MINENERGY.UZ
16.8K subscribers
10.2K photos
2.91K videos
90 files
7.91K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Salom, men is gaziman!” — Ko‘rinmas qotil o‘zi haqida gapirib beradi

Har yili ko‘plab insonlarni nobud qiluvchi kulfat – is gazi haqida nimalar bilamiz? Animatsiyamiz orqali siz bu gaz va uning hujumidan saqlanish haqida eng muhim narsalarni bilib olasiz.

▶️@minenergy_uz
Taʼmirlash ishlari sababli Olmaliq shahrining baʼzi hududlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Chambil MFYda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda hududdagi yer osti o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetkazilgan.

Shu sababli, Olmaliq shahrining Hamza, Ibn Sino, Toshkent, A.Qahhor, A.Avloniy, Yangihayot, Musa Jalil, Chambil, I.Karimov va Hilol MFYlardagi 5278 ta ko‘p qavatli xonadonlar, 1024 ta hovli uyli xonadonlar hamda 52 ta ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.

Hozirda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va nosozlik bartaraf etilgach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

▶️@minenergy_uz
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

—————

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам ускорения процессов цифровизации в сферах и отраслях, а также в регионах.

▶️@minenergy_uz
Vodiy viloyatlarining elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlash maqsadida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari ko‘rikdan o‘tkazildi

Bugun, 22-fevral kuni Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlarining elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida navbatdagi ko‘rik ishlari olib borildi.

Xususan, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli “Yangi Angren” IES va Farg‘ona viloyatidagi “O‘zbekiston” podstansiyasi oralig‘i hamda Namangan viloyatidagi 220 kV kuchlanishli “L-Obihayot” elektr uzatish tarmoqlarida navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazish ishlari bajarildi.

Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, sozlash-ta’mirlash ishlari olib borildi.

—————

Осмотрены высоковольтные линии электропередачи в целях обеспечения надежности электроснабжения регионов Ферганской долины

Сегодня, 22 февраля, проведен очередной осмотр высоковольтных линий электропередачи, имеющих важное значение для обеспечения надежности электроснабжения Наманганской, Ферганской, Андижанской областей.

В частности, очередные осмотры проведены на ЛЭП 500 кВ между «Ново-Ангренская» ТЭС и подстанцией «Узбекистан» в Ферганской области и ЛЭП 220 кВ «Л-Обихаёт» в Наманганской области.

Выявленные недостатки были устранены путем проведения регулировочно-ремонтных работ.

▶️@minenergy_uz
Iste’molchilarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

Gaz quvurlarida bosimning me’yorga keltirilishi natijasida barcha hududlardagi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gaz bir maromda yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari bosqichma-boshqich odatiy ish rejimiga o‘tkazilmoqda. Shu o‘rinda, respublika bo‘yicha 200dan ortiq gaz to‘ldirish shoxobchasi elektr energiyasi va gazdan qarzi bo‘lganligi sababli faoliyat yuritmayapti.

Farg‘ona vodiysi viloyatlari magistral gaz quvurining oxirgi nuqtasida joylashgani sababli barcha gaz shahobchalari har kuni 9-10 soatdan (soat 8:00 dan 17:00 gacha) faoliyat yuritmoqda.

Ta’kidlash kerakki, vodiy viloyatlaridagi gaz shoxobchalarining ish vaqtini har kuni uzaytirib borish choralari ko‘rilmoqda.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
Samarqand shahrida mehmonxona tomonidan 7,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahar, So‘g‘diyona mavzesida faoliyat yuritib kelayotgan “Dobusya Samarqand Aqualand” MCHJda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, ushbu tadbirkorlik subyektiga tegishli mehmonxonada yashirincha o‘rnatilgan o‘chirgich orqali elektr hisoblash tizimiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada iste’molchiga 16,9 mln kW⋅soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 7,6 mlrd so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 85 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

▶️@minenergy_uz
Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 1565 ta holatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida davlat manfaatlariga 72 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Bu haqda batafsil ushbu lavhada tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrif davomida davlat rahbari mahallalar hayoti, ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechiradi. Yangi loyihalar ishga tushirilib, viloyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilanadi.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с ходом социально-экономических реформ в регионах
отбыл в Кашкадарьинскую область.

В ходе поездки глава государства посетит махалли, образовательные учреждения и промышленные предприятия. Будут запущены новые проекты и определены важные направления развития области.

▶️@minenergy_uz
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ mamlakatimizda elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi asosiy generatsiya tashkiloti hisoblanadi.

2022-yilda jamiyat korxonalari tomonidan 55,5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi va 5,35 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chaqarildi.

Bu haqda batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Xitoy kompaniyasi bilan O‘zbekistonda umumiy quvvati 2-15 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandum imzolandi.

Endilikda quvvati 2-15 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlar “Made in Uzbekistan” milliy brendi asosida yurtimizda ishlab chiqariladi (Xabarni o‘qish).

Bu haqda batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Подписан Меморандум о взаимопонимании с китайской компанией по производству гидроагрегатов общей мощностью 2-15 МВт в Узбекистане.

Гидроагрегаты мощностью от 2 до 15 МВт будут выпускаться в нашей стране под национальным брендом «Made in Uzbekistan» (Читать новость).

Подробнее об этом можно узнать в этом репортаже.

▶️
@minenergy_uz
Namangan hududiy elektr tarmoqlari: qarzdorlik sabab tarmoqdan ajratilgan iste’molchilar elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni uydan chiqmagan holda amalga oshirishlari mumkin

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Namangan hududiy filiali tomonidan sovuq kunlarda iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida dekabr, yanvar va fevral oyining 22 sanasiga qadar foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdorlik uchun tarmoqdan vaqtincha ajratilmadi.

Havo harorati ko‘tarilgach, kecha, 23 fevraldan boshlab viloyatda elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud iste’molchilar elektr tarmog‘idan ajratila boshlandi va bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali iste’molchilar oldindan ogohlantirildi.

Shu munosabat bilan Namangan viloyatida ushbu muddat oralig‘ida elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirmagan iste’molchilarda qarzdorlik sabab elektr energiyasi o‘chgan bo‘lsa, to‘lovlarni amalga oshirishingizni so‘raymiz va shundan so‘ng elektr energiyasi avtomatik ravishda qayta tarmoqqa ulanadi.

Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida korxonaning telegramda murojaat manzili (https://t.me/namenergy) tashkil qilingan. Iste’molchilar ushbu manzilga abonent raqamini yuborishlarini so‘raymiz va korxona operatorlari foydalanilgan elektr energiyasidan mavjud qarzdorlik yoki haqdorlik holati bo‘yicha tezkor ma’lumot berib borishini ma’lum qilamiz.

Shu o‘rinda, iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lovlarni uydan chiqmagan holda barcha elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

▶️@minenergy_uz
Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash muassasalarida quyosh panellari o‘rnatilmoqda.

Xususan, 2023-yil davomida viloyat davolash-profilaktika muassasalarining 274 tasida 2605 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bu haqda batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Устанавливаются солнечные панели в медицинских учреждениях здравоохранения Самаркандской области.

В частности, на 2023 год запланировано установление солнечных панелей мощностью 2605 кВт в 274 областных лечебно-профилактических учреждениях.

Подробнее об этом можно узнать в этом репортаже.

▶️@minenergy_uz
Jizzax viloyatida muqobil energiya manbalarini keng joriy etish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida o‘rnatilayotgan quyosh panellari hamda bu borada erishilayotgan natijalar haqida batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Hududlarda iste’molchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bu borada Toshkent viloyati misolida olib borilayotgan ishlar haqida ushbu lavhada tanishishingiz mumkin.

👉Lavhani ko‘rish

▶️@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-apreldan boshlab aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi

Unga ko‘ra, jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib elektr ta’minoti korxonasiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun mablag‘lar har oy “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz