“Noaniqlik va tutqich bermaslik koʻpincha siyosiy maydonda zaruriy va foydali hisoblanadi.”
✍️ Mayk Friden, “Mafkura” kitobidan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏7⚡6🏆4❤1🤓1
Ilmiy kitob bir oyda tayyor bo‘ladi deb o‘ylaysizmi?
1000KITOB loyihasi doirasida har bir nashr sifatli va xatosiz bo‘lishi uchun qanday bosqichlardan o‘tishini bilasizmi? Keling, birgalikda ko‘rib chiqamiz:
1. Saralash va Ekspertiza. Dastlab asarlar ekspertlar kengashi tomonidan sinchiklab tanlanadi. Bunda kitobning ilmiy va ma’naviy dolzarbligi eng asosiy mezon hisoblanadi.
2. Mualliflar bilan kelishuv. Ekspertiza yakunlangach, xorijiy mualliflar yoki nashriyotlar bilan shartnoma tuzish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon 1-2 oy vaqt oladi. Huquqlarni sotib olish va rasmiylashtirish jarayonning eng nozik nuqtasi hisoblanadi.
3. Tarjima jarayoni. Kitob hajmiga qarab, professional tarjimonlar tomonidan 3-4 oy davomida o‘zbek tiliga o‘giriladi. Ilmiy terminlarning aniqligi bu bosqichda juda muhim.
4. Tahrir va Musahhihlik. Tarjimadan so‘ng matn muharrirlar va musahhihlar qo‘liga o‘tadi. Matn qayta-qayta ko‘rib chiqiladi, bu esa kamida 1-2 oy vaqt talab etadi.
5. Dizayn va Sahifalash. Kitobning tashqi ko‘rinishi va ichki tartibi (verstka) ustida ishlanadi. Kitob nashrga tayyor holatga keltiriladi.
6. Saralash va Tarqatish. Bosmadan chiqqanidan keyin ham ish tugamaydi! Kitoblar saralanadi, hujjatlashtiriladi va agentliklar orqali 1 oy ichida butun respublika kutubxonalariga va o‘quv muassasalariga yetkaziladi.
Faqatgina mana shu uzun va mashaqqatli yo‘ldan o‘tgandan keyingina, siz kitobni o‘zingizga yaqin kutubxonadan olib o‘qishingiz mumkin bo‘ladi!

⚡9🔥6❤3👏2🏆1
1000KITOB loyihasi doirasida chop etilayotgan kitoblarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga topshirildi.
Loyiha doirasida dunyo miqyosida tan olingan, tafakkurni kengaytiradigan, ilmiy va intellektual jihatdan kuchli asarlar o‘zbek tilida, sifatli tarjima va nashrda taqdim etilmoqda. Ushbu kitoblar kitobxonlik muhitini rivojlantirish, bilimga qiziqishni oshirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

🔥11👍5❤3👏1
1000KITOB bilan tanlovda g‘olib bo‘ling!
2026-yil 15-yanvarda qabul qilingan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–9-son)ga muvofiq, vazirlik va idoralarda kitobxonlikni rag‘batlantirish tizimi joriy etilmoqda.
Qarorga asosan, 2026-yil 1-martga qadar kasbiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi, 1-aprelga qadar esa tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etilib, xodimlar uchun muntazam mutolaa vaqtlari belgilanadi.
Mazkur tashabbuslar doirasida eng ko‘p kitob o‘qigan xodim tanlov asosida bir oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Shuningdek, kitobxonlikda faolligi bilan ajralib chiqqan TOP–100 nafar o‘quvchi va talabaning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
1000KITOB jamoasi sizni bu jarayonda faol bo‘lishga chorlaydi: loyiha doirasida chop etilgan kitoblarni mutolaa qiling, bilim va tafakkuringizni boyiting hamda tanlovlarda munosib ishtirok etib, g‘olib bo‘ling.

❤8🏆7👍6❤🔥2🔥2⚡1
Forwarded from Mutolaa
Siz hafta davomida ushbu kitobni mutolaa qilasiz va hafta yakunida, yakshanba kuni ilovada kitob bo‘yicha kichik tanlov tashkil qilinadi.
🏆 Ushbu tanlovda qatnashib, eng yuqori natija ko‘rsatgan kitobxonlarga 1 yillik, 6 oylik va 3 oylik Mutolaa Premium’lar sovg‘a qilinadi.
• O’qish uchun kitob tanlay olmayotgan bo‘lsangiz, sizga ajoyib taklif va rag‘bat.
Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥5🥰3❤2
Bank sizning pulingizni allaqachon boshqasiga va’da qilib bo‘lgan.
Nega deysizmi? Buni tushunish uchun 1000KITOB loyihasi doirasida tarjima qilingan “Bank: o‘ta qisqa tanishtiruv”ni o‘qishingiz shart. Iqtisodchilar John Goddard va John O. S. Wilson banklar qanday ishlashini murakkab sxemalarsiz, oddiy va tushunarli mantiq asosida izohlaydi. Pul bankda “yotib qolmaydi” — u doimiy harakatda bo‘lib, qarz va risk orqali butun tizimni harakatga keltiradi.
Kitob banklarni na oqlashga, na ayblashga urinadi. Mualliflar ularni yaxshiyam, yomon ham qilib ko‘rsatmaydi — shunchaki qanday ishlashini tushuntiradi. Asosiy urg‘u bitta oddiy, lekin ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan haqiqatga qaratiladi: bank tizimi pulga emas, ishonchga tayanadi. Odamlar pulini bankka topshiradi, chunki uni qaytarib olaman deb ishonadi. Banklar kredit beradi, chunki qarz qaytishiga ishonadi. Shu zanjir uzilmaguncha tizim ishlayveradi.
Kitobni o‘qib chiqqach, kredit reklamalari, foiz stavkalari va moliyaviy yangiliklarga boshqa ko‘z bilan qaraysiz. Bank inqirozlari nega butun jamiyatga ta’sir qilishini, nazorat va qoidalar nega doim muhokamada bo‘lishini yaxshiroq tushunasiz.

👍4❤3❤🔥2