MINENERGY.UZ
16.8K subscribers
10.1K photos
2.91K videos
90 files
7.9K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
AOKA reytingida Energetika vazirligi Axborot xizmati faoliyati yuqori baholandi

✔️ Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotibi ish samaradorligi baholandi.

Unda Energetika vazirligi Axborot xizmati qator vazirliklar Axborot xizmatlari orasida 86 ball bilan 6-o‘rinda qayd etildi.

✔️ Bu “Ochiqlik indeksi”ning birinchi indikatori hisoblanadi. O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirildi.

✔️ 2024-yil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan baholangan jami 150 ta tashkilot va idoraning 45 nafar matbuot kotibi (30%)ning ish natijalari yuqori, 59 nafari (39,4%)niki o‘rta darajada baholangan bo‘lsa, 38 nafari (25,4%)niki qoniqarli, 8 nafari (5,2%)ning faoliyati past darajada, deb topildi.

👉Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Yaponiyalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarish korxonalari va binolarda virtual energiya auditini o‘tkazish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 22 — 25-aprel kunlari Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida Yaponiyaning Energiya tejamkorlik markazi (The Energy conservation center) mutaxassislari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar ishlab chiqarish korxonalari va binolarda virtual energiya auditini o‘tkazishga bag‘ishlandi.

Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya” va Institut mutaxassislari qatnashgan ushbu seminar davomida virtual energiya audit tizimining afzalliklari muhokama qilindi.

Ushbu treningda Yaponiyada energiya menejerlari va energoauditorlarni tayyorlashda qoʻllaniladigan oʻquv materiallari hamda trening davomida ishtirokchilarga beriladigan amaliy topshiriqlar taqdim etildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur tizim korxona va tashkilotlarda energiya iste’molini tahlil qilish, samaradorlikni baholash va energiya boshqaruvini raqamlashtirish orqali energiya tejamkorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu seminar O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish va raqamlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#dunyo_energetikasi

❗️Xitoyda shamol va quyosh elektr stansiyalarining generatsiya quvvati ilk bor qazilma yoqilgʻilarda ishlaydigan elektrostansiyalarning umumiy quvvatidan oshib ketdi

Xitoy Milliy energetika boshqarmasining maʼlum qilishicha, 2025-yil mart oyi oxirida shamol va quyosh elektr stansiyalarining oʻrnatilgan quvvati 1482 GVtni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich koʻmir, gaz va boshqa qazilma yoqilgʻilarda ishlaydigan elektrostansiyalarning jami quvvatidan ortiqdir.

Xitoy shamol va quyosh energiyasi quvvatini 2030-yilgacha 1200 GVtga yetkazishni maqsad qilgan edi va ushbu natijaga rejadan 6-yil oldin erishdi, deb xabar bermoqda Reuters.

__________

#мировая_энергетика

❗️Мощности ВИЭ в КНР превзошли мощности электростанций на ископаемом топливе

Мощность ВИЭ-генерации (ветер и солнце) в Китае впервые превысила мощность генерации на ископаемом топливе, сообщило Национальное управление по энергетике, энергетический регулятор КНР.

Установленная мощность солнечных и ветроферм составила 1482 ГВт по состоянию на конец марта 2025 года, и она выше, чем совокупная мощность электростанций на угле, газе и пр.

Китай достиг цели увеличить мощности ветро- и солнечных электростанций до 1200 ГВт к концу этого десятилетия и достиг ее на 6 лет раньше, отмечает Reuters.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy mobil laboratoriyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Ushbu videorolik orqali bu haqida batafsil ma‘lumot olishingiz mumkin.

—————

Знаете ли вы о предназначении современной мобильной лаборатории?

Подробнее об этом в нашем видеоролике.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “INNOPROM. Markaziy Osiyo” V xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochilishi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududlarining I forumida ishtirok etadi.

Tadbirlar doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

—————

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев
примет участие в открытии V Международной промышленной выставки «ИННОПРОМ. Центральная Азия» и I Форуме регионов Содружества Независимых Государств.

В рамках мероприятий планируется проведение двусторонних встреч.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga tashrif buyurdi

Tashrif doirasida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov “Chirchiq” texnoparkining faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishdi.

Nufuzli mehmon ishlab chiqarish maydonlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, texnopark rezidenti bo‘lgan kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, istiqbolli loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hozirgi kunda texnoparkda 27 ta rezident-kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning umumiy investitsiya hajmi 147 million AQSh dollarini tashkil etadi. 19 ta korxona allaqachon ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

2024-yilda texnopark rezidentlari qiymati 16,7 million AQSH dollarilik turli mahsulotlarni ishlab chiqarib, uning 52 foizini eksport qilishgan. 2025-yil boshidan ishlab chiqarish hajmi 7 million dollarni tashkil etdi.

2022-yilda ochilgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki O‘zbekiston kimyo sanoatining asosiy tarkibiy qismlaridan biriga aylangan va mintaqaning kimyo-sanoat sohasida o‘z o‘rnini mustahkamlab, faol rivojlanishda davom etmoqda.

Nufuzli mehmonga tashrif mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamrohlik qildi.

—————

Раис Республики Татарстан Рустам Минниханов посетил химико-индустриальный технопарк «Чирчик»

В рамках визита Раис Республики Татарстан Рустам Минниханов ознакомился с деятельностью и инфраструктурой технопарка «Чирчик».

Почётный гость осмотрел производственные площадки, а также провёл встречи с представителями компаний-резидентов технопарка, в ходе которых были обсуждены вопросы развития перспективных проектов.

На сегодняшний день в технопарке зарегистрировано 27 компаний-резидентов с общим объёмом инвестиций в размере 147 миллионов долларов США. Из них 19 предприятий уже наладили производственную деятельность.

В 2024 году резиденты технопарка произвели различную продукцию на сумму 16,7 миллиона долларов США, при этом 52 процента от общего объёма было экспортировано. С начала 2025 года объём производства составил 7 миллионов долларов.

Основанный в 2022 году химико-индустриальный технопарк «Чирчик» стал одним из ключевых компонентов химической отрасли Узбекистана и продолжает активно развиваться, укрепляя свои позиции в региональном химико-промышленном секторе.

Во время визита почётного гостя его сопровождал министр энергетики Республики Узбекистан Журабек Мирзамахмудов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni

Barcha mehnatkashlarni, xususan, mehnatni muhofazasi qilish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga mustahkam sogʻliq, tinchlik xotirjamlik, oilaviy baxt va albatta masʼuliyatli mehnatingizda kuch-quvvat va metin iroda tilaymiz!

—————

28 апреля – Всемирный день охраны труда


Мы искренне поздравляем всех трудящихся, особенно сотрудников, осуществляющих деятельность в сфере охраны труда.

Желаем вам крепкого здоровья, мира и спокойствия, семейного счастья и, конечно же, сил и стойкости духа в вашем ответственном труде!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#press_tur

Surxondaryo viloyati gaz ta’minoti korxonalari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.


—————

#пресс_тур

С целью ознакомления с работой, проводимой предприятиями газоснабжения Сурхандарьинской области, был организован пресс-тур для представителей средств массовой информации.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Shirin shahridagi AGTKSH 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi “A.B” MCHJ rahbari T.K. jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shohobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt