faktor nima? (narx, sifat, natija yoki boshqa? Buni CustDev orqali o‘rganiladi)
- kompaniyada qanday resurslar bor? (sotuv bo’limi, CRM, mijozlar bazasi va h.k.)
- voronka (har bir etapdagi raqamlari va konversiyalari bilan) agar bo‘lsa albatta. Yo‘q bo‘lsa bu etapni o’tkazib yuborasiz.

B nuqta

- qaysi metrikalar qanday o‘zgarishi kerak? (m. sotuv hajmi, sotuvlar soni, konversiya, lidlar narxi va h.k.)

Qanday qilib boramiz?

- belgilangan metrikalar o‘zgarishi uchun nima qilishimiz kerak? (sotuv skriptlarini yangilash, lidlar sifatini oshirish, lidlar narxini pasaytirish va h.k.)
- bu ishlarni qilishda kompaniyaning qaysi resurslaridan foydalanishimiz mumkin va tovar/xizmatning qaysi kuchli tomonlari bizga yordam beradi?

Mohiyatan shularni tushunib bir joyda jamlay olsangiz har doim ishlaydigan strategiya tuza olasiz

4. Strategiya har doim siz o‘ylaganchalik qiyin narsa emas. Buni 50 dan ortiq loyiha (10 dan ortig‘i xalqaro) uchun strategiya yaratgan inson sifatida aytyapman :)
Potolok nima va unga yetganingizni bildiradigan belgilar

Ko‘pchilik potolok tushunchasi bilan yaxshi tanish, kimlardir esa hali yetib kelmagan yoki yetib kelganini anglamagan. Bugun shu potolokka kelganingizni anglash va yechimlar haqida gaplashamiz.

Qachonki ma’lum bir soha yoki ishda siz qilayotgan narsalar siz bilgan narsalar bilan teng bo‘lib qolsa siz potolokka yetgan bo‘lasiz.

Masalan SMM yoki target haqida juda kop kitob oqiysiz, video ko‘rasiz kurs olasiz, lekin qanchadir vaqt o‘tgach yana qiziqish pasayadi. Nega? Chunki siz o‘qiganingizda yoki video ko‘rganingizda yangi bilim va uni amalda qo‘llash xohishi paydo bo‘ladi va bu sizni ishlashga undaydi.

Lekin ba’zida shunaqa holatlar bo‘ladi, realno o‘rganishga hech narsa qolmagandek yoki o‘rgansangiz ham u narsa sizga yetarlicha olov bermayotgandek tuyuladi. Mana shu hissiyot potolokka yetish deyiladi.

Buni qanaqa simptomlari bor?

1. Ishingiz o‘zingizga yoqmay ketadi
2. Siz qilayotgan ishlar juda mayda va foydasizdek tuyuladi, xuddiki siz SMM qilyapsiz yoki target yoqyapsizuuu, lekin biznesda natija yo‘qdek
3. Har kunlik qilayotgan ishlaringiz zavq bermay qo‘yadi
4. Ko‘zingizdagi oldingi olov so‘ngan
5. Prokrastinatsiya (ishlarni orqaga surish) cho‘qqisiga chiqadi
6. O‘zingizga bo‘lgan ishonch pasayib atrofdagilar bilan solishtirish boshlanadi
7. Sohamni o‘zgartirsammi degan hayollar kela boshlaydi

Eeeee, qande bunchalik to‘g‘ri topyapsiz deyayotgandirsiz, sababi bu narsalardan o‘zim ham 10 martalab o‘tganman.

Xop, potolokka yetganimizni tushundik endi nima qilish kerak?

1. Soha bo‘yicha yangi bilimlar oling (boshlang‘ich holatlarda yaxshi ish beradi)
2. Yangi insonlar bilan tanishib zamon bilan hamnafas bo‘ling, shunda barcha yangiliklar va trendlardan xabardor bo‘lasiz, bu sizga bitta joyda qotib qolmaslikka yordam beradi
3. Sohangizga yaqin bo‘lgan yo‘nalishlarni o‘rganishni boshlang (agar
gorizontal o‘smoqchi bo‘sez)
4. Agar sizdagi istak
vertikal o‘sish bo‘lsa, demak sohada keyingi pog‘onaga chiqish kerak (kopirayter bosez SMMga, SMM yoki targetda bo‘sez marketingga, marketingda bo‘sez product menejmentga va h.k.)

Eng asosiysi har 3-4 oyda o‘z o‘zingizni check-up qiling, yuqoridagi 7 ta simptom bo‘yicha. Agar ulardan yarmi sizda topiladigan bo‘lsa holatga qarab pastdagi 4 ta yechimdan biridan foydalaning, shunda o‘sish ham yaxshi bo‘ladi, ishdagi zavq ham yo‘qolmaydi
Jamoani qanday qilib samarali boshqarish mumkin?

Bu masalada ko‘pchilikda muammolar bo‘ladi, mani ozimda ham bo‘lgan, bor, bo‘ladi ham. Sababi jamoani samarali ishlashini ta’minlash nimadir qilib qo‘yib keyin yotib dam oladigan ish emas. Har doim bu narsani ustida ishlash kerak.

Jamoa boshqarishda asosiy muammolar quyidagi holatlarda kelib chiqadi:

Jamoaning qiymati


1. odamni jamoada ushlab turuvchi sabab bo‘lmaydi. Har bir odam biror joyda ishlayotganda ikkita narsani ko‘zlaydi: yoki moliyaviy o‘sish bo‘lishi kerak, yoki skill bo‘yicha. Ikkalasidan biri bo‘lmagan jamoada hech kim uzoq qolmaydi.

2. jamoa lideri kim ekanligi, jamoa nima uchun harakat qilayotgani aniq bo‘lmaydi. Har bitta insonda kattaroq nimadirning bir qismi sifatida his qilishga ishtiyoq bor. Agar sizniki shunchaki oddiy jamoa bo‘lsa, o‘z missiyasi va qadriyatlariga ega jamoa u insonni sizdan ayrib o‘ziga olib ketishi mumkin.

Shaxsiy javobgarlik


3. har bir jamoa a’zosi nimaga javobgar ekanligi aniq qilinmagan, hamma hamma ishni qilishi kerak bo‘ladi, bu esa mavhumlikni keltirib chiqaradi, natijada esa hech kim hech nima qilmaydi.

4. topshiriqlar juda noaniq qo‘yiladi. Agar siz yoki jamoangizdagi boshqa liderlar topshiriq berishda noaniqliklarga ko‘p yo‘l qo‘ysa, bu samaradorlikni 2-3 barobar kamaytiradi. Har safar topshiriq berganda uni olgan inson to‘g‘ri tushunganiga amin bo‘lishingiz kerak. Va albatta aniq deadline bo‘lishi lozim.

Skill darajasi


5. agar zalga endi chiqishni boshlagan odamga 50 kgli toshni ko‘tarishni aytsangiz u sinishi mumkin. Siz berayotgan topshiriqlar ham jamoadagi insonlar darajasiga mos bo‘lishi kerak. Lekin bu degani qiyin topshiriqlarni o‘zingiz qilishingiz kerak degani emas, agar siz oldingizga odamni o‘tkazib qanday qilishni tushuntirish uchun 30-60 daqiqa sarflasangiz xuddi shu tipdagi topshiriqlar uchun delegirovat’ qilish muammosi yechiladi

Nazorat


6. Ko‘p hollarda deadline tushunchasini liderlar o‘zi hurmat qilmaydi. Topshiriq berildi, deadline kelganda topshiriq bergan odamni push qilish kerak. 4-5 marta sizning jiddiyligingizni ko‘rgan jamoa a’zosi keyingi safar kechga qolmaslikka harakat qiladi.

HR


7. Ishga olishda hard skill’dan ko‘ra ko‘proq soft skillga e’tibor bering. Agar odam zo‘r dizayner bo‘lmasayu, lekin mas’uliyatli bo‘lsa uni zo‘r dizayner qilsa bo‘ladi, lekin zo‘r dizayner bo‘lib mas’uliyatsiz bo‘lsa, uni mas’uliyatli qila olmaysiz
Chekni oshirish va mindset masalasi

Hozir ko‘pchilikda kattaroq chek’ga sotish mavzusi avj olyapti. Bugun ertalab yugurishga chiqqanimda bitta insayt keldi, shu bilan bo‘lishmoqchiman

Bu narsa aslida insonning mindset’i qanday ekanini ko‘rsatadigan indikator ekan. Man farqlay olganim ikki xil mindset bor.

1. Qanday qilib kattaroq chekka sotishim mumkin?

Bu savolni beradigan insonlardagi mindset – qanday fishkalar, chit-kodlar va lifehacklarni o‘rgansam qimmatroq sota olaman? Sodda qilib aytganda qattiq mehnat qilishga erinib oson yo‘llar topishga urinadi.

2. Kattaroq chekka sota olish uchun nima qilishim kerak?

Bu savolni beradigan insonlardagi mindset – nimalarni o‘rgansam, qanday bilim/tajriba olsam qimmat chek to‘lanadigan xizmat ko‘rsata olaman?

Birinchi holatdagi insonlar mani asosiy maqsadim manfaat berish degani bilan pul topish u uchun muhimroq. Shu sababli ko‘pincha bunday odamlarga sifat, manfaat, ahdga vafo ikkinchi darajali.

Ikkinchi holatdagi inson esa qimmat sota olmayotganini o‘z javobgarligi deb biladi va odamlar qimmatroq to‘lashga tayyor bo‘lgan mutaxassisga aylanish uchun nima qilish kerakligini tushunishga harakat qiladi, izlanadi va o‘z ustida ishlaydi, mehnat qiladi.

Aslini olganda rizq aniq qilib belgilangan. Odam qancha pul topishi unga bog‘liq narsa emas, shu sabab nima qilsa ham rizqiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Insonga bog‘liq narsa – rizq kelishi uchun halol mehnat qilish, ya’ni sababini qilish. Natija esa Allohning fazli. Endi birinchi holatdagi mindset bilan baraka topishga ishonish qanchalik to‘g‘ri?)
Instagram ishlamasdan hamma tg ga kirib ogan bosa kere a😁😁
🫠 Marketologlar turlari

Marketologlarni har xili bo‘lishi kim uchundir ochevidniy narsa, kim uchundir yangilik bo‘lishi mumkin, lekin tajriba, shaxsiy qobiliyatlardan chiqib marketologlar har xil bo’lishi mumkin.

🖼️ Kreativga ixtisoslashgan marketolog

media, kontent, influence’ni qanday ishlatishni biladi, kontentga kreativ yondasha oladi.

📊 Digitalga ixtisoslashgan marketolog

trafik, avtovoronkalar va boshqa instrumentlarni yaxshi tushunadi

⚒️ Processolog

analitika, digital, kreativ - hammasidan ozginadan bor, lekin asosiysi odamlarni birlashtirib ishlatish orqali loyihani boshqara oladi.

📈 Analitik

analitika, unit ekonomika, metrikalar va boshqa “qiyin” narsalarni oson tushunadi va natijaga erishish uchun nima halal berayotganini topib uni bartaraf qiladi.

Qaysi biri yaxshi/to‘g‘ri degan narsa yo‘q. Har kim o‘zini iqtidoridan kelib chiqib ro’l tanlaydi.


Kim qaysi ro’lda bo’lsa biznes muammosini o’zi bilgan instrumentlar bilan hal qilib berishga harakat qiladi.

Shu sabab loyiha tanlayotganda (bizneslar mutaxassis tanlayotganda) biznesda hal qilishi kerak bo‘lgan muammo nima va unga qanaqa mutaxassis kerakligini tushunib keyin kelishish kerak
Mazza qildim o‘qib❤️‍🔥
Bu postni o‘qigan paytda hammada har xil fikrlar paydo bo‘lishi mumkin…

Bugun judayam boshqacha kun bo‘ldi. Xuddiki bundan oldingi kunlarim oq qora, bugundan boshlab esa rangliga aylangandek.

Yurak siqilishlari yo‘q, qalbda sakinat.

Sababi bugun birinchi hatmimni tugatdim. 2022-yil avgust oyida ustoz topib tajvid ilmini o‘rganishni boshlagandim. Darslarni juda tez o‘zlashtirib 3 oyda Qur’on o‘qishga tushdim.

Lekin keyin dangasaligim sababmi, ishim ko‘pligi uchunmi yoki prioitetni to’g’ri qo‘ymaganim uchunmi darslarni tashlab qo‘ygandim. Lekin yaqinda bitta fikr yaxshigina ta’sir qilgani uchun mas’uliyatni qaytadan bo’ynimga oldim.

Fikr shunday edi: “Agar man ibodat uchun yaratilgan bo’lsamu, asosiy narsalarni tashlab dunyo ishlari bilan mashg’ul bo‘lsam yashashdan nima ma’no? Ertaga bu vaqtlar uchun qanday javob beraman?”

Buni adashmasam bitta Reelsda ko’rgandim. Qarang bitta Reels, unda aytilgan gap qanchalik ta’sirga ega? Balki o‘sha paytda shu Reels’ni ko‘rishim kerak bo‘lgandir.

Bugungi emotsiyalar, hissiyotlarni bitta postda va umuman gap bilan yetkazib bera olmayman. Bu hayajon, bu sakinatni faqatgina his qilib ko‘rish mumkin xolos😭😭

Alloh bundan buyog‘iga kunlarimizni Qur’onsiz o‘tkazmasin.

Quranly degan ilova bor. Qur’on tilovat qilishni biladiganlar uchun. Do‘stlik bog‘lab Ramazon chellenjida qatnashsa bo‘ladi.

Qatnashmoqchilar bosa go)

https://m.quranly.app/buddylink/?link=https://m.quranly.app/buddylinks?buddylink%3DUkseewvov79bV0iX&apn=com.quranly.app&isi=1559233786&ibi=com.quranly.app

Bellashsak shunaqa narsalarda bellashaylik)

Ramazon muborak