MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
10.6K photos
3.01K videos
90 files
8.18K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:

I. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish

1. 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10 foizga oshirilsin. Bunda:

(a) yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m etib;

(b) nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m etib;

(v) kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

(i) 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;

(ii) oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;

(iii) oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m etib;

(g) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib;

(d) fuqarolarga to‘lanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.

2. 2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirilsin.

II. Bazaviy miqdorlarni belgilash

3. Quyidagilar:

(a) 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib;

(b) 2025-yil 1-avgustdan boshlab:

(i) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;

(ii) bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilansin.

III. Moliyaviy resurslar

4. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin.

IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat

5. Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.

6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash uchun mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov belgilansin.

8. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Указ Президента Республики Узбекистан «О повышении размеров заработной платы, пенсий, стипендий и пособий»

В целях расширения масштабов мер, направленных на повышение уровня жизни населения, продолжения политики последовательного повышения доходов граждан, а также усиления их социальной защиты постановляю:

I. Повышение размеров заработной платы, пенсий, стипендий и пособий

1. Повысить с 1 июля 2025 года размеры пенсий и пособий, а также детских пособий и выплат материальной помощи малообеспеченным семьям на 10 процентов. При этом установить:

(а) минимальный размер пенсии по возрасту – 918 000 сумов в месяц;

(б) минимальный размер пенсий по инвалидности – 1 012 000 сумов в месяц;

(в) ежемесячный размер детского пособия малообеспеченным семьям:

(i) 360 000 сумов – на одного младшего ребенка в возрасте до 3 лет, 275 000 сумов – на одного ребенка в возрасте от 3 лет до 18 лет;

(ii) 165 000 сумов – дополнительно на второго ребенка в семье;

(iii) 110 000 сумов – на третьего и каждого следующего ребенка в семье;

(г) ежемесячный размер материальной помощи для малообеспеченных семей – 420 000 сумов;

(д) размеры других пенсий и пособий, выплачиваемых гражданам, согласно приложению.

2. Повысить с 1 августа 2025 года размеры заработной платы работников бюджетных организаций и стипендий на 10 процентов.

II. Определение базовых размеров

3. Установить:

(а) с 1 июля 2025 года базовую величину исчисления пенсии – 471 000 сумов в месяц;

(б) с 1 августа 2025 года:

(i) минимальный размер оплаты труда – 1 271 000 сумов в месяц;

(ii) базовую расчетную величину – 412 000 сумов.

III. Финансовые ресурсы

4. Расходы, связанные с повышением размеров заработной платы работников бюджетных организаций, пенсий, стипендий и пособий, покрыть за счет средств Государственного бюджета Республики Узбекистан и внебюджетного Пенсионного фонда при Министерстве экономики и финансов.

IV. Организация, обеспечение и контроль исполнения Указа

5. Рекомендовать работодателям производить повышение размера заработной платы в соответствии с минимальным размером оплаты труда, обеспечив выплату заработной платы не ниже минимального размера оплаты труда, установленного актами законодательства.

6. Министерству экономики и финансов совместно с Национальным агентством социальной защиты, Национальным информационным агентством Узбекистана, Национальной телерадиокомпанией Узбекистана и Агентством информации и массовых коммуникаций организовать работу по широкому освещению целей и задач настоящего Указа, ожидаемых результатов в средствах массовой информации, сети Интернет и социальных сетях.

7. Возложить на заместителя Премьер-министра Кучкарова Д.А. персональную ответственность за обеспечение исполнения настоящего Указа.

8. Обсуждение хода исполнения настоящего Указа, осуществление координации и контроля за деятельностью организаций, ответственных за его исполнение, возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан Арипова А.Н.

Президент Республики Узбекистан Ш. Мирзиёев

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

Fakt 24: May oyida mamlakatimizdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 1,1 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

—————

#зелёная_энергия

Факт
: В мае солнечные и ветряные электростанции нашей страны выработали 1,1 млрд кВт⋅ч электроэнергии.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik uchun jinoiy javobgarlik bor

Mazkur jinoyatlar uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

—————

За самовольное подключение к электрическим сетям предусмотрена уголовная ответственность

За данное преступление может быть назначено наказание в виде лишения свободы до 5 лет.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“HET BILLING” mobil ilovadan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida jamiyat tomonidan yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS operatsion tizimi orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | O‘zbekiston energetika transformatsiyasi: 7 yilda 11000 megavatt yangi quvvatlar yaratildi.

—————

Факт 24 | Энергетическая трансформация Узбекистана: за 7 лет введено в эксплуатацию 11 000 мегаватт новых мощностей.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Reportaj: O‘zbekistonda sintetik metan ishlab chiqaruvchi birinchi qurilmalar ishga tushirildi

Toshkent viloyatining Angren shahridagi “Yangiobod” mahallasida Yaponiyaning “ITO Corporation” tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiya – propan va havo aralashmasidan sintetik metan gazini oluvchi qurilmalar o‘rnatildi.

Ushbu sintetik metan orqali pilot hududdagi bir nechta ko‘p qavatli uylarni gaz bilan taʼminlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24: Yaponiyada quyosh energiyasini orbitada yig‘ib, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerga uzatish loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur dastur quyosh energiyasidan hatto tungi vaqtda ham maksimal darajada samarali foydalanishni nazarda tutadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar subsidiya olish uchun nima qilishi kerak?

📲 SubsidiyaniSoliqmobil ilovasining ”Keshbek bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona shahrida 7,6 milliard soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan kulollik sexi aniqlandi

Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

“Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi, ”O‘zenergoinspeksiya” xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Fargʻona shahrida oʻtkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etildi.

Xususan, shaharning “Joʻydam” MFYda joylashgan, fuqaro S. Sh. ga qarashli kulollik sexida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 7 milliard 655 million 718 ming soʻmlik zarar aniqlandi.

Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24: Namangan viloyatida energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar.

—————

Ахборот 24: Меры, принимаемые для эффективного использования энергетических ресурсов в Наманганской области.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Nurafshon shahridagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi 381,1 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, fuqaro F.A. Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi “Yuksalish” mahallasi hududidagi noturar binoda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi tashkil qilib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 381,1 mln so‘mlik (142 ming kVt⋅soat) elektr energiyasini o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan
fuqaro F.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov davomida yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Ijtimoiy himoya chorasi: 1,2 million oila moddiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlandi

Energetika tariflari islohotlarining kam ta’minlangan oilalarga ta’sirini yumshatish maqsadida 2024-2025-yilgi isitish mavsumida 313,6 mlrd so‘m bir martalik moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2024-yilning noyabr oyida 1,1 mlnta oilaga 290 mlrd so‘m – bir martalik 270 ming so‘m yordam to‘lab berildi. Bu ijtimoiy reyestrdagi 950 ming oila va mahalla yettiligining 15 foizgacha qo‘shimcha ro‘yxati asosida to‘lab berildi.

Shuningdek, isitish mavsumida tabiiy gaz va elektr quvvatining bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq uchun (2024-2025-yil dekabr-aprel) 207 962 nafar oilalarga 23,3 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lovlari ajratildi.

Kompensatsiya va moddiy yordam ajratishda ulushi eng yuqori bo‘lgan hududlar:

Farg‘ona viloyatida 40,6 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyatida 37,3 mlrd so‘m;
Namangan viloyatida 35,2 mlrd so‘m yordamlar ajratilgan.

Ushbu yordamlar orqali oilalarning  elektr va tabiiy gaz resurslaridan foydalanganlikdagi xarajatlarini kamaytirishga hamda moliyaviy muammolarni kamaytirishga yordam beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon” subsidiyasi bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

Batafsil videoqo‘llanmada👆

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
5-iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

Ushbu muhim sana bizga yana bir bor tabiatni asrash, sog‘lom va toza atrof-muhitni saqlash borasidagi mas’uliyatimizni eslatadi.

Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya ishlab chiqarish jarayonida ekologik toza va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish masalalariga alohida ahamiyat qaratilayotgani e’tiborga loyiq.

Barchangizni tabiatga ehtirom bilan munosabatda bo‘lishga, ekologik madaniyatni oshirishga hamda “yashil kelajak” uchun birgalikda harakat qilishga chorlaymiz.

—————

5 июня – Всемирный день окружающей среды


Эта знаменательная дата ещё раз напоминает нам об ответственности за сохранение природы, а также здоровой и чистой окружающей среды.

Заслуживает внимания тот факт, что в нашей стране вопросам охраны окружающей среды, внедрения экологически чистых и инновационных технологий в процессе производства энергии, а также рационального и эффективного использования природных ресурсов уделяется особое внимание.

Мы призываем всех бережно относиться к природе, повышать уровень экологической культуры и совместно трудиться ради «зелёного будущего».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt