O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sloveniyaga rasmiy tashrif doirasida ushbu mamlakat Bosh vaziri Robert Golob bilan uchrashuv o‘tkazdi.
—————
В рамках программы официального визита в Словению Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Премьер-министром этой страны Робертом Голобом.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
“Siyosiy ma’rifat soati”
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

#dunyo_energetikasi
2024-yili dunyo boʻyicha elektr energiyasi isteʼmoli 3,9 foizga oshdi, bu esa mutlaq ifodada 1 trillion 168 milliard kilovatt-soatni tashkil etdi.
Ember tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich XXI asr boshidan buyon kuzatilgan uchinchi eng yuqori oʻsish darajasi hisoblanadi. Bundan yuqori koʻrsatkich faqat 2010-yilda (1 trillion 320 milliard kVt⋅soat) va 2021-yilda (1 trillion 528 milliard kVt⋅soat) qayd etilgan. Biroq har ikki holda ham oʻsish global iqtisodiy tanazzul (2009-yil) yoki COVID-19 pandemiyasi ortidan kuzatilgan tiklanish jarayoniga bogʻliq boʻlgan.
Taqqoslash uchun: 2024-yilda AQSHda elektr energiyasi isteʼmoli 4 trillion 400 milliard kilovatt-soatdan ozgina koʻproqni tashkil etdi.
—————
#мировая_энергетика
Мировое потребление электроэнергии в 2024 году выросло на 3,9%, а в абсолютном выражении – на 1168 млрд кВт*ч.
По данным Ember, это третий максимальный показатель с начала века: более высокий прирост фиксировался только в 2010 г. (на 1320 млрд кВт*ч) и 2021 г. (на 1528 млрд кВт*ч), однако в обоих случаях рост носил восстановительный характер, будь то после глобальной рецессии 2009 г. или пандемии COVID-19.
Для сравнения: потребление электроэнергии в США в 2024 г. составило чуть более 4400 млрд кВт*ч.

Olmazor tumanidagi qurilish obyekti 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “V.K.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli qurilish obyektini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulashi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Hozirda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kuchli yomg‘ir, shamol va chaqmoqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar.
—————
Рекомендации по защите от сильного дождя, ветра и молнии.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
—————
Рекомендации по защите от сильного дождя, ветра и молнии.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
⚠️ Qattiq shamol va jazirama issiqda aholi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar
Yuqori harorat hamda shamolli ob-havo sharoitida elektr tarmoqlari va uskunalarning ishlashida uzilishlar, shikastlanish yoki yong‘in holatlari kuzatilishi mumkin. Shunday sharoitda aholi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi zarur:
🔌 1. Yerga tushgan elektr simlariga yaqinlashmang
Simlarning uzilib yerga tushgan holatlarini ko‘rsangiz, ularga yaqinlashmang. Boshqalarni ham bundan ogohlantiring. Va darhol 1154 raqami orqali mutasaddilarga xabar bering.
🌡 2. Ishlatilmayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib qo‘ying
Xo‘jalik ehtiyojida mavsumiy foydalaniladigan elektr jihozlarini foydalanish talab etilmaydigan paytlarda tarmoqdan uzib qo‘ying.
⛈ 3. Tabiiy texnogen holatlarda vaqtinchalik elektr uskunalaridan foydalanmang
Qattiq shamol vaqtida muhim bo‘lmagan qurilmalar — televizor, elektr choynak, fen, konditsioner va boshqa elektr qurilmalarini tarmoqdan sug‘urib qo‘ying.
💧 4. Elektr qurilmalari ustiga suv yoki nam buyum qo‘ymang
Harorat yuqori bo‘lganda qurilmalar qizib ketishi mumkin. Ularga ho‘l mato yopish, suv sepish yoki ustiga namlantirilgan buyum qo‘yish xavflidir.
🔥 5. Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang
Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.
🧺 6. Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang
Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.
🧯 7. Uydagi elektr shchitini tekshirib turing
Uyingizdagi maishiy texnika qurilmalari sozligi va butligini saqlash uchun elektr avtomatlari va himoya uskunalari to‘g‘ri ishlayotganini tekshiring. Eski simlar yoki o‘chirgichlarni almashtirish lozim.
👶 8. Bolalarni elektr qurilmalariga yaqinlashmaslikka o‘rgating
Podstansiya, transformator punktlari, elektr uzatish tarmoqlari ostida va yaqinida o‘ynash hamda xonadondagi rozetka va avtomat qurilmalariga qo‘l yoki biror jism bilan teginish mumkin emas. Bolalarga elektr qurilmalaridan e’tiborsiz foydalanishning ayanchli oqibatlarini tushuntiring va nazorat qiling.
💡 9. Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi
Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.
Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.

