Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
16.4K photos
2.32K videos
14 files
6.86K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#gendertenglik

O‘zbekiston transport sohasi ochiqlik va teng imkoniyatlar namunasiga aylanib bormoqda!

Bugungi kunda Toshkent metropolitenining 6 mingdan ortiq xodimi orasida 2500 nafari ayollardir. Ularning safida nafaqat mutaxassislar, balki rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan ayollar ham bor.

Shuni ta’kidlash joizki, bu yil yana bir muhim qadam tashlandi: ilk marotaba 16 nafar ayol poyezd mashinisti bo‘yicha o‘qishni tugatdi. Yaqin kunlarda ular boshqaruv pultidagi o‘rinlarni egallab, har kuni o‘n minglab yo‘lovchilarning qulay va xavfsiz sayohatini ta’minlaydilar.

Bu transport sohasida gender tengligiga erishishga qaratilgan islohotlarning amaliy natijasidir.

Транспортная отрасль Узбекистана становится примером открытости и равных возможностей!

Сегодня из более 6 тысяч сотрудников Ташкентского метрополитена 2 500 – женщины. Среди них есть не только специалисты, но и руководители высшего звена.

Стоит отметить, что в этом году был сделан ещё один важный шаг: впервые 16 женщин завершили обучение на машинистов поездов. Уже совсем скоро они займут места за пультом управления и будут ежедневно обеспечивать комфортные и безопасные поездки десяткам тысяч пассажиров.

Это реальный результат реформ, направленных на достижение гендерного равенства в транспортной сфере.
"Sariosiyo" aeroporti 30 yildan so‘ng qayta faoliyatini boshladi

Bugun, 30-may kuni Sariosiyo aeroporti “Silk Avia” aviakompaniyasining ilk reysini qabul qildi. Toshkentdan bortida 48 nafar yo‘lovchi bilan uchgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da aeroportga kelib qo‘ndi. Yo‘lovchilar an’anaviy suv arkasi va milliy kuy-qo‘shiqlar bilan kutib olindi.

Avval xabar qilinganidek, viloyat aeroportida aerodromning sun’iy yuzalarida, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu rekonstruksiya ishlaridan so‘ng aeroport 29-aprel kuni birinchi texnik parvozni qabul qildi.

Bir oy ichida 1100 kvadrat metr maydon va soatiga 100 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal qurish bo‘yicha barcha ishlar yakunlandi. Bugun Sariosiyo aeroporti muntazam reyslarni amalga oshira boshlab, ilk yo‘lovchilarini qabul qildi.

Toshkent - Sariosiyo - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta - chorshanba va juma kunlari Silk Avia aviakompaniyasining tomonidan ATR-72-600 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Аэропорт «Сариосиё» возобновил работу спустя 30 лет

Сегодня, 30 мая, аэропорт «Сариосиё» принял первый рейс авиакомпании Silk Avia. Самолет из Ташкента успешно приземлился в аэропорту в 15:41 по местному времени с 48 пассажирами на борту. Пассажиров встретили традиционной водной аркой и национальной музыкой.

Как сообщалось ранее, в региональном аэропорту был проведен капитальный ремонт искусственных покрытий аэродрома, а именно, взлетно-посадочной полосы, рулежной дорожки и перрона с местами стоянок. По итогам этих работ 29 апреля воздушная гавань приняла первый технический рейс.

В течение месяца были завершены все работы по строительству нового терминала площадью 1100 кв и вместимостью до 100 пассажиров. Сегодня «Сариосиё» принял первых пассажиров, начав обслуживание регулярных рейсов.

Рейсы по маршруту Ташкент – Сариосиё – Ташкент будут выполняться дважды в неделю — по средам и пятницам, на самолетах авиакомпании Silk Avia ATR-72-600.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Остона шаҳрида «Марказий Осиё – Италия» саммитида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в саммите в формате «Центральная Азия – Италия» в городе Астане.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Italiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги Қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni – bu hayot sharoitlari tufayli hozirda muhofaza va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan bolalarga e’tibor qaratish va yordam berishga chaqiriqdir, shuningdek, jamiyatga bola huquqlarini himoya qilishning zarurligini unutmaslik haqida eslatmadir.

Ushbu sana munosabati bilan Transport vazirligi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi ko‘magida bir guruh imkoniyati cheklangan bolalar uchun Toshkent aeroportida tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni tadbiri doirasida ekskursiya tashkil etildi.