MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.51K photos
2.37K videos
90 files
6.72K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AOKAda o‘tkazilgan brifingda 4-mart kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

👉
Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Energetika vazirligida “2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida ayollar va yoshlarning o‘rni” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi

Unda Energetika vazirligi, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, vazirlik tizimidagi tashkilotlar hamda aksiyadorlik jamiyatlari mas’ullari ishtirok etdi.

👉Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tog‘li hududlardan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda

“O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida tashkil etilgan va tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyatining Baxmal tumani hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli “L-521” elektr uzatish tarmog‘i nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

Aniqlangan kamchiliklar, sovuq ob-havo sharoiti oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Reportaj: Xorazm viloyatida quyosh panellaridan foydalanish ommalashmoqda.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Dolzarb mavzuda seminar boʻlib oʻtdi

Bugun, 5-mart kuni poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) hamkorligida “Binolarni isitish va sovitish uchun sayoz geotermal energiyadan foydalanish” mavzusida seminar tashkil qilindi.

Sayoz geotermal energiya – bu yer qaʼrining 100-200 metr chuqurlikkacha boʻlgan qismidagi issiqlik energiyasi boʻlib, yil davomida deyarli oʻzgarmas haroratda boʻladi. Ushbu energiya manbai tabiiy gaz va yer yuzasidagi boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalariga muqobil boʻlgan “yashil” energiya hisoblanadi.

👉Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan yoqilg‘i-energetika tarmog‘i xodimlari ham mukofotlandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi.

Ular orasida yoqilg‘i-energetika tarmog‘i xodimlari ham bor. Xususan:

Ametova Gauxar Gulmuratovna — “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining bo‘lim muhandisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — “Shuhrat” medali bilan;

Ismoilova Mamlakat Norqulovna — “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining markaziy ta’mirlash sexi kran mashinisti, Navoiy viloyati — “Shuhrat” medali bilan;

Ishonqulova Dilrabo Sayfiyevna — Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining sex qurilmasi kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati — “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil energiya”: Samarqand viloyatida quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazi ishga tushirildi.

—————

«Зеленая энергия»: в Самарканской области запущен сервисный центр по техническому обслуживанию солнечных панелей.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube