MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.13K photos
2.27K videos
90 files
6.45K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Soat 21:00 holatiga Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi o‘chgan elektr tarmoqlarning katta qismi ulandi.

Hozirda o‘chiq turgan tarmoqlarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 22:10 holatiga Toshkent viloyatidagi o‘chgan elektr tarmoqlarning katta qismi ulandi.

Hozirda o‘chiq turgan tarmoqlarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahri: modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari sababli sakkizta tumandagi 12 ta MFYning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 20-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Chilonzor tumani:
«Qozirobod» va «Ko‘rkam» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Mirishkor» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Yangihayot tumani: «Xo‘jauchqun» va «Viqor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Shayxontohur tumani: «Chorsu» va «Beltepa» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Bektemir tumani: «Nurliyo‘l» va «Zabardast» MFYlarinjng ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumani: «Mevazor» va «Zakovat» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Uchtepa tumani: «Nishabariq» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.

O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kuchli shamol esishi sababli Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi ayrim iste’molchilarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jahon_xabarlari

Hindistonda jazirama harorat kuzatilmoqda

Hindistonda so‘nggi bir necha kun ichida jazirama tufayli kamida 166 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha yuz kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda India Today xabar berdi.

Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, Uttar-Pradesh (119 kishi o‘lgan) va Bixar (47 qurbon) shtatlarida g‘ayritabiiy issiqlik qayd etilgan.

Ayrim hududlarda havo harorati 43,5 darajaga yetgan. Bixar provinsiyasi ma’muriy markazi Patna shahri maktablari 24-iyunga qadar ta’til e’lon qilgan.

Issiq to‘lqin Uttar-Pradesh shtati bo‘ylab elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelgan. Buning natijasida sanitariya va sovitish tizimlari ishlamay qolgan.

Shtat hukumati elektr ta’minotini to‘liq tiklashga va’da berib, aholini elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirdi.

Shuningdek, mahalliy hokimiyat aholini kun davomida uyda qolishga chorlamoqda.

Ma’lumot uchun: inson sabab bo‘lgan iqlim o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo sharoitlarini kuchaytirib, anomal issiqdan tortib, suv toshqini va o‘rmon yong‘inlarigacha tez-tez va ko‘proq halokatli ofatlarni keltirib chiqarmoqda. Issiq to‘lqinlar paytida Hindiston odatda suv tanqisligidan aziyat chekadi. Uning 1,4 milliard aholisining o‘n million qismi oqar suvdan mahrum bo‘lib qoladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MW bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Fotoelektr stansiyasi umumiy maydoni 1,42 gektarni tashkil etadi. Ushbu stansiyaga 1500 dan ortiq quyosh panellari o‘natildi.

Navoiy IESda o‘rnatilgan quyosh panellari orqali yiliga o‘rtacha 1,8 mln kW⋅h elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Ma’lumot uchun: ushbu yashil stansiyadan foydalanish orqali korxonaning o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini iqtisod qilish imkoni yaratiladi.

—————

На Навоийской ТЭС сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МW

Общая площадь фотоэлектростанции составляет 1,42 га. На станции установлено более 1500 солнечных панелей.

Данные солнечные панели будут производить в среднем 1,8 млн kW⋅h электроэнергии в год.

В результате будет сэкономлено 400 тыс. кубометров природного газа в год.

Для информации: использование зеленой станции даст возможность экономии электроэнергии для собственных нужд предприятия.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Yashil Energiya” MChJ va “Tongwei Solar” o‘rtasida umumiy quvvati 300 MW'gacha bo‘lgan fotoelektr modullarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun Xitoyning “Tongwei Solar (Hefei) Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, umumiy quvvati 300 MW'gacha bo‘lgan kichik quvvatli quyosh fotoelektr modullarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun: “Tongwei Solar” – eng yirik “Tier 1” ro‘yxatiga kiritilgan salohiyatli quyosh elementlari ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. “Tongwei” tomonidan ishlab chiqarilgan quyosh modullari dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida ushbu yo‘nalishdagi loyihalarda keng qo‘llanilgan.

“Tongwei” quyosh panellari ishlab chiqarish quvvati yiliga 45 GW dan, quyosh elementlarining umumiy ishlab chiqarish quvvati esa yiliga 100 GW dan oshadi.

—————

Между ООО «Yashil Energiya» и компанией «Tongwei Solar» подписан договор на поставку фотоэлектрических модулей общей мощностью до 300 MW

Подписан договор с Китайской компанией «Tongwei Solar (Hefei) Co., Ltd.» на поставку фотоэлектрических модулей для возобновляемых источников энергии малой мощности, с целью их установки на зданиях и сооружениях объектов социальной сферы, государственных органов и других организаций, на общую мощность до 300 MW.

Для справки: «Tongwei Solar» является крупнейшим производителем солнечных элементов и пластин для них, включённый в список «Tier 1». Модули «Tongwei Solar» широко применялись в проектах по производству фотоэлектрической энергии на нескольких региональных рынках по всему миру.

Мощность производства солнечных панелей «Tongwei» составляет более 45 GW в год. Общие мощности производства солнечных элементов превышает 100 GW в год.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qonun_kuchga_kirdi

Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilandi

Qonun (O‘RQ–822-son, 13.03.2023 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔰Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

🔹 umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan talon-toroj qilish o‘g‘rilik deb belgilandi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

☑️ Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

▫️BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish.

—————

#закон_вступил_в_силу

Незаконное использование электричества, тепла, газа или водопровода в коммерческих целях квалифицируется как кража

Законом (ЗРУ № 822 от 13.03.2023 года) внесены изменения и дополнения в Кодекс об административной ответственности и Уголовный кодекс

🔰В том числе, согласно внесенным дополнениям к Уголовному кодексу:

🔹 кражей было признано самовольное подключение к электрическим, тепловым, газовым или водопроводным сетям общего пользования в коммерческих целях либо порча приборов учета электрической энергии, природного газа, холодной или горячей воды, в том числе их пломб, либо вмешательство в приборы учета извне с целью изменения их показателей, а за совершение указанного правонарушения может быть назначено наказание в виде лишения свободы до 5 лет.

☑️ Также, согласно внесенным дополнениям к Кодексу об административной ответственности, к лицам, совершившим данное правонарушение в незначительном размере, могут быть применены следующие меры административного взыскания:

▫️ штраф в размере от 10 до 20 БРВ (от 3 до 6 млн сумов);
▫️ или административный арест до 15 суток.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Uglerod bozorida ishtirok etishda ko‘maklashish loyihasi doirasida 45 million dollar jalb qilinadi

Jahon bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasida O‘zbekiston hukumatiga uglerod bozorida ishtirok etishda ko‘maklashish loyihasi yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Unda qayd etilganidek, Jahon banki Uglerod aktivlari transformativ fondi (TCAF) bilan hamkorlikda 2020-yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekiston hukumatiga uglerod bozorida ishtirok etishda ko‘maklashish loyihasi doirasida 45 million dollarlik mablag‘larni 2024-2028-yillar davomida jalb qilish ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Qorasuv” podstansiyasining quvvati oshiriladi

Toshkent shahridagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy hodisalarni oldini olish maqsadida ertaga “Qorasuv” podstansiyasidagi quvvati 16000 kVА bo‘lgan kuch transformatorining quvvati 25000 kVA quvvatga almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu sababli, bugun 20-iyun kuni soat 20:00 dan ertaga 21-iyun kuni soat 05:00 ga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanining: “Qorasuv-6”, “Avayxon”, “Mevazor”, “Oltintepa” MFYlari hududida va “Nobel farm” MCHJ binosida elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Kuch transformatorini katta quvvatlisiga almashtirish jarayonini o‘z vaqtida xavfsiz olib borish va o‘rnatish choralari uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali tomonidan ushbu jarayonga 30 nafardan ortiq malakali mutaxassislar, 5 tadan ortiq maxsus transport vositalari jalb etiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahri: kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida to‘rtta tumandagi 4 ta MFYning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 21-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Yunusobod tumani:
“Kulol” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: Hamid Sulaymon nomidagi MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

Sergeli tumani: “Selmakon” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Mirobod tumani: “Fayzobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun mazkur hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fakt 24 | Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MW bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

—————

Факт 24 | На Навоийской ТЭС сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МW.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mirobod tumanidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda

Mirobod tumanidagi “Saziit” podstansiyasidan chiquvchi kabel tarmog‘i jiddiy shikastlangan.

Buning natijasida tumandagi Temiryo‘lchilar, Zaminobod, Birodarlik, Istiqlolobod, Sarako‘l, Banokati va Navro‘z mahallalaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda Toshkent shahar elektr tarmoqlari filialining maxsus brigadalari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta’mirlash ishlari soat 19:00 ga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur ishlar belgilangan vaqtdan avvalroq yakuniga yetishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube