Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
15.9K photos
2.27K videos
14 files
6.75K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудлар ривожи ва аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш, янги истиқболли режаларни белгилаш мақсадида Хоразм вилоятига келди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Хорезмскую область с целью ознакомления с развитием региона, жизнью населения и определения новых задач на перспективу.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #aeroport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Koreya Eksimbanki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Transport vaziri Ilhom Maxkamov va Koreya Eksport-import banki vakolatxonasining Toshkentdagi rahbari Sangjin Kang hamda “Saman Engineering” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar Toshkent – Samarqand yangi tezyurar temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Batafsil

Состоялась встреча с представителями Эксимбанка Кореи

Министр транспорта Илхом Махкамов встретился с главой представительства Экспортно-импортного банка Кореи в Ташкенте Сангжином Кангом и представителями компании "Saman Engineering".

В ходе встречи стороны обменялись мнениями по вопросам разработки технико-экономического обоснования проекта строительства новой высокоскоростной железной дороги Ташкент – Самарканд.

Подробнее
Президент Шавкат Мирзиёев Ал-Хоразмий шаҳарчасининг қурилишини кўздан кечирди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства городка Аль-Хорезми.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #shaharsozlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Transport vaziri O‘mon Sultonligi elchisi bilan uchrashdi

Transport vaziri Ilhom Maxkamov O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Al Sayyida Vafo Jabr Nasser Al Busaydiy xonim hamda «UzOman» investitsiya kompaniyasi bosh direktori Oman Bahrom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar "Oman Air" aviakompaniyasi tomonidan Maskat –Toshkent – Maskat yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri avia qatnovlarni tashkil etish masalasini muhokama etishdi.

Batafsil

Министр транспорта встретился с послом Султаната Оман

Министр транспорта Илхом Махкамов провел встречу с Чрезвычайным и Полномочным Послом Султаната Оман в нашей стране госпожой Аль Сайидой Вафа Джабр Нассер Аль Бусайди и генеральным директором инвестиционной компании "UzOman" Оманом Бахромом.

В ходе встречи стороны обсудили вопрос организации прямых авиарейсов авиакомпанией "Oman Air" по маршруту Маскат – Ташкент – Маскат.

Подробнее
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi taqdimoti bo'lib o'tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish, yangi istiqbolli rejalarni belgilash maqsadida 1-may kuni Xorazm viloyatiga keldi.

Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbariga Urganch aeroportni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi haqida axborot berildi.

Bu borada 2024-yil 1-avgustda e’lon qilingan ochiq tender ikki bosqichda o‘tkazilib, unda Fransiya, Koreya, Turkiya, Qatar kabi davlatlardan sakkizta kompaniya ishtirok etdi. Yakunda idoralararo tender komissiyasining qarori bilan Koreya Respublikasining Incheon International Airport Corporation kompaniyasi g‘olib deb topildi.

Prezidentimiz ushbu kompaniya va loyiha rahbarlari bilan suhbatlashdi. Kompaniya prezidenti Inchon xalqaro aeroporti sig‘imi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turishi, servis bo‘yicha yetakchilardan biri ekanini aytdi. Urganch kompaniyaning ikkinchi aeroporti bo‘lishini ta’kidlab, uni yangilash va boshqarish rejalarini ma’lum qildi.

Davlatimiz rahbari bunday ilg‘or kompaniya bilan sheriklikdan xursandligini ta’kidlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

- Xorazmda ko‘plab zamonaviy mehmonxonalar, dam olish va savdo markazlari barpo etayapmiz. Kelajakda sayyohlar oqimini 5 millionga yetkazishni maqsad qilganmiz. Buni aeroport bilan hamohang qilsak, o‘zaro manfaatli bo‘ladi, daromad ko‘payadi, - dedi davlat rahbari.

Xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda yangi samolyotlar olib kelib, yo'lovchi tashuvlarni oshirish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Prezident mazkur hamkorlikdan oqilona foydalanib, servis bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish, mutaxassislarimizni o‘qitish va malakasini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Loyihaning umumiy qiymati 223 million AQSH dollari bo‘lib, uning doirasida yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yo‘lovchi va yuk terminallari qurish, “ICAO” talablariga javob beruvchi yoritish-signal qurilmalari o‘rnatish, maxsus texnikalar xarid qilish rejalashtirilgan.

Qurilish-rekonstruksiya ishlari 2025-2027-yillar davomida amalga oshiriladi va natijada aeroport Boeing 747 va Airbus 350 kabi yirik havo kemalarni qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. Aerovokzal maydoni 39 ming kvadrat metrga yetkazilib, soatiga 1300 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratiladi. Prezidentga bo‘lajak terminal loyihasi ham taqdimot qilindi. Prezidentimiz uning ichki va tashqi qiyofasida milliy ruhni aks ettirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shunday qilib, “Urganch” aeroporti Xorazmning xorijlik sayyohlar uchun jozibadorligini oshirishga va butun mamlakat aviatsiya sanoatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi eng qulay havo markazlaridan biriga aylanadi.