MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
10.5K photos
2.99K videos
90 files
8.11K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Energetika vazirligida navbatdagi iqtisodiy o‘qish mashg‘ulotlari tashkil etildi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish mashg‘ulotlarini tashkil qilish va stajirovkalarni o‘tkazish amaliyoti doimiy ravishda davom ettirilmoqda.

Xususan, Energetika vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarini malakasini oshirish markazi hamkorligida navbatdagi iqtisodiy o‘qish mashg‘uloti tashkil qilindi.

Ushbu o‘qishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo‘yicha vazifalarning samarali bajarilishida vazirlik hamda idoralar, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining roli va shaxsiy mas’uliyati haqida so‘z bordi.

O‘qishda markaz professori, yuridik fanlar doktori Boboqul Toshev hamda markaz dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Xayrullo To‘xtaboyev ma’ruza va taqdimotlar bilan qatnashdilar.

Tadbirda tizim tashkilotlari hamda aksiyadorlik jamiyatlarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari xodimlari faol qatnashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energiya samaradorligi: ZEB va Yaponiya tajribasi muhokama qilindi

Respublikamizda energiya samaradorligini oshirish, aholi o‘rtasida energiya tejamkor uylar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid bilim va ko‘nikmalarni keng targ‘ib etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu yo‘nalishda, Yaponiyaning JICA xalqaro agentligi tomonidan tashkil etilgan “ZEB – Nol energiyali binolar” va “Energiya samaradorligi” mavzularidagi xalqaro seminar-treninglarda ishtirok etgan mutaxassislarimiz tomonidan maxsus videokonferensiya o‘tkazildi.

Onlayn tadbirda Energetika vazirligi, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti hamda Tarmoqlararo energeyani tejash jamg‘armasi xodimlari o‘z taassurotlari, Yaponiya tajribasi va zamonaviy qurilish texnologiyalari haqidagi bilimlarini tizim tashkilotlari xodimlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Mazkur seminar Yaponiya bilan hamkorlikdagi “Energiya menedjerlarini tayyorlash tizimini yaratish va ZEB qurish orqali energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Videokonferensiya ishtirokchilari ZEB binolarining ishlash prinsiplari, energiya tejamkor qurilish yechimlari hamda ushbu sohadagi istiqbolli rejalar bilan tanishdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Press-tur: Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida Bo‘stonliq tumanida “Quyi Chotqol” GES barpo etilmoqda

Kecha, 23-may kuni bir guruh OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol daryosining belgilangan hududida qurilayotgan “Quyi Chotqol” GES qurilishi obyektiga press-tur tashkil qilindi.

Ushbu gidrotexnik inshoot loyihasida har birining quvvati 22,5 MVt bo‘lgan 4 ta gidroagregatni o‘rnatish mo‘ljallangan. “Quyi Chotqol GES”ning o‘rnatilgan quvvati 90 MVt bo‘lib, yillik o‘rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 300 mln kVt•soatga teng, yaʼni GES quvvati kelajakda yiliga o‘rtacha 125 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, GESning to‘liq ishga tushirilishi 81,0 mln metr kubgacha tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyatini beradi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reportaj: Energetika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda yoshlar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#infografika / #energiya_tejamkorlik / #birdamjamiyat

Elektr energiyasini tejashni bolalikdan o‘rganamiz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#инфографика / #энергосбережение

Учимся экономить электроэнергию с детства


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

—————

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам развития местной промышленности.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#dunyo_energetikasi

Xitoy quyosh energetikasi boʻyicha yangi rekordga qarab ketmoqda

☀️ 2025-yilning dastlabki toʻrt oyi yakunlariga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasida quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 42 foiz oshdi va 329 milliard kVt⋅soatga yetdi. Bu koʻrsatkich 2021-yilning butun yillik natijasi (327 mlrd kVt⋅soat)dan ham yuqori.

Joriy yil yakuniga qadar mamlakatda quyosh energetikasi orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi 1 trillion kVt⋅soatdan oshishi kutilmoqda. Bu, ayniqsa, yoz oylaridagi mavsumiy oʻsish muhim ahamiyatga ega. Taqqoslash uchun: Rossiyada 2024-yili umumiy elektr energiyasi isteʼmoli qariyb 1,2 trillion kVt⋅soatni tashkil etgan.

▶️ Tarmoq rivojining asosiy harakatlantiruvchi kuchi – elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi infratuzilmaning kengayishi hisoblanadi. Ember maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Xitoyda 278 GVt quvvatga ega quyosh panellari ishga tushirilgan boʻlib, bu oʻtgan yildagiga nisbatan 28 foiz koʻp. Ushbu “yangi” quvvatlarning 57 foizi yirik elektr stansiyalari hissasiga toʻgʻri kelsa, 43 foizi tarqoq (mahalliy) quyosh generatsiyasi hissasiga toʻgʻri keladi.

—————

#мировая_энергетика

Китай идет на новый рекорд в солнечной генерации

☀️ Выработка электроэнергии на солнечных панелях в КНР по итогам первых четырех месяцев 2025 г. выросла на 42% (год к году) и достигла 329 млрд кВт*ч, превзойдя показатель 12 месяцев 2021 г. (327 млрд кВт*ч).

По итогам нынешнего года объем солнечной генерации в Китае может превысить 1 трлн кВт*ч, с учетом того, что в летние месяцы происходит сезонный рост выработки. Для сравнения: общее потребление электроэнергии в России в 2024 г. составило почти 1,2 трлн кВт*ч.

▶️ Основной драйвер развития отрасли – ввод генерирующей инфраструктуры. По данным Ember, в 2024 г. в КНР было введено в строй 278 ГВт солнечных панелей – на 28% больше, чем годом ранее; 57% «новой» мощности обеспечили крупные электростанции, а 43% – распределенная солнечная генерация.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj: Buxoro viloyatining gaz ta’minoti tizimida raqamlashtirish, energiya tejamkorlik va samaradorlik ishlarining borishi Jondor tumani misolida tahlil qilindi.

—————

Специальный репортаж: проанализирован ход работ по цифровизации, энергосбережению и повышению эффективности в системе газоснабжения Бухарской области на примере Джандарского района.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Aholi soni oʻsishi, urbanizatsiya jarayoni qurilish materiallariga boʻlgan talabni oshirmoqda.

Yil boshidan pudrat ishlari 10,3 foizga oʻsdi. Lekin omborlarda katta hajmda keramik plita, gipsokarton, oyna, bazalt momigʻi yigʻilib qolgan. Vaholanki, yiliga 225 million dollarlik xuddi shunday tovarlar import boʻlmoqda.

Endilikda developerlarga aylanma mablagʻ uchun kredit ajratishda mahalliy qurilish materialiga ustuvorlik beradigan tizim joriy qilinadi.

Oʻtgan yili Qurilish inspeksiyasi oʻtkazgan oʻrganishlarda 1 ming 600 ta holatda sifatsiz qurilish materiallari ishlatilgani aniqlangan.

Shu munosabat bilan “Shaffof qurilish” platformasida qurilish materiallari korxonalari va ularning mahsulotlari reyestri shakllantiriladi. Mahsulotlar sifati reytingi yuritiladi va har chorakda yangilab boriladi.

Qurilishda yangi turdagi, energiya tejamkor materiallar paydo boʻlmoqda. Lekin koʻplab mahsulotlarning standarti yoʻqligi, borlari ham xalqaro talablarga mos emasligi koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga yil yakunigacha 68 ta xalqaro standartni qabul qilish topshirildi.

Yigʻilish davomida soha va hudud rahbarlarining axboroti, tadbirkorlarning takliflari tinglandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt