Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
16.4K photos
2.32K videos
14 files
6.86K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Tehronda IHT davlatlari o‘rtasida transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Bugun, Eron poytaxti Tehron shahrida Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) transport vazirlarining 13-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish ishtirokchilar IHT mintaqasida samarali, integratsiyalashgan va barqaror transport tizimlarini rivojlantirishning hozirgi muammolari va istiqboldagi imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.

Muzokaralarda multimodal transport yo‘laklarini takomillashtirish, transport sohasida raqamlashtirishni rag‘batlantirish, transchegaraviy savdo va tranzitni osonlashtirish, mintaqaviy kelishuv va dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil

В Тегеране обсудили вопросы развития транспортных коридоров между странами ОЭС

В столице Ирана Тегеране прошло 13-е заседание Министров транспорта Организации экономического сотрудничества (ОЭС).

Участники мероприятия обменялись мнениями о текущих проблемах и перспективных возможностях развития эффективных, интегрированных и устойчивых транспортных систем в регионе ОЭС.

В ходе переговоров были рассмотрены вопросы совершенствования мультимодальных транспортных коридоров, стимулирования цифровизации в транспортной сфере, упрощения трансграничной торговли и транзита, а также реализации региональных соглашений и программ.

Подробнее
IHT Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish konsepsiya loyihasi taqdim etildi

Yig‘ilishda transport vaziri Ilhom Maxkamov nutq so‘zlab, IHTga a’zo davlatlar sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan transport va logistika sohasida o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar va ularni joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Xususan, 2023-yil 8 – 9-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan IHTning 16-sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashkilotga a’zo davlatlarning o‘zaro transport-kommunikatsiya bog‘liqligini kuchaytirish uchun zamonaviy tizimlarni keng joriy qilish maqsadida Toshkent shahrida tashkilotning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish bo‘yicha tashabbus ilgari surilgan.

Ilhom Maxkamov ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun transport va bojxona idoralari xodimlaridan iborat Ishchi guruh tuzgan holda yuk va bojxona hujjatlarini raqamlashtirish va o‘zaro tan olish mexanizmlarini ishlab chiqish taklifini bildirdi.

Представлен проект концепции создания Транспортного и таможенного цифрового офиса ОЭС

На заседании министр транспорта Илхом Махкамов выступил с речью, представив информацию о предложениях, выдвинутых Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым на саммите государств-членов ОЭС по укреплению взаимосвязанности в сфере транспорта и логистики, а также о проделанной работе по их реализации.

В частности, на 16-м саммите ОЭС, состоявшемся в Ташкенте 8-9 ноября 2023 года, Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым была выдвинута инициатива о создании в Ташкенте Транспортного и таможенного цифрового офиса организации с целью широкого внедрения современных систем для усиления транспортно-коммуникационной взаимосвязанности государств-членов организации.

Илхом Махкамов для реализации этой инициативы предложил разработать механизмы цифровизации и взаимного признания грузовых и таможенных документов путем создания рабочей группы из числа сотрудников транспортных и таможенных органов.
Tehron deklaratsiyasi qabul qilindi

Vazirlar IHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga intilishlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Shuningdek, ular infratuzilmani yaxshilash, transport siyosatini uyg‘unlashtirish va xususiy sektorning mintaqaviy transport loyihalarida ishtirokini kuchaytirish uchun muvofiqlashtirilgan harakatlar va sarmoya zarurligini ta’kidladilar.

Uchrashuvning asosiy natijasi strategik ustuvorliklar va mintaqaviy transport va aloqalarni yaxshilash bo‘yicha jamoaviy yo‘l xaritasini belgilab beruvchi Tehron deklaratsiyasining bir ovozdan qabul qilinishi bo‘ldi.

Deklaratsiyaga Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish hamda Samarqand aeroportini IHT aviatsiya xabi sifatida qabul qilish kabi O‘zbekiston tomonidan berilgan takliflar kiritildi.

Принята Тегеранская декларация

Министры вновь подтвердили свое стремление к углублению сотрудничества между государствами-членами ОЭС.

Они также подчеркнули необходимость скоординированных действий и инвестиций для улучшения инфраструктуры, гармонизации транспортной политики и усиления участия частного сектора в региональных транспортных проектах.

Главным итогом встречи стало единогласное принятие Тегеранской декларации, определяющей стратегические приоритеты и коллективную дорожную карту по улучшению регионального транспорта и связей.

В Декларацию включены предложения Узбекистана, такие как создание Цифрового транспортного и таможенного офиса и признание аэропорта Самарканда в качестве авиационного хаба ОЭС.
Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun tender o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender 2025-yil 4-iyul kuni soat 17-00 da bo‘lib o‘tadi.

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Tender takliflarini yuborish uchun to‘lovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak.
Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentda jamoat transporti soat 03:00 dan harakatni boshlaydi

Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!

2025-yil 6-iyun, juma kuni Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten:

soat 03:00 dan o‘z harakatini boshlaydi.

Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.

В честь Курбан хайита общественный транспорт Ташкента начнёт работу с 03:00 утра

Уважаемые жители и гости столицы!

В пятницу, 6 июня 2025 года, в связи с празднованием Курбан хайита, для удобства граждан автобусные маршруты и Ташкентский метрополитен начнут работу:

с 03:00 утра.

Это решение принято для создания удобств для тех, кто планирует принять участие в праздничной молитве с использованием общественного транспорта.
🚌 Toshkentdan Issiq-ko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi

Joriy yilning 11-iyun sanasidan boshlab, "Uzautotrans Service" MChJ tomonidan Toshkent – Cho‘lpon-ota (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi boshlanadi.

Qatnovlar har kuni Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.

Chipta narxi 300 000 so‘m etib belgilangan.

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:

+998 71 207-87-00, +998 94 131-99-99, +998 88 666-15-15.

🚌 Начнутся сезонные автобусные рейсы из Ташкента в Иссык-Куль

С 11 июня текущего года ООО "Uzautotrans Service" начнет сезонное автобусное сообщение по маршруту Ташкент - Чолпон-ота (Иссык-Куль).

Рейсы будут выполняться ежедневно на автобусах Yutong. Автобус отправляется с ташкентского автовокзала в 15:00.

Стоимость билета установлена в размере 300 000 сумов.

📞Телефоны для дополнительной информации:

+
998 71 207-87-00, +998 94 131-99-99, +998 88 666-15-15.
O‘zbekistonda yoshlar oyligi boshlandi

Shunga ko‘ra, Transport vazirligi tizimida "Iyun oyi – Yoshlar oyligi" deb e’lon qilindi. "Yoshlar oyligi" doirasida sohadagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli sport musobaqalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi yoshlarning muammolari hamda sohani rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslarini o‘rganib, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari o‘tkazilishi belgilangan.

В Узбекистане стартовал месячник молодежи

В связи с этим, в системе Министерства транспорта июнь объявлен "Месяцем молодежи." В рамках "Месячника молодежи" планируется организация различных спортивных соревнований, культурно-просветительских мероприятий и круглых столов с целью обеспечения содержательного досуга молодежи отрасли.

Кроме того, запланировано проведение встреч "Руководитель и молодежь" для изучения проблем молодых специалистов в сфере транспорта и дорожного хозяйства, а также рассмотрения их предложений и инициатив по развитию отрасли с целью их поддержки.
Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun  tender o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender 2025-yil 15-iyul kuni soat 12-00 da bo‘lib o‘tadi.

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha Afrosiyob reyslari!

Bayram kunlari — 5, 6, 7 va 8 iyun kunlariSamarqand va Toshkent o‘rtasida Afrosiyob tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.

📍 Harakat jadvali:
▫️ Samarqand → Toshkent — jo‘nash 10:55 da, yetib kelish 13:15 da
▫️ Toshkent → Samarqand — jo‘nash 13:56 da, yetib kelish 16:14 da

🎟 Chiptalarni quyidagilar orqali xarid qilish mumkin:
🔹 eticket.railways.uz
🔹 Uzrailways Ticket mobil ilovasi
🔹 Temir yo‘l kassalari

Safarlaringizni oldindan rejalashtiring va bayram kunlarini yaqinlaringiz davrasida o‘tkazing!

Дополнительные рейсы Афросиаб на Курбан Хаит!

В праздничные дни — 5, 6, 7 и 8 июня — между Самаркандом и Ташкентом будут курсировать дополнительные рейсы скоростного поезда Афросиаб.

📍 График движения:
▫️ Самарканд → Ташкент — выезд в 10:55, прибытие в 13:15
▫️ Ташкент → Самарканд — выезд в 13:56, прибытие в 16:14

🎟 Билеты доступны на:
🔹 eticket.railways.uz
🔹 Мобильное приложение Uzrailways Ticket
🔹 Железнодорожные кассы

Планируйте поездки заранее и проведите праздничные дни в кругу близких!
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Eron poytaxti Tehron shahri bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) transport vazirlarining 13-chi yig‘ilishi doirasida transport vaziri Ilhom Maxkamov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari va ularning natijalari, xususan, tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdo, transport-logistika va turizm bo‘yicha keng hamkorlikni rivojlantirish hamda kelgusidagi rejalarni muhokama etishdi.

Batafsil

Состоялась встреча с Генеральным секретарем Организации экономического сотрудничества

В рамках 13-го заседания министров транспорта Организации экономического сотрудничества (ОЭС), прошедшего в столице Ирана Тегеране, министр транспорта Илхом Махкамов провел встречу с Генеральным секретарем Организации экономического сотрудничества Асадом Маджидом Ханом.

В ходе беседы стороны обсудили взаимовыгодные партнерские отношения и их результаты, в частности, развитие широкого сотрудничества между странами-членами организации в сфере торговли, транспорта, логистики и туризма, а также планы на будущее.

Подробнее
Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun  tender o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender 2025-yil 15-iyul kuni soat 12-00 da bo‘lib o‘tadi.

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Tender takliflarini yuborish uchun to‘lovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

JARAYON

M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” avtomobil yo‘lining 865-kilometr qismida joylashgan yo‘l o‘tkazgich to‘liq qayta rekonstruksiya qilinmoqda.

ПРОЦЕСС

Полностью реконструируется путепровод, расположенный на 865-м километре автомобильной дороги М39 "Алматы – Бишкек – Ташкент – Шахрисабз – Термез”.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Memorandum imzolash tadbiri Tehronda boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo davlatlar transport vazirlarining 13-yigʻilishi doirasida tashkil etildi.

Oʻzaro anglashuv memorandumi doirasida tomonlar Oʻzbekiston xususiy sektori uchun Eronning Shahid Rajai portiga sarmoya kiritish, maxsus terminal va logistika markazi qurish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Подписан меморандум о взаимопонимании по развитию транзитного сотрудничества между Ираном и Узбекистаном

Церемония подписания меморандума была организована в рамках 13-го заседания министров транспорта государств-членов Организации экономического сотрудничества (ОЭС), проходившего в Тегеране.

В рамках Меморандума о взаимопонимании стороны создадут необходимые условия для частного сектора Узбекистана по инвестированию в иранский порт Шахид Раджаи, строительству специального терминала и логистического центра.
Toshkentda O‘zbekiston – Xitoy transport fakulteti ochildi

2025-yil 3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston – Xitoy transport fakultetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur fakultetning ochilishi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlikning ta’lim va transport sohalarida yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

Bu tashabbus ikki mamlakat yoshlari uchun zamonaviy bilim va tajriba almashinuvini ta’minlash barobarida, kelajakdagi yirik loyihalar uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

В Ташкенте открылся Узбекско-китайский транспортный факультет

3 июня 2025 года в Ташкентском государственном транспортном университете состоялась церемония открытия Узбекско-китайского транспортного факультета.

Открытие данного факультета свидетельствует о выходе стратегического партнерства между Узбекистаном и Китаем на новый уровень в сферах образования и транспорта.

Эта инициатива не только обеспечит обмен современными знаниями и опытом для молодежи двух стран, но и послужит подготовке конкурентоспособных специалистов для будущих крупномасштабных проектов.