MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.13K photos
2.26K videos
90 files
6.44K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Корея Юн Сок Ёль продолжили переговоры с участием официальных делегаций двух стран.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol oʻrtasida boʻlib oʻtgan samarali muzokaralar yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilindi.

Davlat rahbarlari Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonotni imzoladilar.

По итогам состоявшихся плодотворных переговоров между Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым и Президентом Корейской Республики Юн Сок Ёлем принят солидный пакет двусторонних документов.

Главы государств подписали Совместное заявление о дальнейшем углублении и всестороннем расширении особого стратегического партнерства.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muzokaralardan so‘ng Prezidentlarning Qo‘shma bayonoti va ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amal_qiling

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bor


🔥Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong‘inga qarshi inventarlar, uskunalar, yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish:

🔹fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so‘mdan 1 mln 20 ming so‘mgacha);

🔹mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 20 ming so‘mdan 2 mln 380 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Соблюдайте

За нарушение правил пожарной безопасности предусмотрена ответственность


🔰Нарушение правил пожарной безопасности
на предприятиях, в учреждениях, организациях, общественных местах, складских помещениях, в общежитиях и жилых домах, а также при проектировании, строительстве и реконструкции соответствующих объектов или нарушение правил использования и содержания противопожарного инвентаря, оборудования, автоматических средств обнаружения и тушения пожаров влечет наложение штрафа:

🔹на граждан — от одной до трех БРВ (от 340 тысяч сумов до 1 млн 20 тысяч сумов);

🔹на должностных лиц — от трех до семи БРВ (от 1 млн 20 тысяч сумов до 2 млн 380 тысяч сумов).

‼️Незнание закона не освобождает от ответственности...

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yangi_qoidalar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-mayda “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-sonli qarori qabul qilindi.

Ma’lumki, shu vaqtga qadar elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish borasidagi ishlar Hukumatning 2018-yil 12-yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qaroriga muvofiq tartibga solinib kelinayotgan edi.

Bugungi kunga kelib, energetika sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, texnologik o‘zgarishlar hamda yangi yo‘nalishlarni tatbiq etish borasidagi ishlar sohaning huquqiy asoslarini bugungi kun talablari asosida yanada takomillashtirgan holda yangilash ehtiyojini yuzaga keltirdi.

Vazirlar Mahkamasining yangi qarori sohada davlat nazoratini yanada kuchaytirishga, tizimning barqaror ishlashini ta’minlashga, pirovardida esa elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishdagi qoidabuzarliklarga chek qo‘yishga xizmat qiladi.

Qaror bilan iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlariga bir qator qulayliklar yaratilishi bilan birgalikda mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifa va majburiyatlar yuklatilmoqda.

Xususan:

– elektr energiyasi iste’molchilari va ta’minotchi korxonalarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi;

– elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish ustidan davlat nazorati;

– iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi;

– elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari;

– tabiiy gaz iste’molchilari va ta’minotchi korxonalarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi;

– tabiiy gazga bo‘lgan yillik ehtiyojni aniqlash tartibi;

– iste’molchilarni tabiiy gaz tarmoqlariga ulash tartibi;

– tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;

– tabiiy gazdan oqilona, xavfsiz foydalanish va uni normalashni nazarda tutuvchi Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube