Mirzarakhmanoff IT Blog
23 subscribers
25 photos
1 video
6 links
Download Telegram
Difference 👀
👍11
Hammani yangi yil bilan tabriklayman 🎉

Ushbu kanalni dasturlash bo'yicha maqola va o'z keysimda kelib chiqayotgan muammolar bilan bo'lishish uchun ochganman. Lekin 1 dona mem va 2 marta github contribution maqtanishdan uyog'iga o'tganim yo'q (afsuski). Endi yangi yil yangi marralar deganidek 😁, ushbu blogga qattiqroq focus qaratmoqchiman.
To'g'risi blog yozish, har kunlik ishlar bilan kanalda bo'lishish men uchun unchalik ham oson ish emas. Lekin kelajak karyeram uchun katta bir boost deb xisoblayman.Shuning uchun endi har kunlik qilgan yoki qilmoqchi bo'lgan ishlarim bilan bo'lishib bormoqchiman (poddershka qivarasilaaa😅).
👍11
ChatGpt
HalalGpt
👍11
Xa do'stlar 😁

Endi intervyu jarayonida AI agentlar haqida ham so'rash boshlanar ekan.



Siz qaysi AI agent dan foydalanasiz ?
👍11
Agar boyib ketsam hech kimga aytmayman, lekin alomatlari bo'ladi 😄
2222
Animatsion landing page'lar yasash uchun ajoyib bir tool topib keldim. Menimcha o'z vazifasini zo'r bajaryapti.

https://www.aura.build

P.S: Bitta prompt bilan yasagan saytim https://aero-footwear-25.aura.build/ 😑
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2222
Haydovchilik guvohnomasi (prava) olish shunchalik qiyinmi?

Shaxsan o‘zim 1-urinishda prava olganman (ha, o‘sha “qiyin paytida”). Lekin hozirgi uzunquloq gaplarga qaraganda test imtihoni yanayam qiyinlashib ketgan. Shuning uchun o‘zimning kichik start-up loyiham AvtoImtihon’ni sizlarga taqdim qilmoqchiman 🙂

Ko‘pchilikda muammo bitta: savol ishlanadi, lekin tizim yo‘q. Bugun bor, ertaga yo‘q. Keyin imtihonda hayajon — va xatolar.

AvtoImtihon shunchaki “savollar bazasi” emas. U sizning tayyorgarligingizni tartiblaydi:

Xato qilgan savollaringiz saqlanadi — keyin alohida qayta ishlaysiz (eng kerakli joyi shu)

Imtihonlar tarixi bor — qachon ishladingiz, natijalar, progress hammasi ko‘rinadi

Statistika sodda tilda — nimada kuchsiz ekansiz, qaysi mavzuda ko‘p adashyapsiz, hammasi aniq

Qulay interfeys — keraksiz menyular yo‘q, ochdingiz = darrov mashq

Kunlik challenge — har kuni ozgina-ozgina, lekin muntazam (shunaqa qilib natija chiqadi)

Keyinroq yana ham qiziq bo‘lishi uchun gamifikatsiya ham qo‘shmoqchiman: ball, level, streak va shunga o‘xshash motivatsiya.

Sinab ko'ring va o'z fikrlaringiz bilan izohlarda bo'lishing)





https://t.me/avtoimtihonuzbot
👍41
24 soat ichida botimizdan 88 ta user royhatdan o'tipti. Bu men kutgandan ko'ra ancha katta natija. Bot ustida ishlashni va xatoliklarni to'g'irlashni davom ettiryapman.
Xammaga raxmat )
👍32
Afsuski buni ichida bizning shaxsiy malumotlar bo’lishi mumkin
2
Mirzarakhmanoff IT Blog
Afsuski buni ichida bizning shaxsiy malumotlar bo’lishi mumkin
Uzunquloq gaplarga qaraganda ma'lumotlar tarqab ketishi yaqinda kuzatilgan React 19 versiyasining react2shell bug idan so'ng kelib chiqqan emish.
32
Bu temada xali ancha ko’p gaplashamiz shekilli(
Aynan bizning korxonada xam shunaqa muammolar bo’lgan edi. Shaxsiy ma’lumotlar O’zbekiston hududidan tashqariga chiqarilmasligi kerak degan qonun tufayli falon pulga server sotib olgan edi mijozimiz . Ma’lumot uchun boshqa davlatdan server olinsa taxminan 3-4 baravar arzonga tushadi. Birdan serverdagi ma’lumotlar yo’qolib qoldi. Lekin xayriyat back-up bor ekan tiklab oldik . Xa kiber xavfsizlikka kuchliroq e’tibor bermasak bo’lmaydi shekilli.
211
Har bir loyiha uchun motivatsiya bo'la oladigan narsa bu albatta foydalanuvchilar va yaqin insonlarning qo'llab-quvvatlashidir.
Taxminan 10 kun oldin ushbu @avtoimtihonuzbot ni reliz qilgan edim. Kosmik natijalar bo'lmasa ham ko'zni quvontiradigan sonlar. Faqatgina LinkedIn, Twitter(X) va ba'zi telegram guruhlarda qilingan reklama tufayli shunaqa natija. Insha Alloh to'xtab qolish yo'q. Bundanda katta marralar kutmoqda xali)
👍611
Hech ham uzumni yomonlab xeyt qilib,chiqaman deb o'ylamagandim😅

Chunki asosan LinkedIn'dagi uzumni yomonlagan postlar to'g'risi jig'imga tegardi. Axir kamchiliklar har bir servisda bo'ladiku deb o'ylaridm toki o'zim shu muammoga foydalanuvchi sifatia duch kelamagunimcha.

Kecha Claude Code uchun obunani to'lashim kerak edi. Asosiy kartamdan uzum kartamga pul o'tkazdim. Nimadir muammo bo'lib ilova qotib qoldi va ilovadan chiqib ketti. Qaytib kirsam asosiy kartamdan pul yechilgan lekin uzum kartaga tushmagan. Pul "Xavoda" qolib ketgan. "Техподдержка" ga yozdim va deyarli bir soatga yaqin hech qanday javob olmadim, call-center telefoni ham ishlamadi. Xa endi ertaga xal qilarman deb o'tirganimda pul birdaniga qaytib qoldi.

Bir insonning muammosini o'sha muammo boshinga tushmaguncha bilmas ekansan)
21111