MINENERGY.UZ
16.8K subscribers
10.2K photos
2.92K videos
90 files
7.93K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#gender_tenglik

Bo‘stonliq tumanida energetika sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar forumi o‘z ishini boshladi

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida issiqlik elektr stansiyalari xotin-qizlari forumi o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbir Energetika vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tadbir dasturida tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, huquqiy bilimini oshirish va sportga keng jalb etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, ko‘ngilochar va sport tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.

Forumda issiqlik elektr stansiyalari va markazlaridan jami 150 nafar xotin-qizlar ishtirok etmoqda.

Forum doirasida “Kitobxonlik”, “Xon atlas” festivali, “Balli qizlar” tanlovi, “Voleybol” musobaqasi va yakuniy taqdirlash konserti o‘tkazilishi rejelashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish uchun endi bozorga yoki do‘konga borish shart emas. Hammasini energymarket.uz elektron platformasida bajarasiz.

Platforma orqali quyosh stansiyasi va quyosh suv isitgichlarini sotib olish uchun onlayn ariza yuborsangiz kifoya. Siz tanlagan mahsulotni tadbirkor uyingizga yetkazib, o‘rnatib beradi.

To‘lovlar 2 xil usulda: qurilmalar xarajatlarning 30 % gacha qismiga kompensatsiya yoki 36 oygacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#зеленая_энергия

Для приобретения установок возобновляемых источников энергии больше не нужно ходить на рынок или в магазин. Все это можно сделать через электронную платформу energymarket.uz.

Достаточно подать онлайн-заявку на покупку солнечной электростанции или солнечного водонагревателя через платформу. Предприниматель доставит выбранный вами продукт на дом и установит его.

Оборудование можно приобрести двумя способами: получить компенсацию части затрат (до 30% ) для приобретения оборудования или приобрести в беспроцентную рассрочку сроком на 36 месяцев.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning aprel oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida ishga tushirilgan yangi obyektlar, yirik transport infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari bilan tanishish va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

—————

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев
посетит Хорезмскую область.

В программе поездки — ознакомление с новыми объектами в сфере промышленности, сельского хозяйства и туризма, с крупными проектами в области транспортной инфраструктуры и градостроительства, а также другие мероприятия.

Кроме того, глава государства проведет совещание, посвященное приоритетным задачам комплексного развития региона.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#innoprom #green_energy

“Innoprom. Central Asia” ko‘rgazmasida 10 kVt quvvatdagi ko‘chma quyosh elektr stansiyasi taqdim etildi


“Innoprom. Central Asia” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida “Texnopark” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan 10 kVt quvvatdagi ko‘chma quyosh elektr stansiyasi keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

Mazkur innovatsion mahsulot off-grid tamoyili asosida ishlaydi, ya’ni elektr tarmog‘iga ulanmagan holda mustaqil tarzda energiya ishlab chiqarish va saqlash imkoniyatiga ega. Quyosh nurlari yordamida energiya ishlab chiqariladi va maxsus akkumulyator tizimida jamlanadi, bu esa uni uzoq muddat davomida elektr bilan ta’minlashda qo‘llash imkonini beradi.

Ko‘chma stansiya chekka hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektromobillarni zaryadlash, vaqtincha inshootlar yoki tadbirlarda zaxira energiya manbai sifatida ishlatish kabi keng imkoniyatlarga ega. Shuningdek, ushbu qurilma ekologik toza energiyadan foydalanish imkonini yaratib, yashil texnologiyalarni keng joriy etishda muhim o‘rin egallaydi.

Stansiya g‘ildirakli platforma asosida joylashtirilgan bo‘lib, bu uni tez va oson transportirovka qilish, kerakli joyda ishga tushirish imkonini beradi.

“Texnopark” korxonasi tomonidan taqdim etilgan ushbu texnologik yechim O‘zbekistonda barqaror energiya ta’minoti, “yashil” energetika, va mahalliy innovatsion mahsulotlar asosida ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Maxsus reportaj: Farg‘ona viloyatida energiya tejamkorlik va energiya samaradorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.

—————

Специальный репортаж: Работы по энергосбережению и повышению энергоэффективности, проводимые в Ферганской области.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OGU2025

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi!

🌐13 — 15-may kunlari Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” va O‘zbekiston energetika haftaligi bo‘lib o‘tadi!

📲 Onlayn beydj uchun 👉https://oilgas.uz/uz/main

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt