みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1
2.03K subscribers
647 photos
120 videos
25 files
138 links
🇺🇿🖇🇯🇵

Gaijin 👹




@Tantousha_san / @neto_business / @neto_designers / @Basic_Kanji1/
Download Telegram
#bushido
#侍

Har davrning oʻz samurailari bor. Va ular oʻzlariga munosib ustoz topishlari kerak, mashgʻulotlarni oʻrganishlari kerak.
Yoʻl oxirigacha bora olmagan(chalgʻigan) samurai faqat taassurot qoldirishga va oʻz manfaati haqida oʻylashga harakat qiladi, samurai ruhini yoʻqotadi.
Bunday xato, jarayonni yuzaki oʻrganishdan kelib chiqadi.
Yoʻl oxirigacha bora olgan samurai soddaligiga qaytib, hech qachon sarosimaga tushmaydi.

@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1
#savol

Tassavur qiling Zakovat shousidasiz, muhtaram boshlovchi savolni oʻqiy boshladi:

Yaponiyaning "Lawson" tarmoqli doʻkonlarida, yoz oylarida mana shunday reklama qogʻozlari osib qoʻyiladi va ular bepul. Kimgadir zarur boʻlsa olib ishlatishi mumkin. Bu qogʻozlarning yana bir muhim funksiyasi bor. Xozir bir daqiqa ichida siz, bu qogʻozlar yana qanday maqsadda ishlatilishini topishingiz kerak, vaqt ketti!

@minnano_nihobgo1
@Basic_Kanji1
Forwarded from JLPT Master
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ustozlarimni bayram bilan tabriklayman!


"Ustoz"dek yetildi, yigitu-qizlar,
Kuyunganing osmon, joʻmard nolalar,
Bizmasmi tufroqda oʻzligin izlab,
Sen sabab, falakka yetgan bolalar...


@minnano_nihongo1
@Basic_Kanji1
“Xudo bir insonni boshqa insondan ustun yoki quyi qilib yaratmagan” deb ishoniladi. Boshqacha qilib aytganda, xudo insoniyatni yaratganda barcha insonlar bir xil huquqqa ega bo’lib yaratilgan, hech kim tug’ma yuqori va quyi tabaqaga bo’linmagan. Xudo, butun mavjudotlarning gultojisi bo’lgan insonga o’z tanasi va qalbni ato etdi. Xudo insonga bu olamdagi turli xil ne’matlardan foydalanib o’zining oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpanaga bo’lgan ehtiyojlarini qondirib, o’zi istaganidek erkin, boshqalarga xalaqit qilmasdan, farovon yashay oladigan hayotni taqdim etgan. Lekin, insoniyat dunyosiga nazar tashlaydigan bo’lsak, aqlli va nodon, kambag’al va boy, yuqori va past mavqega ega insonlarga duch kelamiz. Insonlar orasida bu kabi osmon bilan yerchalik farq qanday qilib yuzaga kelishi mumkin?! Aslida buning sababi kundek ravshan. Jitsugo-kyo kitobida “Inson o’rganmasa, johilligicha qolib ketadi. Johil inson esa nodondir” deb yozib qo’yilgan. Boshqacha qilib aytganda, dono va nodon odamning farqi ular qay darajada ilm o’rganganligiga qarab belgilanadi.

Yukichi Fukuzawa "Ilmga chaqiriq"(1876-yil) kitobidan (tez orada chop etiladi. )
Odamlar orasida, musofir, migrantlar, chetda ishlaydi, degan koʻp va turli fikrlar yuradi.

Meni Rossiyada ishlaydigan oddiy ishchi bilan nima farqim bor? Deb, savol beraman oʻzimga.
Xoʻsh qanday farqim bor?
Bittagina kichik farq, darsga qatnashaman. Online yapon tili. Shu kichik farq menga motivatsiya beradi. Ham pul tarafdan, ham bilim koʻnikma orttirish tarafdan farq qilayotganim, hayotimni jozibadorroq qilib turibdi.
Chetga chiqib, albatta vaqt boʻladi, oʻqish kerak, deb oʻylab qolaman...
I Want To Break Free
Queen
#mativatsa


Tepadagi matnlarini, shu qoʻshiqni qoʻyib, oʻqinglar😆
みんなの日本語 1ーMinnano Nihongo1
GIF
Takeshi Kitanoー北野武

Yaponlarda judayam mashhur, bir marta Toshkentga ham borgan edi. Laqabi "Beat Takeshi"(ビートたけし) " "Urushqoq Takeshi"
Baʼzi gaplarini yodlab olganman. Kinolarini ham qisman koʻrdim. Juda qiziq. Oʻzimizning Zulfiqor Musoqovni ham kumeri shu aktyor
Ikki karra yutqazyapsiz

Yaponiyadagi talabalik hayotini men bir tuzog'ga o'xshataman.

Til maktablaridan boshlab, kasbga yo'naltirilgan kollejlar va universitetlargacha bo'lgan yo'l ko'pchilik uchun standart marshrut. Bu yo'lda katta orzular bilan yo'lga chiqiladi - Yaponiya kabi rivojlangan davlatda o'qib, biror sohaning mutaxassisi bo'lish istagi.

Ammo, universitetga kirgach ko'pchilik "diplom olsam bo'ldi" degan fikrga tushib qoladi. Vaqt faqat o'qish uchun kontrakt to'lash va minimal talablarga javob berish bilangina o'tib ketadi. Bu orada, uyga oz-moz pul jo'natib, o'zlarini aldaydilar - go'yoki katta muvaffaqiyatga erishayotgandek.

Universitetga ishonmang, kurslarga ishonmang, odamlarga ham ishonmang. Sizni mutaxassis qiladigan yagona odam – o'zingiz.

Universitetga millionlab pul to'lab qo'yishingiz sizni mutaxassis qilib qo'ymaydi. Minglab soatlar shug'ullanish qiladi. Agar u universitet uchun pulni topaman deb, o'qish uchun vaqt topa olmayotgan bo'lsangiz, ikki karra yutqazyapsiz.
Forwarded from davletovuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
АҚШ элчиси бозор қилмоқда.

“Нега қиммат? Доллар ошдими? Ками борми?”
Tarix davomida turli davrlarda ijtimoiy ehtiyojlar, texnologik taraqqiyot va iqtisodiy sharoitlarga qarab, insondagi ma'lum bir turdagi ko'nikma va mahoratlar juda qadrli va qimmatli sanalgan.

Bundan bir necha yuz yillar avval, ov qila olishlik ko'nikmasi inson hayotida yashab qolishi uchun juda ahamiyatli ko'nikmalardan biri bo'lgan bo'lsa, 20-asr oxirlariga kelib dasturlash, kompyuter savodxonligi va internetdan foydalana olish ko'nikmasi biron bir sohada natijaga erishish uchun juda qadrli ko'nikmalardan hisoblangan.

Hozirgi vaqtga kelib esa sun'iy intellekt, kiberxavfsizlik, bio va nanotexnologiyalar atrofidagi bilim-ko'nikmalar boshqa ko'nikmalarga nisbatan qadrli bo'lib bormoqda.

Bilasizmi, yaqin kelajakda qanday turdagi ko'nikmalar juda qadrli bo'lib qoladi? Bu - Diqqatni Jamlash (Deep Focus) qobiliyati.

Biron bir sohada natijaga erishishlik hozirgi vaqtchalik hech qachon bunchalik oson bo'lmagan. Sun'iy intellekt orqali istalgan ma'lumotni bir necha soniyada topib o'rganishingiz mumkin. Shu bilan birga biron bir sohani o'rganishda insoniyat hech qachon hozirchalik boshqa narsalarga chalg'ib ketmagan.

Telegram, Instagram, Youtube, Facebook va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlar odamlarda "Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi" (ADHD - Attention deficit hyperactivity disorder) kassaligini ko'paytirib yubordi. Aksariyat odamlar biron nima o'rganishda yoki ishlashda juda ko'p keraksiz narsalarga chalg'ib, diqqatni jamlay olmay qoldilar.

Natijaga erishish uchun sizga ko'proq vaqt kerak emas. Ko'proq bilim kerak emas. Ko'proq energiya ham kerak emas. Sizga ko'proq diqqat kerak. Fokus kerak.
🤯 Chatgpt men haqimda bilar ekan...

Noway🤯