Mirzo Qodirov | Blog
1.07K subscribers
117 photos
27 videos
3 files
63 links
CMO ➡️ @imanumapp

Boshqa joylarda siz kam uchratadigan chuqur tahlillar, fikrlar va xulosalar

Marketing, biznes, qadriyatlar va shaxsiyat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reklama zo‘r natija berishi uchun ikkita narsa kerak🚀

- zo‘r kreativ g’oya - video/rasm odamni e’tiborini tortishi va taklifni to‘g‘ri yetkazishi

- zo‘r texnik bilim va tajriba - kerakli auditoriyani to‘g‘ri topish, voronkani to‘g‘ri qurish

😐 Aksariyat kompaniyalarda 2-si bor, lekin birinchisi kamdan-kam topiladi.

Bu videoda 1-si bor, 2-si ham qisman bor lekin oxirgi hal qiluvchi onda targetolog o‘z natijalarini yomonlashtiryapti🥲

E’tibor uchun, Soobsheniya maqsadi bilan target yoqqanda shunaqa holat bo’lmasligi uchun gruppa obyavleniy bosqichida 2 ga ajrating:

1.
Maqsad - instagram direct
Placement - instagram

2.
Maqsad - messenger
Placement - Fb, Messenger va Audience Network

Shunaqa gaplar😃😁
Mirzo Qodirov | Blog
📈 Strategiya mohiyatini tushunishimdan avval menda bo‘lgan eng asosiy muammolardan biri bu yangi loyiha olganda ishni boshlash bo‘lgan. Nazariy bilimim bor edi lekin uni amalda qo‘llay olmasdim🫠 Hozirda esa ko‘plab muvaffaqiyatli kampaniyalarni ishga tushirishda…
🤯 250+ odam lid-magnitni oladi deb hech o‘ylamagandim to‘g‘risi.

Bu yo‘lni o‘zim bosib o‘tganman va shu sababli bo‘lsa kerak, bu bosqichda inson qanday muammolarga duch keladi, uni nimalar qiynaydi, nimalarga erishishni xohlaydi va nimadan qo‘rqadi – deyarli hammasini bilaman:

🎯 SMM va target bo‘yicha natijalar bor, lekin qanday o‘sishni bilmaslik;
😞 daromad past;
😨 mijozlarni yo‘qotishdan qo‘rqish;
📈 natijani ko‘rsatib bera olmaslik va yana o‘nlab boshqa muammolar.

O‘z produktimni ishlab chiqishda ham aynan shu muammosi bor insonlarni hayotini yengillashtirishni maqsad qilganman.

Agar bu postda o‘zizni ko‘rgan bo‘lsangiz ertaga soat 14:00 da diagnostikaga yozilish uchun ssilka beraman, ariza qoldirsangiz bog‘lanib muammolaringizga yechim topishga birgalikda harakat qilishimiz mumkin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😕 Bu videoda o‘zizni ko‘rdizmi?

Katta ehtimol bilan ha, sababi man bu narsalarni 4 yillik tajribam va o‘tkazgan CustDev'larim natijasidan kelib chiqib aytdim.

Diagnostika siz uchun yaxshi imkon, bundan buyog‘iga o‘ylanib muammodan qochishni foydasi yo‘q, o‘ylab o‘ylab shu yergacha yetib keldiz. Bu havolani to‘ldirish sizni birinchi qadamiz bo‘ladi inshaaAlloh

Diagnostikaga yozilish uchun forma:

https://forms.gle/yKKwcXzxaHvZodAJA
Marketing haqida muhim insayt🧠

Kundan-kunga shu narsaga amin bo‘lyapmanki, marketing bu dunyodagi eng kuchli qurollardan biri, kim unga ega bo’lsa g’alaba u tomonda🚀

Dunyodagi katta brendlarga e’tibor berilsa, ular marketing orqali o‘zi xohlagan fikr, mafkura, qadriyatni translyatsiya qiladi.

😐 Masalan, Coca Cola yangi yilni nishonlash madaniyatini, McDonalds, Burger King esa fast-food’ga “tiqilib o‘lish” madaniyatini shakllantirgan. “ozchiliklar”ni qo‘llab-quvvatlash mafkuralarini targ‘ib qiladigan brendlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi

Bunaqa misollar ko‘p. Aytmoqchimanki, har bitta marketolog, har bitta brend o‘zi to’g’ri deb bilgan haqiqatlarni ommaga singdira oladi. Shunisi bilan ham marketing juda kuchli qurol. Yaxshi qo’lda bo’lsa zo’r, yomon qo’lda bo’lsa tamom🥲

Ummatga ham mana shunday kuchli, keng auditoriya va eng muhimi islomiy qadriyatlarga ega brendlar va ularni shakllantiradigan marketologlar kerak. Ular orqali islomiy qadriyatlar, haqiqatlar kengroq ommaga yoyilishni boshlaydi va bu orqali to’g’ri messejlarni insonlarga yetkazish osonlashadi

⚡️ Qachonki ana shunaqa tadbirkorlar, brendlar va ularni ko‘taradigan marketologlar soni ko’paysa, bizni ham ovozimiz balandroq chiqishni boshlaydi biiznillah
Forwarded from IMAN
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Bizning maqsadimiz riboni butun dunyoda to'laqonli bartaraf etish🚀" -Rustam Rahmatov.

O'zbekistondagi Islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi eng peshqadam kompaniyalardan biri - IMAN'ga ovoz berish orqali adolatli moliyaviy tizim rivojida o'z hissangizni qo'shing!

🗳Ovoz berish bo'yicha batafsil ushbu videoda ko'ring.

IZOHLAR
IMAN
"Bizning maqsadimiz riboni butun dunyoda to'laqonli bartaraf etish🚀" -Rustam Rahmatov. O'zbekistondagi Islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi eng peshqadam kompaniyalardan biri - IMAN'ga ovoz berish orqali adolatli moliyaviy tizim rivojida…
Ovoz berish haqida iltimos qiladigan odamlarni o‘zim yomon ko‘rardim, lekin ilojsiz qolganda shu ekan)🥲

Hakamlar tanlovi bo‘yicha №1 startap bo‘lishimizga qaramasdan tanlovni oxirida xalq ham ovoz berib ko‘rsin degan taklif bergan ekan bitta aqlli))

Ba'zi konkurentlarda Open Budget, hokimiyat orqali davleniye va shunga o‘xshagan mexanikalar ishlatilishi boshlandi.

Bizning g‘oyani qo‘llab quvvatlaydigan insonlar ham ancha ko‘p, Allohni fazli bilan bu g‘oyani davlat miqyosidagi g‘alabaga olib chiqa olamiz

Agar siz ham bu g‘oyaga befarq bo‘lmasangiz o‘z tarafingizni bildiring))
🚀 Mentorshipdagilarga ikkinchi dars materiallarini tayyorlayotgandim. Shuni ichidagi informatsiyani bir qismi bilan bo‘lishgim keldi.

Marketing sohasida (qaysi yo‘nalish bo‘lishidan qat’i nazar) loyihani yaxshilik bilan tugamasligiga olib keladigan TOP xatolar bor.

Ularni bilib olish sizlarga ham manfaatli bo‘ladi deb o‘ylayman.

1. Mijozni o‘zidan baland olish

Mijoz ham xuddi siz kabi inson. Yosh, mansab, daromad va boshqa faktorlar siz va mijoz o‘rtasidagi munosabatga ta’sir qilishi kerak emas

2. Mavhum shartlar bilan ish boshlash

Og‘zaki kelishuvlar esdan chiqadi va aytilgan gapni har bir odam o‘zicha tushunadi. Muammo bo‘lmasligi uchun kelishuv aniq ravshan bo‘lishi kerak.

3. Mijozga ish jarayoni haqida to‘liq tushuncha bermaslik

Mijoz sizni ishlamayapti deb o‘ylamasligi uchun qilinadigan ishlar roadmap’i tuzilishi va mijozga berilishi kerak, tracking bo‘lishi uchun

4. Mijozga faqat front’ni ko‘rsatib back’ni ko‘rsatmaslik

Mijozga faqat ishni natijasini emas, jarayonni ham ko‘rsatish kerak. Bu uchun har bir mijoz bilan 1 haftada 1 marta uchrashuv bo‘lishi kerak, undan tashqari hafta davomida Telegram’da mini-hisobotlar

5. Noto‘g‘ri kutuv berish

Haqiqiy mutaxassis har doim to‘g‘ri kutuv va yechimga ega bo‘ladi. O‘z miyangizdagi kutuv va mijoz miyasidagi kutuvni bir xil qilish kerak
MIJOZLAR SIZDAN TOVAR/XIZMAT EMAS, U BERADIGAN NATIJA, YA'NI O‘ZINING YAXSHIROQ VERSIYASINI SOTIB OLADI🤨

Bu fikrlar juda ko‘pchiligimiz o‘rganib qolgan marketing haqidagi tasavvurlarimizni ostun-ustun qiladi. Sababi ko‘pchiligimiz mijozga bizning mahsulot/xizmatimiz kerak deb o‘ylaymiz🤔

Lekin aslida unday emas. Nima uchun?

🌬 Tasavvur qiling siz konditsioner sotib olmoqchisiz. Konditsioner ishlab chiqaradigan yoki sotadigan kompaniyalar sizga uni sotish uchun unga tegishli har xil parametrlarni aytib sotishadi. Parraklar qanday tezlikda aylanishi, u qancha tok "yeyishi" yoki boshqa texnik parametrlar siz uchun qiziq emas. Sizga uyingizdagi salqin havo kerak.

Bu sizga nima beradi? Yozni jazirama issig‘ida uyingizda konditsioner bo‘lsa siz o‘zingizni ancha yaxshi his qilasiz, issiqda terlab azob chekmaysiz

Demak siz konditsioner uchun emas, yozni issiq kunida o‘zingizni yaxshiroq his qilish uchun pul to‘laysiz.

🥵 ni 😇 ga o‘zgartirish uchun

Masalan kitob, kurs yoki har qanday infoprodukt sotib olishda ham shunday. Siz undagi ma'lumotlarni emas, balki shu ma'lumotlardan foydalanib o‘zining bilimini, daromadini ko‘paytirgan yoki ko‘nikmalarini rivojlantirgan versiyangizni sotib olasiz.

Yoki tadbirkor sizdan SMM, marketing xizmatlarini emas, balki biznesdagi ko‘rsatkichlarni yaxshilab, ko‘proq daromad olayotgan versiyasini sotib oladi.

Marketing bilan shug‘ullanish paytida THINK ABOUT IT :))
Umma Life haqida hamma eshitgan bo‘lsa kerak🤔

Ustoz Mubashshir Ahmad sahifalarida ko‘rib qolib qiziqib kirgandim. Albatta Instagram yoki TikTok darajasida emas hali, lekin ilm beruvchi video, audio materiallar, kutubxona bor ekan

Alloh qodir qilsa bu ijtimoiy tarmoq ham rivojlanib ummatning ovoziga ovoz qo‘shar.

Amallar niyatlarga bog‘liq – bu post orqali shu ijtimoiy tarmoqni xolis hammaga tavsiya qilmoqchiman, tarmoq qanchalik ommalashsa uning asosiga qo‘yilgan missiya bajariladi. Biz esa bunda sababchi, yordamchi bo‘lishimiz mumkin.

Hozircha kirib sinab ko‘ramiz. Hali davlat ham bu bo‘yicha hech qanaqa reaksiya bildirmadi. Agar asoschilar Telegram singari sovuqqonlik, maxfiylik va mustaqillikni saqlay olishsa zo‘r bo‘lardi. Sababi bu ijtimoiy tarmoqqa kirganlarning ahvoli nima bo‘lishini hechkim bilmaydi :))

Mayli, Alloh bilguvchiroq

https://ummalife.com/mirzokodirov
🗒️ Eng avvalo o‘zimga, undan keyin boshqalarga eslatma

Albatta saodat asri va undagi salaflar qaytmaydilar, hozirgilar esa ularning changiga ham arzimaydi. Lekin bizdan harakat, niyat, Uning O‘zidan barokat

Asosiysi himmat, niyat, jiddu jahd va O‘ziga tavakkal bo‘lsa bas…
Bu yil sarhisobi emas…

9 000 bola
6 300 ayol

2023-yil asl holatimizni yaqqol namoyon qildi. Birodarlarni himoya qilishga kuchimiz yetmadi, yong‘oq deb o‘ylaganlarimiz puch chiqdi, ba’zida esa qurtlagan...
Aslida yozaman desa gap ko‘p, gapdan esa foyda yo‘q.

Shunisi aniq-ki, o‘zimiz o‘zgarmagunimizcha atrof o‘zgarmaydi. Shu sabab o‘tgan yillar, voqealar asosida xulosalar oldim o‘zim uchun.

2024-yildagi “Men” uchun ana shu xulosalar asosidagi maslahatlar. Bu yerga muhrladimki, shoyad yana kimlargadir foydasi tegsa:

1️⃣ Bir musulmon o‘laroq maqsading aniq, har bir qilayotgan ishing shu maqsadga yaqinlashtiradigan bo‘lsin.

2️⃣ Kompasingni yo‘nalishi to‘g‘ri bo‘lsin-ki, qilayotgan ishing, olayotgan qaroring ana shu kompas asosida bo‘lsin.

3️⃣ Himmatingni oliy qil, o‘sha hikoyadagi minbarchi bo‘l (Google, YouTube: Minbarchi hikoyasi).

4️⃣ O‘tni o‘chirishga harakat qilayotgan chumoli kabi bo‘l-ki, o‘tni o‘chira olmasang ham himmating oliy bo‘lsin.

5️⃣ Qasr qursang faqatgina “Muxtojlar uyimni ko‘rib faqat mening oldimga kelib yordam so‘rasin” degan ixlos ila qur, boylik orttir

6️⃣ Shuni unutma-ki men nima ham qila olardim deb yurgan 2 mlrd odam bor, agar hammasi tavakkal bilan harakatni boshlaganida edi, allaqachon mo‘jizalar ro‘y bergan bo‘lardi.

Haddan tashqari qog‘ozga o‘rab yuborgan bo‘lsam uzr, kerakli odamlar tushunib olsa shuni o‘zi yetadi🫶
Xizmat narxi kalkulyatori.xlsx
12.6 KB
🤯 Xizmatimga qancha narx qo‘yay?

Bu savol har qanday darajadagi mutaxassisda vujudga kelishi mumkin: xoh boshlang‘ich, xoh tajribali

Bu savolga bir umrlik javob beradigan kalkulyator bor desam ishonasizmi?🤔

Albatta bor. Mana shu faylda.

Foydalanishdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishing.

🫡 Ha, aytgancha, foydasi tegsa storisda bo‘lishib otmetka qilish esingizdan chiqmasin)

Bu orqali siz kalkulyatorni ko‘proq odamga yetib borishini ta’minlagan bo’lasiz
Assalamu alaykum!🙋‍♂️

Yurib yurib bir narsa hayolimga keb qoldi, agar realizatsiya qilolsam inshaaAlloh ko‘pchiliga manfaatli bo‘ladi😊

O‘zi blog yurgazishdan asosiy maqsad manfaat yetkazish bo‘lgan (Pul topish maqsad bo‘magan dmiman, yolg‘on bo‘ladi. Asosiysi qiymat, manfaat berilsa pul o‘zi keladi)

🤝 Shu sababdan bitta loyiha boshlamoqchiman, har 10-15 kunda bir marta shu kanalda ovozli chat qilib 1 soatlik marketing bo‘yicha razborlar qimoqchiman.

Marketing sohasida ishlayotganlar o‘z savollariga javob olib turishlari mumkin bo‘ladi.

Nim deysila?)👀
Mirzo Qodirov | Blog
Qachon o‘tkazamiz?👀
Kechki payt deganda huftondan keyin, 20:00-22:00 oralig’i nazarda tutilgan :))
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Instagramda shunaqa postla chiqib turibdi, Telegram jim bopketdi)

😂 Oldin Telegram uchun post yozishdan oson ish bo‘lmasdi man uchun, chunki Instagramda storis qoyishdan kora Telegramga post yozish man uchun nisbatan osonroq. Lekin oxirgi payt e’tibordan tushib qoldi.

Habitlar ro‘yxatiga qo‘shsammi deb qoldim🥲

Nima mavzular haqida postlar bo‘lishini xohlisila (videosoobsheniye, longrid maqola, xohlagan format bo‘lishi mumkin)? Go to comments👇
Mirzo Qodirov | Blog
Kechki payt deganda huftondan keyin, 20:00-22:00 oralig’i nazarda tutilgan :))
Bugun vaqt bor ekan, qilamizmi?👀

Dab durustdan bo‘lib qogan bo‘sa uzr, rejalar o‘zgarib qoldi bugunga

Agar 🔥 lar yeg‘ilsa soat 20:00 da qilamiz😎

🔥 sonin yozmadim, sababi bu blogerskiy fishkamas, prosto qilish qilmaslikni aniqlab olish uchun