Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
15.8K photos
2.26K videos
14 files
6.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA

Endilikda xorijiy ruxsatnoma blankalarining mavjudligi, tarqatilishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi barcha dolzarb ma’lumotlar "E-avto ruxsatnoma" AAT (dazvol.mintrans.uz)da shaxsiy kabinetingizning yangiliklar bo‘limida berib boriladi.

E’lonlarni kuzatib boring hamda xorijiy ruxsatnoma blankalari yuzasidan so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.

‼️ Shu o‘rinda korxona rahbarlaridan ishlatilgan xorijiy ruxsatnoma blankalarini tez fursatlarda vakolatli organ Transport vazirligiga qaytarilishini ta’minlashingizni so‘raymiz.

⚠️ Ishlatilgan ruxsatnomalarni belgilangan tartibda qaytarmaslik shu turdagi yangi blankalari olish uchun ariza berish jarayonida cheklovlarga sabab bo‘lishi mumkin.

ВНИМАНИЮ НАЦИОНАЛЬНЫХ ПЕРЕВОЗЧИКОВ

Впредь вся актуальная информация о наличии, распространении и распределении бланков иностранных разрешений будет предоставляться в разделе новостей вашего личного кабинета в АИС "E-avto ruxsatnoma" (dazvol.mintrans.uz).

Следите за объявлениями и будьте в курсе последней информации по бланкам иностранных разрешений.

‼️ Также просим руководителей предприятий в кратчайшие сроки обеспечить возврат использованных бланков иностранных разрешений в уполномоченный орган - Министерство транспорта.

⚠️ Не обеспечение возврата в установленном порядке использованных разрешений может привести к ограничениям в процессе подачи заявления на получение новых бланков данного типа.
Toshkent - Issiqko‘l yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar tiklanmoqda

2025-yil 1-iyuldan boshlab "Silk Avia" aviakompaniyasi Toshkent - Issiqko‘l - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar har kuni amalga oshiriladi va safar vaqti atigi 2 soatni tashkil etadi. Bu Qirg‘izistonning eng go‘zal kurort hududlaridan biriga qulay sayohat qilish imkoniyatidir.

Chiptalarni silk-avia.com rasmiy veb-sayti, "Silk Avia" mobil ilovasi orqali, O‘zbekiston Respublikasining barcha xalqaro aeroportlarida, shuningdek, "Uzbekistan Airways Sales" filiallarida xarid qilish mumkin.

Возобновление сезонных авиарейсов по маршруту Ташкент — Иссык-Куль


С 1 июля 2025 года авиакомпания Silk Avia возобновляет сезонные авиарейсы по маршруту Ташкент — Иссык-Куль — Ташкент. Рейсы будут выполняться ежедневно, а время в пути составит всего 2 часа. Это отличная возможность для комфортного путешествия в один из самых живописных курортных регионов Кыргызстана.

Приобрести билеты можно через официальный сайт silk-avia.com, мобильное приложение Silk Avia, во всех международных аэропортах Республики Узбекистан, а также в филиалах Uzbekistan Airways Sales.
#Toshkent_viloyati

DIQQAT TENDER


Toshkent viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyatichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yil 24-may kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali 2025-yil 23-may soat 14-00 ga qadar qabul qilinadi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (213).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
Mahalliy ekspeditorlik tashkilotlari bilan hamkorlikda Maslahat kengashi tashkil etildi

Transport vazirligi markaziy apparati majlislar zalida transport sohasida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Maslahat kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro tashishlarda mahalliy transport-ekspeditorlik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi loyihasi maslahat kengashi a’zolari ishtirokida muhokama etildi.

Batafsil

В сотрудничестве с местными экспедиторскими организациями создан Консультативный совет

В зале заседаний центрального аппарата Министерства транспорта состоялось первое заседание Консультативного совета по развитию эффективного сотрудничества между государственным и частным секторами в сфере транспорта.

На заседании под председательством первого заместителя министра транспорта М.Омарова с участием членов консультативного совета был обсужден разработанный министерством проект плана комплексных мер по поддержке и увеличению доли местных транспортно-экспедиторских организаций в международных перевозках.

Подробнее
#Surxondaryo_viloyati

DIQQAT TENDER


Surxondaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Tender Transport vazirligi Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yil 26-may kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali 2025-yil 25-may soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Ma’lumot uchun telefon: +998 99 507-92-31: +998 99 679-18-36.

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | "Toshkent – Xiva – Toshkent" yo'nalishida harakatlanuvchi 10 ta zamonaviy turdagi vagonlar yo’lovchilar uchun foydalanishga topshirildi


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
"Ota-onalarni xotirlash" kuni munosabati bilan vaqtincha bir kunlik yo‘nalishlar tashkil etiladi

29-aprel kuni pravoslav xristianlarning marhum ota-onalarni xotirlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan aholining transport ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz tashishni ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida quyidagi vaqtinchalik yo‘nalishlar tashkil etiladi:

K-1: "Buyuk Ipak yo‘li" metro bekati - M. Yusuf ko‘chasi (Dog‘iston) - 3-qabriston (O‘rtasaroy)" - 5 ta MAN rusumli avtobus.

K-2: "Qo‘yliq bozori - 3-qabriston (O‘rtasaroy)" - 4 ta MAN rusumli avtobus.


Shuningdek, 1, 14, 16, 21, 30, 80, 96-sonli (Botkin ko‘chasidagi 1-qabriston orqali) hamda 17t va 98-sonli (2-qabriston orqali - Do‘mbirobod) yo‘nalishlarda harakatlanish kuchaytiriladi.

Vaqtinchalik yo‘nalishlarda yo‘l haqi 5000 so‘m. Avtobuslar soat 07:00 dan 18:00 gacha qatnaydi.

В честь Дня поминовения усопших родителей будут организованы временные однодневные маршруты

29 апреля, в связи с проведением мероприятий, посвящённых Дню поминовения усопших родителей у православных христиан, для удовлетворения транспортных потребностей населения и обеспечения бесперебойных перевозок, в Ташкенте организуются временные маршруты:

К-1: «Метро «Буюк Ипак йули» — ул. М. Юсуфа (Дагестан) — 3-е кладбище (Уртасарай)» — 5 автобусов MAN.

К-2: «Куйлюкский рынок — 3-е кладбище (Уртасарай)» — 4 автобуса MAN.


Также будет усилено движение на маршрутах №1, 14, 16, 21, 30, 80, 96 (через 1-е кладбище на ул. Боткина) и маршрутах №17т и 98 (через 2-е кладбище — Домбирабад).

Проезд на временных маршрутах платный — 5000 сумов. Автобусы будут курсировать с 07:00 до 18:00.