#no_comment
Tolimarjon IESda umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda.
Ushbu energoobyekt joriy yil so‘ngiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushgach, stansiyada qo‘shimda 8 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Loyiha ishlarida Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” hamda Turkiyaning “Çalik Enerji” kabi xorijiy kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Axborot 24: Energetika sohasida malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi ishlar.
—————
Ахборот 24: Работы по подготовке квалифицированных кадров в сфере энергетики.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
—————
Ахборот 24: Работы по подготовке квалифицированных кадров в сфере энергетики.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Uchko‘prik va Bulung‘ur tumanlari hamda Guliston shahrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.P.” MCHJ mas’ul shaxslari ishlab chiqarish binosida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 494,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.T. “Mingchinor” MFY hududidagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustaxonasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 160,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Guliston shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.X. xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 172,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Energetika vazirligida navbatdagi iqtisodiy o‘qish mashg‘ulotlari tashkil etildi
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish mashg‘ulotlarini tashkil qilish va stajirovkalarni o‘tkazish amaliyoti doimiy ravishda davom ettirilmoqda.
Xususan, Energetika vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarini malakasini oshirish markazi hamkorligida navbatdagi iqtisodiy o‘qish mashg‘uloti tashkil qilindi.
Ushbu o‘qishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo‘yicha vazifalarning samarali bajarilishida vazirlik hamda idoralar, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining roli va shaxsiy mas’uliyati haqida so‘z bordi.
O‘qishda markaz professori, yuridik fanlar doktori Boboqul Toshev hamda markaz dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Xayrullo To‘xtaboyev ma’ruza va taqdimotlar bilan qatnashdilar.
Tadbirda tizim tashkilotlari hamda aksiyadorlik jamiyatlarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari xodimlari faol qatnashdi.

Energiya samaradorligi: ZEB va Yaponiya tajribasi muhokama qilindi
Respublikamizda energiya samaradorligini oshirish, aholi o‘rtasida energiya tejamkor uylar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid bilim va ko‘nikmalarni keng targ‘ib etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu yo‘nalishda, Yaponiyaning JICA xalqaro agentligi tomonidan tashkil etilgan “ZEB – Nol energiyali binolar” va “Energiya samaradorligi” mavzularidagi xalqaro seminar-treninglarda ishtirok etgan mutaxassislarimiz tomonidan maxsus videokonferensiya o‘tkazildi.
Onlayn tadbirda Energetika vazirligi, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti hamda Tarmoqlararo energeyani tejash jamg‘armasi xodimlari o‘z taassurotlari, Yaponiya tajribasi va zamonaviy qurilish texnologiyalari haqidagi bilimlarini tizim tashkilotlari xodimlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Mazkur seminar Yaponiya bilan hamkorlikdagi “Energiya menedjerlarini tayyorlash tizimini yaratish va ZEB qurish orqali energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Videokonferensiya ishtirokchilari ZEB binolarining ishlash prinsiplari, energiya tejamkor qurilish yechimlari hamda ushbu sohadagi istiqbolli rejalar bilan tanishdilar.