Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
16.4K photos
2.32K videos
14 files
6.86K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Janubiy Koreya bilan transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriladi

“ITS Asia Pacific Forum 2025” xalqaro forumi Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Koreya Respublikasi Yer, infratuzilma va transport vaziri Park Sangvu hamda “Korea Expressway Corporation” Korporatsiyasi Prezidenti Xam Jingyu bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Batafsil

Расширяется сотрудничество с Южной Кореей в сфере транспорта и дорожного хозяйства

Заместитель министра транспорта Илхомжон Абдугафаров провел переговоры с министром земельных ресурсов, инфраструктуры и транспорта Республики Корея Пак Сангву и президентом корпорации "Korea Expressway Corporation" Хам Джингю.

Подробнее
1-iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim kuchga kirdi

Transport vazirligi ikki mamlakat o‘rtasida bugungi kunda 8 ta yo‘nalishda muntazam yo‘lovchi aviareyslari bajarilayotganini eslatib o‘tdi.

Hozirgi kunda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha haftasiga jami 31 ta qatnov amalga oshirilmoqda:

📍Toshkentdan -
Pekin, Urumchi, Xanchjou, Guanjou, Sanya, Sian va Chenduga.

📍Samarqanddan - Urumchiga.

Aviaqatnovlarni Uzbekistan Airways, Qanot Sharq, Centrum Air, China Southern Airlines, Loong Air aviakompaniyalar bajarmoqda.

С 1 июня между Узбекистаном и Китаем вступил в силу безвизовый режим

Министерство транспорта напоминает, что на сегодняшний день между двумя странами выполняются регулярные пассажирские авиарейсы по 8 направлениям.

В настоящее время еженедельно осуществляется всего 31 рейсов по следующим направлениям:

📍Из Ташкента -
в Пекин, Урумчи, Ханчжоу, Гуанчжоу,Санья, Сиань и Чэнду.

📍Из Самарканда - в Урумчи.

Авиарейсы выполняют авиакомпании Uzbekistan Airways, Qanot Sharq, Centrum Air, China Southern Airlines и Loong Air.
#Toshkent_viloyati

DIQQAT TENDER


Toshkent viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyatichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yil 3-iyul kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali 2025-yil 2-iyul soat 14-00 ga qadar qabul qilinadi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (213).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
Tehronda IHT davlatlari o‘rtasida transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Bugun, Eron poytaxti Tehron shahrida Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) transport vazirlarining 13-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish ishtirokchilar IHT mintaqasida samarali, integratsiyalashgan va barqaror transport tizimlarini rivojlantirishning hozirgi muammolari va istiqboldagi imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.

Muzokaralarda multimodal transport yo‘laklarini takomillashtirish, transport sohasida raqamlashtirishni rag‘batlantirish, transchegaraviy savdo va tranzitni osonlashtirish, mintaqaviy kelishuv va dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil

В Тегеране обсудили вопросы развития транспортных коридоров между странами ОЭС

В столице Ирана Тегеране прошло 13-е заседание Министров транспорта Организации экономического сотрудничества (ОЭС).

Участники мероприятия обменялись мнениями о текущих проблемах и перспективных возможностях развития эффективных, интегрированных и устойчивых транспортных систем в регионе ОЭС.

В ходе переговоров были рассмотрены вопросы совершенствования мультимодальных транспортных коридоров, стимулирования цифровизации в транспортной сфере, упрощения трансграничной торговли и транзита, а также реализации региональных соглашений и программ.

Подробнее
IHT Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish konsepsiya loyihasi taqdim etildi

Yig‘ilishda transport vaziri Ilhom Maxkamov nutq so‘zlab, IHTga a’zo davlatlar sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan transport va logistika sohasida o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar va ularni joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Xususan, 2023-yil 8 – 9-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan IHTning 16-sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashkilotga a’zo davlatlarning o‘zaro transport-kommunikatsiya bog‘liqligini kuchaytirish uchun zamonaviy tizimlarni keng joriy qilish maqsadida Toshkent shahrida tashkilotning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish bo‘yicha tashabbus ilgari surilgan.

Ilhom Maxkamov ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun transport va bojxona idoralari xodimlaridan iborat Ishchi guruh tuzgan holda yuk va bojxona hujjatlarini raqamlashtirish va o‘zaro tan olish mexanizmlarini ishlab chiqish taklifini bildirdi.

Представлен проект концепции создания Транспортного и таможенного цифрового офиса ОЭС

На заседании министр транспорта Илхом Махкамов выступил с речью, представив информацию о предложениях, выдвинутых Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым на саммите государств-членов ОЭС по укреплению взаимосвязанности в сфере транспорта и логистики, а также о проделанной работе по их реализации.

В частности, на 16-м саммите ОЭС, состоявшемся в Ташкенте 8-9 ноября 2023 года, Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым была выдвинута инициатива о создании в Ташкенте Транспортного и таможенного цифрового офиса организации с целью широкого внедрения современных систем для усиления транспортно-коммуникационной взаимосвязанности государств-членов организации.

Илхом Махкамов для реализации этой инициативы предложил разработать механизмы цифровизации и взаимного признания грузовых и таможенных документов путем создания рабочей группы из числа сотрудников транспортных и таможенных органов.
Tehron deklaratsiyasi qabul qilindi

Vazirlar IHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga intilishlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Shuningdek, ular infratuzilmani yaxshilash, transport siyosatini uyg‘unlashtirish va xususiy sektorning mintaqaviy transport loyihalarida ishtirokini kuchaytirish uchun muvofiqlashtirilgan harakatlar va sarmoya zarurligini ta’kidladilar.

Uchrashuvning asosiy natijasi strategik ustuvorliklar va mintaqaviy transport va aloqalarni yaxshilash bo‘yicha jamoaviy yo‘l xaritasini belgilab beruvchi Tehron deklaratsiyasining bir ovozdan qabul qilinishi bo‘ldi.

Deklaratsiyaga Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish hamda Samarqand aeroportini IHT aviatsiya xabi sifatida qabul qilish kabi O‘zbekiston tomonidan berilgan takliflar kiritildi.

Принята Тегеранская декларация

Министры вновь подтвердили свое стремление к углублению сотрудничества между государствами-членами ОЭС.

Они также подчеркнули необходимость скоординированных действий и инвестиций для улучшения инфраструктуры, гармонизации транспортной политики и усиления участия частного сектора в региональных транспортных проектах.

Главным итогом встречи стало единогласное принятие Тегеранской декларации, определяющей стратегические приоритеты и коллективную дорожную карту по улучшению регионального транспорта и связей.

В Декларацию включены предложения Узбекистана, такие как создание Цифрового транспортного и таможенного офиса и признание аэропорта Самарканда в качестве авиационного хаба ОЭС.