Miraziz Mirsultonov
2.85K subscribers
8.18K photos
1.57K videos
24 files
3.57K links
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

⭕️Chirchiq shahrida tashkil etilgan Ma'naviyat xiyoboni yoshlar bilan gavjum.

Bugun mazkur xiyobonning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Xiyobon uzra turli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari
tashkil etilgan.

Barcha yoshlarni ushbu maskanga taklif qilib qolamiz.🙋‍♂

https://t.me/miraziz_mirsultonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎶Opera yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi!

Bugun, 12-may kuni Bo‘zatov-FEST “Yoshlar ovozi” tanlovining opera yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchilarning bahslari yakunlandi.

Baxshichilik yo‘nalishidan farqli ravishda opera yo‘nalishining super finali ham bugunning o‘zida o‘tkazildi. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarning mahorati, chiqishlari va ovoz imkoniyatlari nizom talablari asosida baholab borildi.

🏆Demak, bu yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar natijasi 16-may kuni Bo‘zatov tumanida o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etishda davom etadi!

#beshtashabbusolimpiadasi #yoshlarovozi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
#Ифтиҳор

ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ ЯНА БИРИНЧИ

🏆"Йилнинг энг яхши ҳамшираси" танловининг Республика босқичида вилоятимиз қизи биринчи ўринни эгаллади.

🥇Назокат Мирсаидова Паркент тумани тиббиёт бирлашмаси, болалар бўлимида ҳамшира бўлиб ишлайди. У мазкур танловда вилоятимиз шарафини муносиб ҳимоя қилди ва "Тошкент тиббиёт академияси"да давлат гранти асосида ўқиш учун имтиёзни қўлга киритди.

Таъкидлаш керакки, тиббиёт йўналишидаги бу танлов 30 йилдан буён анъанавий ўтказиб келинади ва ўтган шунча вақт давомида биринчи марта Тошкент вилояти вакиласи ғолиб бўлди.

Ёш хамшира дўстимизга талабалик бахти, вилоятимизга эса ғолиблик завқи муборак бўлсин!

Yoshlar kundaligi
Yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminari boshlandi

🧾Joriy yilning 13-19-may kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchilarini doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da o‘quv-seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda 13-may kuni Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan 200 dan ortiq yoshlar yetakchilari “Yoshlar oromgohi”da jam bo‘lishdi.

📑Oromgohda, mahalla yoshlar yetakchilariga Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tegishli masʼullari tomonidan yoshlarga yer ajratish, liderlik qobiliyatini shakllantirish, vaqtdan unumli foydalanish, huquqbuzarlikka moyilligi bor yoshlar bilan tizimli ishlash, yoshlar murojaatlari, besh tashabbus loyihalari, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish kabi bir qator yo‘nalishlarda o‘quv seminarlari o‘tkaziladi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube