MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
10.6K photos
3K videos
90 files
8.15K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Toshkentda birinchi O‘zbekiston – Koreya Xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 28-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Koreya Energetika agentligi hamkorligida “Energiya resurslarining ahamiyati bo‘yicha hamkorlik forumi” (Energy Value Networks Forum) bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forum 2021-yilda ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan “Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha hamkorlik” Memorandumi doirasida Toshkent shahridagi Adju universiteti tomonidan tashkil etildi.

Forum doirasida Energetika vazirligi mutaxassislari tomonidan yurtimizda energetika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohadagi ilg‘or texnologiyalar va istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Forum doirasida Janubiy Koreyaning Toshkentdagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon va Koreya Energiya samaradorligi agentligi rahbari hamda Koreya iqlim o‘zgarishini o‘rganish instituti prezidenti Yon Von Shin ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, forumda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlik, yashil investitsiyalar, barqaror rivojlanish va ilmiy-tadqiqot aloqalarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda 200 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, Koreyaning yetakchi kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar va ilmiy doira vakillari qatnashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Uzbekistan energy week – 2025” yakunlari.

—————

Итоги «Uzbekistan energy week – 2025»
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Italiya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga jo‘nab ketdi.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев
отбыл в город Самарканд для участия в мероприятиях узбекско-итальянского саммита.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#2025_yil_1_iyundan

⚡️ Qonunchilikka ko‘ra, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#С_1_июня_2025_года

⚡️ Согласно законодательству, в целях реализации Программы развития внутреннего туризма «Путешествуй по Узбекистану!» суббота и воскресенье второй недели каждого месяца объявляются «Днем выезда в путешествие с семьей и коллективом».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbahor va Bekobod tumanlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.A. “Sarbozor” MFY hududidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, 183,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.X.” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarib kelgan M.R. tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 107,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#elektr_energiyasini_tejash

Muzlatkichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang. Bu muzlatkichning elektr energiyasi iste’molini 20-30 foiz
oshiradi.

Kam quvvat iste’molli va yuqori energiya samaradorligi bo‘lgan “A”, “A +”, “A ++” yoki “A +++” maishiy texnika va elektron jihozlarni sotib oling.

—————

#экономия_электрической_энергии

Не устанавливайте холодильник рядом с газовой плитой или радиатором отопления. Это
увеличивает расход электрической энергии, потребляемой холодильником, на 20-30 %.

Покупайте электробытовую технику и электронные приборы с низким электропотреблением и высокой энергоэффективностью класса «А», «А +», «А ++» или «А +++».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida korxona 3 mlrd soʻmdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi va Oʻzenergoinspeksiya xodimlari ishtirokida Samarqand shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Unda shaharning “Farhod” qoʻrgʻonida joylashgan “G. F. E.” MJCHga qarashli korxonada isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari yashirin yoʻllar bilan ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan oʻgʻrincha foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi hamda 3 milliard 84 million soʻmlik zarar hisoblandi.

Mazkur noqonuniy holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Kuchli yomg‘ir, shamol va chaqmoqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar.

—————

Рекомендации по защите от сильного дождя, ветра и молнии.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
⚠️ Qattiq shamol va jazirama issiqda aholi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar

Yuqori harorat hamda shamolli ob-havo sharoitida elektr tarmoqlari va uskunalarning ishlashida uzilishlar, shikastlanish yoki yong‘in holatlari kuzatilishi mumkin. Shunday sharoitda aholi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi zarur:

🔌 1. Yerga tushgan elektr simlariga yaqinlashmang

Simlarning uzilib yerga tushgan holatlarini ko‘rsangiz, ularga yaqinlashmang. Boshqalarni ham bundan ogohlantiring. Va darhol 1154 raqami orqali mutasaddilarga xabar bering.

🌡 2. Ishlatilmayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib qo‘ying

Xo‘jalik ehtiyojida mavsumiy foydalaniladigan elektr jihozlarini foydalanish talab etilmaydigan paytlarda tarmoqdan uzib qo‘ying.

3. Tabiiy texnogen holatlarda vaqtinchalik elektr uskunalaridan foydalanmang

Qattiq shamol vaqtida muhim bo‘lmagan qurilmalar — televizor, elektr choynak, fen, konditsioner va boshqa elektr qurilmalarini tarmoqdan sug‘urib qo‘ying.

💧 4. Elektr qurilmalari ustiga suv yoki nam buyum qo‘ymang

Harorat yuqori bo‘lganda qurilmalar qizib ketishi mumkin. Ularga ho‘l mato yopish, suv sepish yoki ustiga namlantirilgan buyum qo‘yish xavflidir.

🔥 5. Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang

Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

🧺 6. Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang

Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

🧯 7. Uydagi elektr shchitini tekshirib turing

Uyingizdagi maishiy texnika qurilmalari sozligi va butligini saqlash uchun elektr avtomatlari va himoya uskunalari to‘g‘ri ishlayotganini tekshiring. Eski simlar yoki o‘chirgichlarni almashtirish lozim.

👶 8. Bolalarni elektr qurilmalariga yaqinlashmaslikka o‘rgating

Podstansiya, transformator punktlari, elektr uzatish tarmoqlari ostida va yaqinida o‘ynash hamda xonadondagi rozetka va avtomat qurilmalariga qo‘l yoki biror jism bilan teginish mumkin emas. Bolalarga elektr qurilmalaridan e’tiborsiz foydalanishning ayanchli oqibatlarini tushuntiring va nazorat qiling.

💡 9. Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi

Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan isteʼmolchilar aniqlandi

“Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan reydlar vaqtida qator noqonuniy holatlar fosh etildi.

Xususan, Quva tumanidagi “Yangi hayot” MFYda joylashgan oilaviy shifokorlik punktida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, bir martalik tamgʻani qasddan buzib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi. Mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 231 million 198 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Yana bir holatda Qoʻqon shahar “Taraqqiyot” MFYda istiqomat qiluvchi S. U. oʻz xonadonidagi korxonada gaz tarmogʻiga tegishli hujjatlarsiz, hisoblagichdan tashqari ulanib, tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Holat boʻyicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 760 million 317 ming soʻmlik zarar hisoblandi.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Reportaj: Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol daryosi hududida quvvati 90 MVt bo‘lgan “Quyi Chotqol” GES qurilmoqda.

Mazkur GES ishga tushgach, yiliga o‘rtacha 300 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 125 ming xonadonni taʼminlashga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt