MINSPORT INSTITUT
2.95K subscribers
22.8K photos
1.22K videos
8 files
8.02K links
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

https://sportmalakaoshirish.taplink.ws

Taklif va murojaatlar uchun: @Sport_edu_uz_bot
Download Telegram
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Allanazarov olib bordi.

Yig'ilishda joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va sportchilarning yutuqlari, keyingi yarim yilda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, shuningdek Paralimpiya oʻyinlari bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali direktori Q.Mamutov Nukus filialida malaka oshirish kurslari rejasining bajarilishi hamda 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
Hamyurtlarimiz Xitoyga jo'nab ketishdi

Joriy yil 28-iyul – 8-avgust kunlari Xitoyning Chendu shahri Butunjahon talabalar yozgi “Universiada” Xalqaro sport oʻyinlariga mezbonlik qiladi.

Bu yilgi Universiadada delegatsiyamiz taekvondo WT, dzyudo, ushu, gimnastika, tennis, qilichbozlik va yengil atletika sport turlarida 77 nafar atlet bilan qatnashadi. Bugun ushu, dzyudo, tennis va taekvondo WT boʻyicha terma jamoalarimiz Chin oʻlkasiga joʻnab ketgan boʻlsa, qolgan sport turlaridagi vakillarimiz reja asosida keyinchalik Chendu shahriga yetib borishadi.

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Bir chimdim mehr minglab berilgan maslahatlardan afzaldir.

Mehr chashmasi muzlagan qalblarni, mudroq dillarni uyg‘otishga qodirdir...

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
🍋Kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlang

🍹Och qoringa limonli suv ichish organizmdan toksinlar va zararli moddalarni chiqarib tashlaydi. Limon juda nordon ta’mga ega, ammo ular tanaga kirganda murakkab biokimyoviy reaksiya paydo bo‘ladi. Natijada kislota-ishqor muvozanati ishqoriy tomonga o‘tadi.

🍸Limon sharbati jigarni rag‘batlantiradi, toksinlarni faolroq olib tashlaydi. Ichimlik ichak faoliyatini rag‘batlantiradi, kun davomida ovqat hazm qilishni osonlashtiradi. Limonli suv metabolizm va ich qotishining oldini oladi.

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
👉SUV ICHAMIZ VA OZAMIZ!!!

➡️Ushbu uslub 80-yillarda ishlatilgan, ammo sport zallari paydo bo‘lishi bilan u "modadan chiqib ketdi" ...

❗️DIETAGA O‘TMANG, biz xohlaganimizni iste’mol qilamiz va jadvalga muvofiq suv ichamiz:

7:00 - 2 stakan suv
8:00 - nonushta
9:00 - 1 stakan suv
9:30 - ikkinchi nonushta
11:30 - 1 stakan suv
12:00 - tushlik
13:00 - 1 stakan suv
15:00 - tushdan keyin choy
16:00 - 1 stakan suv
17:00 - kechki ovqat
18:00 - 1 stakan suv


Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
🧠Xotirani kuchaytiruvchi maxsulotlar

🍃 Tvorog - 100 gr. Ko‘p miqdorda B12 vitamini. Undan eng muhim neyrotransmitter sintezlanadi - atsetilxolin, bu intellektual qobiliyatlarni yaxshilaydi va diqqatli bo‘lishga yordam beradi.

🍃 Banan -1 dona. Ular magniyga boy bo‘lib, o‘rganish qobiliyatini oshiradi va qisqa va uzoq xotiraga ajoyib ta’sir ko‘rsatadi.

🍃Apelsin - 1 dona. Ko‘p vitamin C. Bu kuchli antioksidant miyani xotirani buzadigan va qaror qabul qilish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan erkin radikallardan himoya qiladi.

🍃 Yong‘oq - 50 gr. Miya va asab hujayralarini qurish uchun zarur bo‘lgan alfa-linolenik kislotani o‘z ichiga oladi. Bizning tanamiz uni mustaqil ravishda ishlab chiqarishga qodir emas.

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
#BILASIZMI

🤼Taekvondo (koreyscha tae-oyoq, kvon-qo‘l, do-yo‘l, ya’ni oyoq va qo‘llarning harakat yo‘li)-sport kurashi turi.
Xalqaro taekvondo federatsiyasi (ITF) 1966-yil, Jahon taekvondo federatsiyasi (WTF) 1973-yil tuzilgan.

Taekvondoning ITF yo‘nalishiga 1955-yil KXDRda asos solingan. Bu yo‘nalishda sportchilarning boshga tepishi, beldan pastga zarba berish, umuman, tananing ruxsat etilgan qismiga ham oyoq bilan to‘liq zarba berish taqiqlangan. Shuningdek, qo‘l bilan ham kuchli zarba berishga ruxsat etilmaydi.

O‘zbekistonda taekvondo (ITF) 1989-yildan ommaviylashdi. O‘sha yili O‘zbekiston taekvondo (ITF) federatsiyasi tuzildi, 2000-yilda milliy assotsiatsiya nomi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tdi.

Taekvondoning WTF yo‘nalishiga 1961-yil Koreya Respublikasida asos solingan. 2000-yil taekvondo (WTF) Sidney olimpiadasi dasturidan o‘rin oldi. Taekvondo (WTF) sportchilarning qo‘l oyoqlarda tananing beldan yuqori, old qismiga zarbalar berishiga ruxsat etadi.

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
#BILASIZMI

Fristayl (inglizcha free-erkin, style-usul) - tog‘ chang‘i sporti turi. Fristaylning 3 ta turi bor: mogul, chang‘i baleta, chang‘i akrobatikasi.

Mogul - past baland trassadan tog‘ chang‘isida tez tushish;

Chang‘i baleti - tepalikdan turli shakllar (qadamlar, aylanishlar, burilishlar va boshqalar) bajarib tushish;

Chang‘i akrobatikasi - 2 metrli tramplindan bir necha akrobatik shakllarni bajarib (salto, piruetlar va boshqalar) sakrashdan iborat.

Ilk musobaqa 1966-yilda AQShning Nyu Xampshir shahri yaqinida o‘tkazilgan. 1978-yilda Xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi qoshida Fristayl bo‘limi ochilgan, 1978-yildan jahon kubogi, 1986-yildan jahon chempionatini o‘tkazib keladi. 1992-yilda mogul, 1994-yilda chang‘i akrobatikasi olimpiada o‘yinlari dasturidan o‘rin oldi.

O‘zbekistonda Fristayl 20-asrning 90-yillari boshidan ommalashdi. Vasila Semenchuk 1991-yilda jahon chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston Fristayl federatsiyasi 1992-yilda tuzilgan.

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
#BILASIZMI

O‘zbek jang san’ati-O‘zbekiston Respublikasi taekvondo ITF federatsiyasi prezidenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, qora kamar 7 Dan taekvondo sohibi, tajribali jang san’ati ustasi Po‘lat Usmonov, shuningdek, o‘zbek jang san’ati federatsiyasi faxriy prezidenti A.X.Nasirova rahnamoligida yaratilgan.

Bir necha yillar davomida ota-bobolarimizning jang san’ati texnika va harbiy uslublar merosi o‘rganilib, boshqa jang tizimining eng samarali metodlari bilan boyitildi. O‘zbek xalqi va boshqa jang san’atining eng samarali jangovar tizimlari elementlari va an’analarini o‘zida mujassam etgan, bir necha qo‘l, oyoq zarbalari, otishlar, predmetlardan (qilich, pichoq, tayoq, uzun tayoq) iborat.

O‘zbek jang san’ati sporti yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiya qilishga yordam beradi.

2009-yil o‘zbek jang san’ati sportiga O‘zbekiston milliy sport turi maqomi berildi. Butunjahon jang san’atlari festivalining 2017-yilgi bahslarida O‘zbek jang san’ati terma jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
⚡️ Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
#Qabul2023 #Abituriyent2023

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2023-2024-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chendu_2021: Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyga yetib bordi

Kecha, 27-iyul kuni XXXI yozgi Universiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston delegatsiyasining asosiy qismi Xitoyning Chendu shahriga yetib bordi. Ularni O‘zbekistonni Xitoydagi Elchisi Farxod Arziyev kutib oldi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/2335

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Sport shifokori” va “Sport dietologiyasi" bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari ochiladi

“Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–244-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan:

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport shifokori” va “Sport diyetologiyasi (ovqatlanish ilmi)”
bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari joriy etiladi;

🔹Toshkent farmatsevtika institutida “Eksperimental va sport farmakologiyasi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.

🏢 Qarorga asosan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida tashkil etilgan tibbiyot fakulteti (“Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi) Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filialiga aylantiriladi.

➡️ Filialda sport tibbiyoti va boshqa tibbiyot mutaxassisliklari (“Davolash ishi”, “Farmatsevtika”, “Pediatriya”) bo‘yicha kadrlar tayyorlanib, Chirchiq shahridagi barcha turdagi tibbiyot muassasalari unga klinik-o‘quv baza sifatida biriktiriladi.

Sport sohasida kadrlarni kompleks tayyorlash bo‘yicha “Chirchiq sport klasteri” namunasi yaratiladi.

📝 Davlat sport-ta’lim muassasalarining sport shifokorlari, sport dietologlari va sport farmakologlari Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida belgilangan tartibda bepul malaka oshiradi.

📁 2024/2025 o‘quv yiligacha “70910233-Sport tibbiyoti” hamda “70910401-Gigiyena: nutritsiologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari tasdiqlanadi.

🔘Qarorga ko‘ra, Nukus, Andijon, Buxoro va Samarqand shaharlarida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining mintaqaviy filiallari tashkil etiladi.

🗓 2024/2025 o‘quv yilidan sport tibbiyoti sohasidagi o‘quv dasturlari va uslubiy qo‘llanmalar bevosita Markaz ishtirokida ishlab chiqiladi.

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
Ertalabki jismoniy mashqlar tufayli:

bosh miya markazlarining tormozlangan holati barham topadi va ularning qo‘zg‘aluvchanligi asliga keladi;
odamning jismoniy ishga ham, aqliy ishga ham kirishib ketishi ancha osonlashadi;
o‘pkaning chuqur bo‘limlari yetarlicha havoga to‘yinadi;
tungi uyqudan qolgan lanjlik yo‘qoladi;
karaxtlik bartaraf etiladi;
tana tetiklashadi;
kayfiyat yaxshilanadi;
organizm keyingi og‘irroq mashqlarga tayyorlanadi.

Veb sahifa | Telegram | Youtube | Instagram | Facebook