Miraziz Mirsultonov
2.85K subscribers
8.18K photos
1.57K videos
24 files
3.57K links
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Sharaf_lentasi

🎗Millionlab ajdodlarimiz jasorati sabab erishilgan ozodlik bugun bizga obod yurt, go‘zal hayot va farovon kunlarni taqdim etgan. Vatandoshlarimiz qalbida esa bugungi tinch va osoyishta kunlarga shukronalik hissi yashaydi.

🎗Ko‘ksiga davlat bayrog‘ining bir parchasi qadalgan Angrenliklar qalbida g‘urur, vatanga muhabbat va osoyishta hayotga shukronalik tuyg‘ulari aks etdi.

🎗Toshkent viloyati Angren shahrida 9-may—Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan milliy bayrog‘imiz ranglari aks etgan sharaf lentalari tarqatildi.

🎗 El-yurtining tinchligi uchun mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimizni sharaflash har birimizning insoniy burchimizdir!

https://t.me/miraziz_mirsultonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand o'rganishlar davom etmoqda

⚡️Respublika komissiyasi
ishchi guruhi bilan Samarqand viloyatidagi o'rganishlarimizda Paxtachi tumanida viloyat hokimi tashabbusi bilan ochilgan Yoshlar markazi bilan tanishdik.

📚Mazkur maskanda xorijiy tillar, zamonaviy kasblar o'rganayotgan yoshlar hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdik.

@alisher_sadullaev
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bunyodkorlik #Shukuh

ERTAGA NURAFSHONDA “MATONAT MADHIYASI” MAJMUASINING OCHILISH MAROSIMI OʻTKAZILADI

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Челленж #Шараф_лентаси

Хотира - авлодлар бирлашган нуқта

🇺🇿Ватан бу улкан бир оила аслида. Унинг ҳам улуғ боболари, донишманд момолари, таянч оталари-ю суянч оналари бўлади. Унда яна забардаст фарзандлар, қоракўз набиралар, келгуси авлодлар ҳам камол топади.

Хотира эса бу авлодларни бирлаштирадиган, бус-бутун қиладиган бир белбоғ демакдир. Энг муҳими эса уни асраш, қадрлаш.

🎗Ҳа, бу шараф лентаси, бу шон лентаси. Қадр лентаси бу,  ғурур лентаси.

🔥Видеода меҳнат фахрийси Абдусаттор ота ва Холбуви ая Абдуллаевлар оиласи. Одатда уч авлод учрашувини кўп кўрганмиз, бу даврани эса беш авлод учрашуви дейиш мумкин.

📍
Оҳангарон тумани "Гўшсой" МФЙ.

Yoshlar kundaligi
#tabrik

Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!

Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

9-may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash asnosida Ikkinchi jahon urushi janglarida qatnashib, jasorat koʻrsatganlar va urush orti mehnat faxriylarini xotirasini abadiylashtirish borasida xayrli ishlar amalga oshiriladi.

Jumladan, shu kunlarda “Nurafshon business city” hududidagi 1,2 gektar maydonda Zulfiya Zokirova nomidagi memorial yodgorlik majmuasi qurib bitkazilishi ham ana shunday ezgu ishlardan biri boʻldi.

Fursatdan foydalanib, barchangizga tinchlik-omonlik tilayman!     

Ularning jasoratlari yodimizdan hech qachon o‘chmagay.

https://t.me/miraziz_mirsultonov
#OAV_nigohida

Zangiota tumani “Shodlik” mahallasi yoshlar yetakchisi Nizomiddin Muhiddinovning
faoliyatiga bag'ishlangan maqola "Yoshlar ovozi" gazetasida e'lon qilindi.

📥
Yuklab olish

https://t.me/miraziz_mirsultonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sen nima uchun o’qiyapsan?”

— Bu aslo oddiy savol emas!

“Qoʻrqma” filmni albatta tomosha qiling, balki bu filmdan keyin javobingiz boshqacha boʻlishi mumkin.

Film havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ

- Talaba do’stlaringizga ulashib qo’ying.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎼 BO‘ZATOV FEST — “Yoshlar ovozi” festivali respublika bosqichining tantanali ochilish marosimidan lavhalar

Bugun final bosqichi ishtirokchilari baxshichilik yo‘nalishida o‘z isteʼdodlarini namoyon qilishadi

#beshtashabbusolimpiadasi #yoshlarovozi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shaxmatda_noutbuk_yuting

⚡️Joriy yilning 15-may kuni soat 10:00 da Nurafshon shahrida joylashgan Yoshlar markazida 14-30 yosh toifasida imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida ''DXX kubogi'' shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

📄Musobaqa ishtirokchisi imkoniyati cheklanganligi to‘g‘risida shifokor xulosasi (ma'lumotnoma)ga ega bo‘lishi va musobaqaga o‘zi bilan olib kelishi talab etiladi.

💻Ha, aytgancha musobaqada 1-2-3-o‘rinlarga qimmatbaho noutbuk sovg‘a qilinadi.

Musobaqada ishtirokchilar soni cheklanmagan.

Shunday qilib, chorshanba, 15-may kuni soat 10:00 da Nurafshon shahridagi Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tadigan shaxmat musobaqaga belgilangan soatdan kech qolmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va imkoniyati cheklanganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma bilan kelishlari so‘raladi.

▶️Lokatsiya

https://t.me/miraziz_mirsultonov
#tayinlov

Agzamxodjayev Saidburxan Shamsutdinivich — Quyi Chirchiq tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S. Agzamxodjayev 1993-yilda Quyi  Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti – oliy. 2019-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.  

Lavozimga tayinlangunga qadar, Quyi Chirchiq tumani Yoshlar ishlari bo‘limi Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM