1000KITOB
5.01K subscribers
395 photos
74 videos
312 links
Eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan oʻzbek tiliga o’girish va chop etish boʻyicha "1000KITOB" loyihasining rasmiy kanali.

Murojaat uchun: @mingkitobaloqabot
Download Telegram
“1000KITOB” haqida eng ko‘p beriladigan savol: loyiha aslida nima uchun yaratilgan va kitoblarni qayerdan sotib olish mumkin?

“1000KITOB” — xorijiy tillardagi eng sara darsliklar, ilmiy-ommabop va badiiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish hamda chop etishga qaratilgan loyiha. Loyiha doirasida mutaxassislar tomonidan tanlangan 50 nomdagi kitob tarjima qilinib, nashr etiladi. Tarjima va chop etish jarayonlari loyiha jamoasi hamda ekspertlar tomonidan sifat jihatidan nazorat qilinadi.

Loyiha doirasidagi kitoblar davlat buyurtmasi asosida chop etiladi. Shu sababli ular hozircha tijoriy sotuvga chiqarilmaydi, balki jamoatchilik uchun bilim resursi sifatida taqdim etiladi.

Amaldagi tartibga muvofiq, kitoblar axborot-kutubxona muassasalari hamda oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarga beg‘araz tarqatilmoqda.

Bu yondashuv sifatli tarjima qilingan adabiyotlardan keng va teng foydalanish imkonini yaratishga xizmat qiladi.

❗️ Kitoblarni sotuvga chiqarish jarayoni 2026-yildan boshlab bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Ushbu bosqichda kitoblar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan, belgilangan tartibda, o‘z mablag‘lari hisobidan qayta nashr etilib sotuvga chiqarilishi mumkin.

Hozirgi kunda loyiha kitoblarni sotuvga chiqarish uchun mualliflar bilan kelishuv olib borilmoqda.

Bugun loyiha asosiy e’tiborini kitobxonlarni ishonchli, sifatli va zamonaviy manbalar bilan ta’minlashga qaratmoqda.
👍109👏3🔥1💯1
1000KITOB pinned a photo
"1000KITOB" Jamoasi sizni yangi yil bilan tabriklaydi!

Yangi yil barchangizga tinchlik-hotirjamlik, sogʻliq, omad va kattadan-katta bardavom yutuqlar olib kelsin!
7👍4🔥4🥰2🎉1
Forwarded from Kelajak soati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sevimli jadidim Abdurauf Fitrat – Adib Xolid bilan eksklyuziv intervyu

AQShda istiqomat qiluvchi taniqli olim 26 yil avval “Turkistonda jadidchilik” asarini yozgan. Olim asarning yozilish tarixi va jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyati xususida fikr bildiradi.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Eslatma: Video OTM talabalari uchun tayyorlandi.

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
8👏5👍2🥰2💯1
O‘rganishda to‘g‘ri yo‘ldamisiz?

1000KITOB loyihasi tomonidan muvaffaqiyatli tarjima qilingan va endigina e’tiboringizga havola etilayotgan Alan Pritchardning “O‘rganish yo‘llari” kitobi ta’limda “hamma uchun bir xil ishlaydigan” yagona model yo‘qligini, o‘rganish jarayoni esa murakkab va ko‘p omilli ekanini ochib beradi.

Bir xil fan, bir xil o‘qituvchi, bir xil dars — ammo natijalar nega turlicha bo‘ladi? “Men o‘qishga qobiliyatsizman” degan xulosa ko‘pincha noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Muammo aksariyat hollarda noto‘g‘ri tanlangan o‘rganish usulida bo‘ladi.


O‘qituvchilar bolalarga bilim berish jarayonida ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladilar. Chunki ular faoliyati davomida dars berishni faqat bilim uzatishga asoslangan jarayon sifatida qabul qiladilar. Ushbu kitob aynan shu qotib qolgan stereotiplarni bir zumda parchalaydi va barcha mutaxassislarni o‘z faoliyatiga qayta ko‘rib chiqishga undaydi.

Eslatib o'tamiz, 1000KITOB doirasida chop etilgan ushbu kitoblarimiz tez orada Respublika kutubxonalariga beg‘araz tarqatiladi.
👏11🔥86👍5
“O‘rganishda yagona samarali yo‘l yo‘q, har bir o‘quvchi turlicha o‘rganadi.”

✍️ Alan Pritchard, “O‘rganish yo‘llari” kitobidan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2083🔥1
Jiddiyroq bo'lib, "Davlatcha nazar" tashlashga qanday qaraysiz?)

1000KITOB jamoasi navbatdagi, yangi tandirdan kitob — James C. Scottning "Davlatcha nazar" asarini e'tiboringizga havola qiladi!


Bu asar shunchaki tarixiy misollar to‘plami emas. U sizni o‘qish jarayonida davlat aslida qanday ishlashi, nega soliqlar, kadastr hujjatlari, aholini ro‘yxatga olish, shahar rejalari va “tartib” tushunchasi paydo bo‘lganini, hamda oddiy odamlar hayotini “qulaylashtirish” nomi bilan qilingan qarorlar qanday qilib falokatga aylanishini anglashga majbur qiladi.

James C. Scott davlatning jamiyatni soddalashtirishga bo‘lgan intilishi ortida ko‘pincha mahalliy bilim, tirik tajriba va insoniy ehtiyojlar yo‘qolib ketishini ko‘rsatadi. "Davlatcha nazar" tashlashni o'rganar ekansiz, sizni bu qarashlar tayyor xulosalar bilan emas, balki chuqur savollar bilan yolg‘iz qoldiradi:

Taraqqiyot degani nimani anglatadi?
— Qaysi nuqtada “yaxshi niyat” zo‘ravonlikka aylanadi?
— Davlat kim uchun va qanday ishlashi kerak?

Eslatib o'tamiz, 1000KITOB doirasida chop etilgan ushbu kitoblarimiz tez orada Respublika kutubxonalariga beg‘araz tarqatiladi.
🔥98😍5👍42
Yuqoridan chizilgan mukammal reja,
pastdagi hayotni ko‘pincha ko‘rmaydi.

✍️ James C. Scott "Davlatcha nazar" kitobi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍119🔥7🥰2👏1
1000KITOB loyihasi doirasida o‘zbek tili jahon durdonalari bilan boyimoqda!

So‘nggi 6 oyda 90 ta sara kitob tanlanib, ulardan 55 tasi nashrga tayyorlandi. Hozirgacha 27 nomdagi kitob 81 000 nusxada chop etildi.

Ushbu nusxalar respublika bo‘ylab quyidagicha taqsimlandi:

9 357 ta — OTM kutubxonalariga;
11 358 ta — Davlat organlari kutubxonalariga;
60 285 ta — Milliy kutubxona va hududiy AKMlariga.

Loyiha to‘xtab qolmaydi! Biz 2026-yil yakuniga qadar yana 60 ta yangi asarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni rejalashtirganmiz.
16👍15🔥12🤓2
👍632🔥2👏2🥰1
"Konstitutsiyaviylikdan ko‘zlangan maqsad — asliyatini yo‘qotgan demokratiyani jilovlashdir."

✍️ Andrash Shayo, "Hokimiyatni jilovlash" kitobidan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥5👍4👏2🤓1
Siz izlagan kitoblar o'ylaganingizdan ko'ra ancha yaqinroq!

1000KITOB loyihasi doirasida chop etilgan kitoblarning bir qismi Mutolaa platformasiga joylashtirilgan. Agar kerakli kitob elektron shaklda topilmasa, respublikada axborot-kutubxona markazlariga murojaat qiling.

Mutolaadan to‘xtamang — ilm ulashishda davom etamiz!
👍632🔥2🤓1
Kanalimizda yana qanday mavzudagi postlar bo'lishini xohlagan bo'lar edingiz? Fikringizni izohlarda qoldiring👇🏻
3🔥2❤‍🔥1👏1🤓1
“Inson ahmoq, ammo insoniyat donodir.”

Rassel Kirk, “Muhofazakorlik” kitobidan
👍15🔥1164👏1
Ba’zi kitoblar javob bermaydi — to‘g‘ri savol qo‘yishni o‘rgatadi.

1000Kitob loyihasi doirasida tarjima qilingan mana shunday asarlardan biri — Rassel Kirkning “Muhofazakorlik” kitobi


Bu kitob jamiyatlar qanday qilib o‘z tarixini hurmat qilgan holda o‘zgarishi, barqaror institutlarni mustahkamlashi va odamlarning axloqiy hamda ijtimoiy farovonligini yo‘qotmasdan rivojlanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Muallif muhofazakorlikni vaqtinchalik qarash sifatida emas, balki jamiyat uchun doimiy ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillarga — tartib, uzluksizlik, adolat va madaniy o‘ziga xoslikni asrashga tayangan holda tushuntiradi. U asar davomida o‘zgarishlar muqarrar va har bir jamiyat uchun juda zarur ekanligini ta’kidlaydi.

“Muhofazakorlik”ni o‘qir ekansiz, quyidagi o‘zgarishlarga tayyor turing:

— o‘zgarishlarga shoshilmasdan, o‘ylab qarashga;
— an’analar va qadriyatlarni boshqacha ko‘z bilan ko‘rishga;
— erkinlik bilan birga mas’uliyatni ham his qilishga;
— qisqa foydadan ko‘ra uzoq muddatli barqarorlikni tanlashga.

Ushbu kitobni Respublika kutubxonalaridan va “Mutolaa” platformasidan elektron shaklda topishingiz mumkin.
7🔥4🥰2❤‍🔥11👍1
“O‘zgarish shart bo‘lmaganda, o‘zgarmaslik shartdir.”

✍️Rassel Kirk, “Muhofazakorlik” kitobidan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥65👍5💯3
Har bir qadamda, har bir qarorda Vatan bor!

1000KITOB jamoasi yurtimiz tinchligi yo‘lida mardonavor xizmat qilayotgan mard va jasur Vatan himoyachilarini bayram bilan tabriklaydi!

Sizlarning borligingiz uchun Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, tunlarimiz esa osuda!
❤‍🔥44🔥4🎉4👍1