Mirzarakhmanoff IT Blog
23 subscribers
25 photos
1 video
6 links
Download Telegram
Har bir loyiha uchun motivatsiya bo'la oladigan narsa bu albatta foydalanuvchilar va yaqin insonlarning qo'llab-quvvatlashidir.
Taxminan 10 kun oldin ushbu @avtoimtihonuzbot ni reliz qilgan edim. Kosmik natijalar bo'lmasa ham ko'zni quvontiradigan sonlar. Faqatgina LinkedIn, Twitter(X) va ba'zi telegram guruhlarda qilingan reklama tufayli shunaqa natija. Insha Alloh to'xtab qolish yo'q. Bundanda katta marralar kutmoqda xali)
👍611
Hech ham uzumni yomonlab xeyt qilib,chiqaman deb o'ylamagandim😅

Chunki asosan LinkedIn'dagi uzumni yomonlagan postlar to'g'risi jig'imga tegardi. Axir kamchiliklar har bir servisda bo'ladiku deb o'ylaridm toki o'zim shu muammoga foydalanuvchi sifatia duch kelamagunimcha.

Kecha Claude Code uchun obunani to'lashim kerak edi. Asosiy kartamdan uzum kartamga pul o'tkazdim. Nimadir muammo bo'lib ilova qotib qoldi va ilovadan chiqib ketti. Qaytib kirsam asosiy kartamdan pul yechilgan lekin uzum kartaga tushmagan. Pul "Xavoda" qolib ketgan. "Техподдержка" ga yozdim va deyarli bir soatga yaqin hech qanday javob olmadim, call-center telefoni ham ishlamadi. Xa endi ertaga xal qilarman deb o'tirganimda pul birdaniga qaytib qoldi.

Bir insonning muammosini o'sha muammo boshinga tushmaguncha bilmas ekansan)
21111
Erondagi urush bizning kompaniyamizga ham ta’sir qildi.

Buni birinchi eshitishda odam biroz hayron bo‘lishi mumkin. Axir biz O‘zbekistondamiz, alhamdulillah, yurtimiz tinch. Lekin bugungi raqamli dunyoda bir davlatdagi voqea boshqa bir davlatdagi biznesga ham bevosita ta’sir qilishi mumkin ekan.

Taxminan bir yil oldin qurilish kompaniyasi uchun korporativ veb-sayt tayyorlagan edik. Hammasi yaxshi ishlayotgan edi. Bir necha kun oldin mijozimiz bog‘lanib qoldi:
“Ulug‘bek, negadir sayt ishlamayapti, ichidagi ma’lumotlar ham yo‘q”, dedi.

Avvaliga rostini aytsam, sababini tushunmadik. Keyin tekshirishni boshlaganimizda bitta muhim xatomizni bildik: loyiha vaqtida ma’lumotlarni local serverga emas, MongoDB Cluster’da saqlagan ekanmiz.

Shundan keyin ma’lum bo‘ldiki, 1-aprel kuni Eron Amazon’ning Bahrayndagi data center’iga hujum qilgan ekan. Afsuski, o‘sha data center’da bizning loyihaga tegishli ma’lumotlar ham bo‘lgan.

Vaziyatni mijozimizga ochiq va to‘g‘ri tushuntirdik. Ular ham hayron bo‘lib:
“Urush bizga ham ta’sir qiladi deb hech o‘ylamagan edim”, dedilar.

Yaxshiyamki, bu korporativ sayt edi va ma’lumotlar unchalik katta hajmda emas edi — asosan yangiliklar va loyihalar bo‘limi. Shunga qaramay, bu holat biz uchun juda katta dars bo‘ldi.

Bir narsani yana bir bor his qildik:
infratuzilma, backup va data masalasi — bu shunchaki texnik detal emas. Bu biznesning barqarorligi degani.
👍21
Night coding
Night vibe coding
👍21
Kichkinagina yaxshilik ham kotta bo'lib qaytishi mumkin ekan)

Tahminan bundan 3-4 oy avval OLX orqali bir inson manga aloqaga chiqdi, o'zlari ham boshlang'ich dasturchi ekanla. Yasab turgan saytlarida ba'zi bir muammolar bor ekan. Shu masalada mandan yordam so'radila. Ha bo'ldi deb qo'ldan kelgancha yordam berdim (to'g'risi man uchun juda ham mayda va oson ish edi ). Yordam berganiman keyin karta raqamimi so'radila xizmat haqqi uchun. To'g'risi bunaqa ish uchun pul olishga uyaldim va shunchaki aka puliz keremas mandan yordam bo'ldi sizga deb javob berdim va aka bilan tanish bo'lib qoldik.

Oradan azgina vaqt o'tib manga yana yozib qoldila, Ulug'bek bitta tanishimga kattaroq o'quv platformasi kerak ekan, shu boyicha dasturchi so'ragan edi sizni kontaktizi berdim dedila. Xursand bo'lib "Hop boladi aka, chiroyli qilib bitkazib beramiz" dedim. Ula aloqaga chiqdila, proekt haqida gaplashib oldik lekin orada aloqa to'xtab qoldi ( rahbariyat javobini kutvoman dedila).

Keyin esa 3-4 kun oldin telefon qilib qoldila, Ulug'bek biza proektni qiladigan bovomiz, rahbariyat ruhsat berdi, ofisga kelib keta olasizlarmi dedila. Bordik, hammasi gaplashildi, ikkala taraf kecha kelishuvga erishdik. Tahminan 50-60 mln'lik proekt(so'mda).Hudo xoxlasa shu proekt bilan kanalda tanishtirib boraman silarni.

Xulosa shuki hattoki shu kichkinagina arzimas yaxshilik ham javobsiz qolmas ekan.
311
https://www.instagram.com/reel/DXTkcIqjJHv/?igsh=MjIya3U5OGNvcjNn



Ака жудаям тогри гапириб чикибдила, айнан шу темада пост йозмокчи болиб тургандим ози.
👍2111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3👎1
Claude Code 4.7 - bu shunchaki aqlbovar qilmas instrument
Dasturlashdan umuman xabarim yo'q. Bu sohada shunchaki NOL man. Shunga qaramay, bor-yo'g'i 30 daqiqa ichida 3 ta to'liq ishlaydigan veb-ilovani yaratishga muvaffaq bo'ldim.
Mana, natijalarni ko'ring:
http://localhost:3000/
http://localhost:8000/
http://localhost:5000/
Qanday ajoyib mahsulotlar chiqqaniga o'zingiz baho bering!
22
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👎11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2👎11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👎11