Mirzo Qodirov | Blog
1.08K subscribers
117 photos
27 videos
3 files
63 links
CMO ➡️ @imanumapp

Boshqa joylarda siz kam uchratadigan chuqur tahlillar, fikrlar va xulosalar

Marketing, biznes, qadriyatlar va shaxsiyat
Download Telegram
O‘tgan kuni bir ilhom kelib maqola yozgan edim.

Bu safar kontent, saviya, diqqat va shular bilan bog‘liq muammolar haqida yozdim…

Marhamat👇

https://medium.com/@qodirovd2000/axborot-shovqini-c392d55d7edb

Xulosa yoki fikrlar bo‘lsa, bemalol👇
Ba’zida biror bir ishni qila olmasligimizga sabab dangasalik, motivatsiya yoki intizom yetishmasligi deb o‘ylaymiz.

Aslida sabab mohiyatning yo‘qligi yoki ichki va tashqi kutuvlarning zid kelishida bo‘lishi mumkin.

Tushuntiraman, inson miyasi tabiatan quvvat tejashga moyil, shu sabab qaysidir ishni qilishda mohiyat ochib berilmasa unga quvvat sarflamaydi. Ya’ni “Quvvat sarflashdan nima naf?” degan savolga javob berish kerak.

Oddiy misol — sport. Hozir hamma shunday qilayotgani uchun zalga chiqmoqchi bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan, hech qachon qattiq intizom qura olmaysiz. Ammo sport bilan shug‘ullanish natijasida nimaga erishishingizni his qilgan holda harakat qilsangiz ancha osonroq kechadi. Boshlash ham, bardavom bo‘lish ham.

Ichki va tashqi kutuvlarning zid kelishi. Masalan, siz zohiran har kuni zalga chiqishni xohlaysiz, ammo ichingizda o‘zingizni sport ichida hayot kechirayotgan odam sifatida ko‘rmaysiz, unday odam bo‘lish sizga aslida kerak emas. Yoki kuchli mutaxassis bo‘lishni istaysiz, ammo deyarli hech narsa o‘rganmaysiz, sababi hozirgi holatingizdan qoniqasiz. Rivojlanishga sabab yo‘q.Bu dilemmani ichida ham miya osonrog‘ini tanlaydi.

Jeyms Klir ta’biri bilan aytganda agar o‘zingizni buni uddalayotgan odam sifatida qabul qila boshlasangiz, natijaga erishishingiz osonroq bo‘ladi.

“Amallar niyatlarga bog‘liq…” deb boshlanuvchi hadisni o‘qiganimda “Amal to‘g‘ri bo‘lishi uchun niyat to‘g‘ri bo‘lishi kerak” degan ma’noni tushunar edim. Aslini olsak amal bo‘lishi uchun ham niyat bo‘lishi kerak ekan.