MINENERGY.UZ
16.4K subscribers
10.6K photos
3.02K videos
90 files
8.19K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Energetika vazirligi va yoqilg‘i-energetika tizimidagi korxonalar vakillari “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumida ishtirok etishdi

2025-yilning 29-30-may kunlari Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahrida “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar” mavzusida “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi tashkil etildi.

Forumda Energetika vazirligi va yoqilg‘i-energetika tizimidagi korxonalar vakillari ham faol qatnashdilar. Tadbir davomida O‘zbekiston energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan alohida sessiyada bu haqida batafsil ma’lumot berildi.

Forum doirasida energetika sohasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashildi.

—————

Представители Министерства энергетики и предприятий ТЭК приняли участие в IV Международном юридическом форуме «Tashkent Law Spring»


29-30 мая 2025 года Министерством юстиции в Ташкенте был организован IV Международный юридический форум «Tashkent Law Spring» на тему «Эра цифровых технологий: правовой взгляд в будущее».

На форуме приняли активное участие сотрудники Министерства энергетики и предприятий топливно-энергетического комплекса. Отдельная сессия форума была посвящена реформам и новым проектам, проводимым в энергетическом секторе Узбекистана.

В рамках форума обсуждены актуальные вопросы энергетической сферы, состоялся обмен опытом с международными экспертами.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona faoliyati fosh etildi

“Hududgaz Namangan” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida oʻtkazilgan reyd jarayonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, tumanning “Furqat” MFYda joylashgan, YTT L. Z. ga qarashli novvoyxonada isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma imzolamasdan, tegishli loyiha-texnik hujjatlarisiz, oʻzboshimchalik bilan bir martalik tamgʻasi yoʻq boʻlgan hisoblagich oʻrnatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 315 million 360 ming soʻmlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitidagi nutqi

—————

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите «Центральная Азия – Италия»

—————

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the “Central Asia – Italy” summit

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori

2025-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun – juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 6-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.

👉Batafsil

—————

Постановление Президента Республики Узбекистан «О праздновании священного Курбан хайита»

Принимая во внимание информацию Управления мусульман Узбекистана о совпадении в 2025 году первого дня священного Курбан хайита с 6 июня – пятницей, широко отметить в стране 6 июня как праздник Курбан хайит.

👉Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.T.” MCHJ mas’ul shaxslari ko‘p qavatli uylarda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 142,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.F.” MCHJ rahbari A.F. va “Z.I.” oilaviy korxonasi rahbari I.T. ishlab chiqarish hamda umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 111,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Maxsus reportaj: Jizzax, Navoiy va Andijon viloyatlarida energiya resurslaridan samarali hamda oqilona foydalanish, yo‘qotishlarni qisqartirish, resurslarning talon-toroj qilinishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Bilasizmi

Tabiiy gazni tejash

Bilasizmi, gaz plitasining olovi qozon, tova, choynak tagidan tashqariga chiqmasligi kerak. Bunday holda, Siz faqatgina uyingiz xonasi havosini isitib, tabiiy gazni me’yordan 50 foiz yoki undan ko‘proq sarflaysiz.

Gaz plitasi gorelkasi ostiga alyuminiy folga qistirmalarini o‘rnatish tavsiya etiladi. Bunday holda, gorelka juda qizib ketmaydi va iflos bo‘lmaydi, gaz esa 30 foiz yoki undan ko‘proq tejamkorroq ishlatiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#А_знаете_ли_вы

Экономия природного газа

А знаете ли вы, что пламя горелки газовой плиты не должно выходить за пределы дна кастрюли, сковороды, чайника. Если это происходит, то просто греется воздух в квартире, затрачивая порядка 50% и даже больше природного газа впустую.

Рекомендуется устанавливать прокладки из алюминиевой фольги под горелку. В этом случае плита не так греется и пачкается, а газ используется экономичнее на 30% и более.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yashil_energiya

Namangan viloyatidagi Norin daryosida umumiy quvvati 228 MVt boʻlgan “Norin GESlar kaskadi” qurilmoqda.


Ushbu loyiha ishga tushgach, bu yerda yiliga oʻrtacha 1 mlrd 25 million kVt⋅soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu esa 430 ming xonadonni elektr bilan taʼminlash, 277 mln kub metr tabiiy gazni tejash va 130 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradi.

“Oʻzbekiston 24” telekanali jurnalistlari Norin daryosida barpo etilayotgan ilk milliy GES qurilish maydonidan reportaj tayyorlashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekistonda sintetik metan ishlab chiqaruvchi birinchi qurilmalar ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ va Yaponiyaning “ITO Corporation” kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida Toshkent viloyatining Angren shahridagi “Yangiobod” mahallasida yangi loyiha sinov tariqasida ishga tushirildi.

Mazkur loyiha doirasida “ITO Corporation” tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiya – propan va havo aralashmasidan sintetik metan gazini oluvchi qurilmalar oʻrnatildi. Ushbu sintetik metan orqali pilot hududdagi bir nechta koʻp qavatli uylarni gaz bilan taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.

“Hududgaztaʼminot” AJ va Yaponiya kompaniyasi tomonidan loyihani yanada kengaytirish, zamonaviy uskunalarni respublika boʻylab joriy qilish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur tashabbus Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi koʻmagida amalga oshirilayotgan boʻlib, Oʻzbekistonda energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy va ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan strategik yoʻnalishlarning ajralmas qismi hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yashil_energiya

May oyida mamlakatimizdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 1,1 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yil may oyida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori bugungi kungacha rekord natijani – 1 milliard 104 mln kVt⋅soatni tashkil qildi. Bu oy davomidagi jami generatsiyaning 17 foizi, deganidir.

Aytish joizki, bugungi kunda yurtimizning 10 ta viloyatida umumiy quvvati 4067 megavatt bo‘lgan 11 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 3 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Ta’kidlash kerakki, may oyida mazkur stansiyalar tomonidan bir milliard kVt⋅soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqarilgani mamlakatimiz energetika tizimi uchun rekord natijadir.

Zero, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanila boshlangan 2022-yili ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi tomonidan yil davomida jami 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa jami 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

O‘tgan yili respublikamizdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kVt·soatni tashkil qilgandi.

Aytish joizki, may oyidagi mazkur generatsiyaning 712 mln kVt⋅soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 392,1 mln kVt⋅soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

335,8 mln kub metr
tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

atmosferaga 638 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid, 537 tonna azot oksidlari, 6,7 tonna oltingugurt dioksidi hamda 100 tonna uglerod oksidi chiqishining oldi olindi.

Qolaversa, may oyida O‘zbekistondagi barcha gidro elektr stansiyalari va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 1 mlrd 813 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu oy davomidagi jami generatsiyaning 28 foizini tashkil qiladi.

Buning natijasida:

551,4 mln kub metr
tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

atmosferaga 1 mln 48 ming tonna karbonat angidrid, 882,3 tonna azot oksidlari, 11 tonna oltingugurt dioksidi va 165 tonna uglerod oksidi chiqishining oldi olindi.

Ma’lumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 1 million 813 mingta xonadonning besh oylik yoki 755 ming 416 ta xonadonning bir yillik me’yoriy bazasini tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 12-may kuni yil boshidan beri quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi miqdori 3 mlrd kVt⋅soatga yetgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt