MINENERGY.UZ
16.8K subscribers
10.3K photos
2.93K videos
90 files
7.97K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Пресс-тур: На Талимарджанской ТЭС ведется строительство двух парогазовых установок общей мощностью 1065 МВт.

С целью ознакомления представителей СМИ с ходом строительных работ по данному проекту был организован пресс-тур.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
“Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda yuz bergan holat toʻgʻrisida

2025-yil 5-may kuni soat tonggi 6:10 da “Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori boʻlgan gazning katta bosim bilan otilishi va natijada fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatildi.

Tarkibida vodorod sulfidi yuqori boʻlgan gazning tarqalishini oldini olish maqsadida gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborildi. Ayni paytda barcha zarur tadbirlar xavfsizlik choralariga toʻliq rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. Hodisa sodir boʻlgan hudud tegishli xizmatlar tomonidan oʻrab qoʻyilgan va hozirgi vaqtda ushbu hudud Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.

Yuzaga kelgan hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun xavf tugʻdirmaydi.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil 27-mart kuni mazkur quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori boʻlgan gazning chiqishi qayd etilgandi. Ekologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida quduq nazorat ostida yoqib qoʻyilgan. 22-aprel kuni quduq oʻqining gʻovlanib tushgani va kolonna chiqib ketishi natijasida fontanlanish toʻxtagan, hodisa joyida gazning sust oqimi (grifon) kuzatilgan edi.

Avariyani bartaraf etish maqsadida hodisa joyida xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ham faoliyat olib bormoqda.

Har bir holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berib boriladi.

—————

О ситуации на скважине №202 месторождения «Мустакиллик-25»

5 мая 2025 года в 06:10 на скважине №202 месторождения «Мустакиллик-25» зафиксирован прорыв газа с высоким содержанием сероводорода под высоким давлением, в результате чего возобновилось фонтанирование.

В целях предотвращения распространения газа с высоким содержанием сероводорода был произведён контролируемый отжиг газовой струи. Все необходимые мероприятия проводятся с полным соблюдением мер безопасности. Территория инцидента оцеплена соответствующими службами и находится под круглосуточным контролем специалистов Узбекской военизированной части по противофонтанной и газовой безопасности, Министерства по чрезвычайным ситуациям Республики Узбекистан и Государственной инспекции по надзору за безопасностью в промышленности, горнодобывающей и коммунальной сферах «Саноатконтехназорат».

Возникший инцидент не представляет угрозы для населения прилегающих районов.

Напомним, что ранее, 27 марта 2025 года, на данной скважине был зафиксирован выброс газа с повышенным содержанием сероводорода. В целях обеспечения экологической безопасности был произведён контролируемый поджог скважины. 22 апреля в результате обрушения ствола и выброса колонны фонтанирование прекратилось, на месте наблюдался слабый приток газа (грифон).

С целью ликвидации аварии на месте инцидента также работают специалисты, привлечённые из-за рубежа.

Дополнительная информация по каждому случаю будет предоставляться по мере необходимости.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) va O‘zbekiston Ipoteka Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi (UzMRC) hamkorlik o‘rnatilib, ushbu hamkorlik doirasida AFD tomonidan UzMRCga 30 million yevro (milliy valyutadagi ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasi va grant mablag‘lari ajratilishi kutilmoqda.

Mazkur loyiha O‘zbekistonda turar joy binolarining energiya samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan bo’lib, ayni paytda baholash va tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Loyihaga ko‘ra, AFD tomonidan kredit liniyasi va texnik yordam ajratilib, UzMRC orqali tijorat banklari ishtirokida yakuniy iste’molchilarga kreditlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyiha doirasida aholining energiya samaradorligi bo‘yicha xabardorlik darajasini aniqlash uchun maxsus onlayn savolnoma (O’zbek, Rus, Ingiliz tillarida) o‘tkazilmoqda. Savolnoma loyihaning texnik konsultantlari, Juru va AETS (Fransiya) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yig’ilgan ma’lumotlar loyihaning iqtisodiy va texnik asoslarini shakllantirishda foydalaniladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energiya samaradorligi haqida xabardormisiz? Xabardorlik energiya harajatlarni sezilarli darajada tejashi mumkun!

Qisqa so‘rovnomaga o‘tib shu sohaga hissa qo‘shishingizni so‘raymiz — javoblaringiz kelajakdagi islohotlar va barqaror yechimlar uchun juda muhim.

—————

Знаете ли вы об энергосбережении? Осведомленность в этой области может существенно сократить расходы на энергопотребление!


Мы просим вас пройти короткий опрос и внести свой вклад в эту сферу — ваши ответы важны для будущих реформ и устойчивых решений.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: Sirdaryo viloyati iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

—————

Ахборот 24: В целях дальнейшего улучшения электроснабжения потребителей Сырдарьинской области проводится системная работа.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energetika vazirligi va tizim korxonalari xodimlari ishtirokida Xitoyda “Zamonaviy energetika texnologiyalari” mavzusida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan “China Datang Overseas Investment So., Ltd.” va “Dongfang Electric” xalqaro korporatsiyasi bilan imzolangan memorandum doirasida joriy yilning 21 – 30-aprel kunlari Xitoyning Sichuan provinsiyasi, Chendu shahrida joylashgan “Silk Road Energy Joint Technology Innovation R&D Center” markazida vazirlik va tizim korxonalari, Malaka oshirish markazi xodimlari hamda Toshkent davlat texnika universitetining professor-o‘qituvchilari uchun “Zamonaviy energetika texnologiyalari” mavzusidagi amaliy o‘quv seminarning navbatdagi bosqichi tashkil etildi.

Amaliy o‘quv seminarda Xitoy Xalq Respublikasining zamonaviy energiya manbalari, jumladan, “yashil” va kam uglerodli energiya resurslarini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish bosqichlari bilan yaqindan tanishtirilib, ularning nazariy bilimlari oshirildi.

Shuningdek, xodimlar “Datang Sichuan Power Generation” kompaniyasida tashkil etilgan zamonaviy dispetcherlik markazi, “Dongfang Electric” korporatsiyasining “Dongfang Electric Machinery”, “Dongfang Turbine”, “Dongfang Boiler”, “Dongfang Electric Wind Power” ishlab chiqarish korxonalari hamda quyosh fotoelektr qurilmalarini ishlab chiqaruvchi yirik “TW Solar” kompaniyasida bo‘lib, avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.

Mutaxassislar malakasini oshirish bilan bir qatorda soha kadrlarini qayta tayyorlash tizimini mustahkamlash hamda ushbu yo‘nalishda xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida, Chunsin elektr energetika kolleji mutasaddilari va professor o‘qituvchilari ishtirokida kollejning o‘quv jarayonlari, amaliyot bazasi bilan tanishilib, o‘zaro tajriba almashildi hamda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mazkur amaliy o‘quv-seminarlarda olingan bilim, ma’lumot va tajribalarni tizimdagi mutaxassislarga yetkazish va malakasini oshirish uchun bugungi kunda onlayn o‘quv-seminar va treninglar tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️18-Xalqaro “Energetika, energiya tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasida ro‘yxatdan o‘ting va beyjga ega bo‘ling.

13-14-15-MAY

📣YANGI MAYDON📣

CAEx Uzbekistan | Toshkent

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish 👉 https://bit.ly/Power_reg_Uz

—————

‼️ Зарегистрируйтесь и получите бейдж на 18-ю Международную выставку «Энергетика, энергосбережение, атомная энергетика, альтернативные источники энергии – Power Uzbekistan 2025».

13-14-15 МАЯ

📣 НОВАЯ ПЛОЩАДКА 📣

CAEx Uzbekistan | Tашкент

❗️Регистрация по ссылке 👉 https://bit.ly/Power_reg

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Muborak IEMda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ayni kunlarda korxonada “O‘zbekenergota’mir” AJ mutaxassislari hamkorligida 2-sonli turbogeneratorida kengaytirilgan joriy ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 17-may kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ta’mirlash natijasida energoqurilmaning mavsum davomida yanada barqaror ishlashini ta’minlash maqsad qilingan.

—————

В рамках подготовки к осенне-зимнему периоду 2025-2026 годов на Мубарекской ТЭЦ также проводится ряд работ.

В частности, в эти дни на предприятии совместно со специалистами АО «Узбекэнерготамир» продолжается расширенный текущий ремонт турбогенератора № 2.

Целью ремонтных работ, завершение которых планируется до 17 мая текущего года, является обеспечение более устойчивой и надёжной работы энергоустановки в течение всего сезона.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt