1000KITOB
5.13K subscribers
374 photos
74 videos
303 links
Eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan oʻzbek tiliga o’girish va chop etish boʻyicha "1000KITOB" loyihasining rasmiy kanali.

Murojaat uchun: @mingkitobaloqabot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1000kitob_tarjimonlari

Tarjimonlikning 3 ta eng muhim jihati nima?

Kamola Abdug‘aniyeva
“Sociology” (“Sotsiologiya”) kitobi tarjimonidan javoblar.

Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
9🔥7👍3👎1
#1000kitob #ilmiyommabop1000kitob

Ilmiy-ommabop kitob akademik ilm va kundalik hayot o‘rtasidagi ko‘prikdir. U murakkab nazariya, raqam va formulalarni har kim tushunadigan hikoyalarga aylantiradi. Bunday kitoblar fan zerikarli formulalar emas, balki atrofimizdagi dunyoning tirik to‘qimasi ekanini ko‘rsatadi.

U nima uchun kerak? Ilmiy-ommabop kitob tanqidiy fikrlashni o‘rgatadi, faktni afsonadan ajratishga yordam beradi va axborot haddan tashqari ko‘p bo‘lgan dunyoda tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy kitoblar tor doirada ishlatilsa, ilmiy-ommabop kitoblar har bir kitobxonning javonini bezashi mumkin.

Albatta, bu kitoblarni o‘qib, fizik yoki antropolog bo‘lib qolmaymiz, lekin savol berishni, bog‘liqliklarni ko‘rishni va fan bizning kundalik hayotimizga qanday ta’sir qilishini tushunishni o‘rganamiz.

Ilmiy-ommabop kitoblarning mavzulari juda xilma-xil: tarix, ong, tillar evolyutsiyasi, tibbiyot kelajagi, arxeologiya sir-sinoatlari. Ularning har biri katta manzaraning bir bo‘lagini ochadi. Ilmiy kitoblar tor sohaga chuqurlashishda qo‘l kelsa, ilmiy-ommabop kitoblar har sohadan bir shingil bo‘lib, umumiy tasavvurimizni kengaytiradi.

1000KITOB doirasida ilmiy-ommabop kitoblar o‘zbek tiliga o‘girildi va o‘girilmoqda. Bu kitoblarning mazmuni bilan tanishib bormoqchi bo‘lsangiz, sahifalarimizni kuzatishda davom eting.

Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
7👍7😁4🥱4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda loyihada ishlagan tarjimon va muharrirlar bilan uchrashuv oʻtkazdik. Ularga nashr qilingan kitoblarni taqdim qilib, jarayonlar haqida fikr almashdik. Loyihaga qoʻshgan hissalari uchun minnatdorlik bildirib, keyingi bosqichlarga taklif qildik.

⚡️Biz bunday uchrashuvlarni davom ettirib, doimiy anʼanaga aylantirmoqchimiz.

📣 Juma kunlarining kechki soatlari loyihada OCHIQ ESHIKLAR kunini eʼlon qilamiz. Bu kunlarda loyiha hamkorlari va doʻstlari – tarjimonlar, noshirlar, muharrirlar, ekspertlar va boshqa mutaxassislarni suhbatga taklif qilamiz. Har uchrashuv oldidan batafsil ma’lumotni sahifalarimizda e’lon qilamiz.

📍Manzil: Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 11A, KITOB OLAMI kafesi

Uchrashuvlarimizda koʻrishguncha!

Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍119🔥7🤝2
Axboriy hamkorimiz – “Gazeta.uz” oʻz sahifalarida qiziquvchilarni kitoblarimiz bilan tanishtirib boradi. Ilk kitobimiz – “Iqlim oʻzgarishi: har kim uchun zaruriy bilim” boʻyicha taqriz allaqachon eʼlon qilindi:

Havola: https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/04/mingkitob-climate-change/

Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍87🔥2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥53🥰3
📚 “1000kitob”da ochiq eshiklar kuni!

Bu juma sizni o‘tmish va tafakkur olamiga sayohat kutmoqda!

💬 Uchrashuv mavzusi“Tarix” asari.

🌍 Kitob haqida:
“Tarix” – Oksford universiteti nashriyotining “Qisqa tanishtiruv” turkumidagi kitoblardan biri. Tarixchi Jon Arnold kitobxonni o‘tmishdagi voqealar,tarixshunoslik (tarixni yozish jarayoni) va tarixning to‘xtamlari (xulosa va oqibatlari) bilan tanishtiradi.

🔻Bu uchrashuvda siz:

Tarix haqida darsliklarda yozilmagan eng qiziqarli g‘oyalar va savollarga javob topasiz
Tarixchi olimlar va tarjimonlar bilan ochiq suhbatda qatnashasiz
Fikr almashish, ilhom va yangi do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo’lasiz

📅 Vaqt: 10-oktabr 18:00
📍 Manzil: Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 11A, KITOB OLAMI kafesi

🎁 Kirish bepul, joylar cheklangan!

Uchrashuvlarimizda koʻrishguncha!


Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍138🤩3
1000KITOB
📚 Uchrashuvimiz boshlanishiga 4 SOAT vaqt qoldi.

Bugungi qizg’in suhbatda biz bilan birga bo’lasizmi?
🤔 O’zi tarixga oid qaysi kitoblarni o’qigansiz?

Izohlarda yozib qoldiring-chi?! 👇🏻
👍43💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥4😍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehmonimiz tarixchi, manbashunos Farrux Avazovdan uchrashuv haqida fikrlar

#TARIX
👍97🔥3
📚 “1000kitob”da ochiq eshiklar kuni muvaffaqiyatli o‘tdi!

💬 Uchrashuv davomida ishtirokchilar tarixni o‘rganishning amaliy ahamiyati, tafakkur tarixi va insoniyat xotirasining o‘rni haqidar fikr almashishdi.

Shuningdek, mehmonimiz - tarix fanlari bo‘yicha PhD Feruza Jumaniyozovadan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tarixshunoslikdagi yangi yondashuvlar va ilmiy izlanishlari haqida yangi bilimlarga ega bo'lishdi.

⚡️Bizni kuzatishda davom eting - oldinda bu kabi ko'plab foydali uchrashuvlar kutmoqda!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥6😍4🤓21
📚 “1000kitob”da ochiq eshiklar kuni!

💬 Bu safargi uchrashuvimizda “Iqlim o‘zgarishi” kitobini muhokama qilamiz.

🌍 Kitob haqida:
Mutaxassislar ushbu asarni iqlim o‘zgarishi bo‘yicha eng ishonchli manbalardan biri deb e’tirof etgan.
Muallif sayyoramizning murakkab holatini ilmiy asosda tahlil qilib, quyosh va shamol energiyasi, elektromobillar hamda toza energiya inqilobi oqibatlarini yoritadi.
Kitob hammamizni o‘ylantiruvchi, insoniyat kelajagini belgilab beruvchi muammoga bag‘ishlangani uchun ham dolzarbdir.

Uchrashuvda nimalar kutilmoqda?
Kitob ustida ishlagan jamoa vakillari, soha ekspertlari va ekoblogerlar bilan jonli suhbat
Iqlim o‘zgarishi bo’yicha muhokama
Savol-javob va fikr almashish
“1000kitob” loyihasi bilan yaqindan tanishish imkoniyati

📅 Vaqt: 17-oktabr, soat 18:00
📍 Manzil: Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 11A, KITOB OLAMI kafesi

🖇 Ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro’yxatdan o’ting👇🏻

Ro’yxatdan o’tish

🎁 Kirish bepul, joylar cheklangan!

Uchrashuvlarimizda koʻrishguncha!


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍73😍2🔥1
Axboriy hamkorimiz – “Gazeta.uz” oʻz sahifalarida qiziquvchilarni kitoblarimiz bilan tanishtirishda davom etadi. Bu hafta “Tarix: o‘ta qisqa tanishtiruv” kitobi boʻyicha ma’lumot va kitobdan parcha eʼlon qilindi:

Havola: https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/mingkitob-history/

Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
7👍4🔥1💯1
4 kun qoldi…

🇺🇿 Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan sizni 20–21-oktyabr kunlari oʻtkaziladigan maxsus tadbirimizga taklif qilamiz!

Bu ikki kun davomida siz:

💥“1000kitob” loyihasi bilan yaqindan tanishasiz
👩‍🎓Biz tarjima qilgan va oʻzbek tilida nashr etgan kitoblar bilan tanishish imkoniga ega boʻlasiz
💬 Loyiha jamoasi bilan suhbatlashib, yangi tarjimalar haqida birinchi boʻlib bilib olasiz

🗓 Vaqt: 20-oktyabr 18:30
21-oktyabr 12:30
📍 Manzil: Yoshlar Ijod Saroyi

🎁 Kirish bepul!

Bu — o‘zbek tiliga mehr, bilim va kitob orqali hissa qo‘shish istagida bo‘lgan har bir kitobsevar uchun ochiq eshiklar kuni.

🎉 Keling, birgalikda o‘zbek tilining go‘zalligi va boy adabiy merosini nishonlaylik!

#OZBEKTILIUCHUN

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥109👍7🤓4
1000KITOB
4 kun qoldi… 🇺🇿 Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan sizni 20–21-oktyabr kunlari oʻtkaziladigan maxsus tadbirimizga taklif qilamiz! Bu ikki kun davomida siz: 💥“1000kitob” loyihasi bilan yaqindan tanishasiz 👩‍🎓Biz tarjima qilgan va oʻzbek tilida nashr etgan…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔖 Biz bir maqsad yo‘lida tinmay mehnat qildik — o‘quvchilarga foydali bo’lgan, xorijning TOP kitoblarini o‘zbek tilida sifatli taqdim etish uchun.
Endi esa natijani siz birinchi bo‘lib ko‘rishingiz mumkin!

🇺🇿 20–21-oktyabr kunlari, O‘zbek tili bayramini Yoshlar ijod saroyida biz bilan birga nishonlang.

Keling, kitoblar bilan tanishing, o’z fikrlaringizni bildiring. Barchangizni kutib qolamiz!

#OZBEKTILIUCHUN

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍178🤓4😍2
Kitoblarimiz kutubxonalarga yetkazilmoqda!

Siz loyihamizni qaysi hudud, viloyat yoki shahardan kuzatyapsiz?

Izohlarda yozib qoldiring
👍37🎉6🤩42