MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.39K photos
2.33K videos
90 files
6.63K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori

Eslatib o‘tamiz, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 2023-yilning 29-30-iyun kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1-iyul kuni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangan.

2-iyul (yakshanba) kuni esa odatiy dam olish kuni. Shunday qilib, o‘zbekistonliklar 5 kun ketma-ket dam oladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol esishi natijasida soat 17:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida:

Buxoro viloyatining Shofirkon, Peshku va Gʻijduvon tumanlaridagi jami 6000 ta iste’molchining;

Navoiy viloyatining Nurota, Navbahor, Konimex va Karmana tumanlaridagi jami 23 560 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish bo‘lmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Samarqand viloyatida kuchli shamol esishi natijasida soat 18:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Paxtachi va Qo‘shrabot tumanlaridagi jami 9000 ta xonadonning elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hududgazta’minot” AJ ogohlantiradi: suyultirilgan gaz ballonlarni to‘gʻridan-to‘gʻri quyosh nuri tushuvchi joylarda saqlamang!


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Jizzax viloyatida kuchli shamol esishi sababli soat 19:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlar xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Jizzax shahri, Forish, Arnasoy, Do‘stlik, Sh.Rashidov, Gʻallaorol va Paxtakor tumanlaridagi jami 12 250 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2023-yil 21–23-iyun kunlari soat 04:00 dan 11:00 gacha Shirin shahri va Boyovut tumanining ayrim mahallalari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi

Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MW bo‘lgan yangi IES qurilishi loyihasining birinchi energiya bloki ishga tushirilishi sababli “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan qurib bitkazilgan 500 kV kuchlanishli L-550 tarmog‘ini ochiq taqsimlash qurilmasiga ulash uchun ayrim texnik-muhandislik amaliyotlari bajariladi. 

Shu sababli 2023-yil 21-, 22-, 23-iyun kunlari soat tongi 04:00 dan kunduzgi 11:00 gacha Shirin shahri, bundan tashqari, Boyovut tumani hududida joylashgan  T.Latipov nomidagi MFYning ayrim qismi elektr energiyasi iste’molchilari vaqtincha tarmoqdan ajratilib, yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent viloyatida kuchli shamol esishi natijasida soat 20:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Zangiota, O‘rta Chirchiq, Qibray, Toshkent, Yuqori Chirchiq va Bo‘ka tumanlaridagi ayrim iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 21:00 holatiga Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi o‘chgan elektr tarmoqlarning katta qismi ulandi.

Hozirda o‘chiq turgan tarmoqlarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 22:10 holatiga Toshkent viloyatidagi o‘chgan elektr tarmoqlarning katta qismi ulandi.

Hozirda o‘chiq turgan tarmoqlarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahri: modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari sababli sakkizta tumandagi 12 ta MFYning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 20-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Chilonzor tumani:
«Qozirobod» va «Ko‘rkam» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Mirishkor» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Yangihayot tumani: «Xo‘jauchqun» va «Viqor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Shayxontohur tumani: «Chorsu» va «Beltepa» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Bektemir tumani: «Nurliyo‘l» va «Zabardast» MFYlarinjng ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumani: «Mevazor» va «Zakovat» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Uchtepa tumani: «Nishabariq» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.

O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kuchli shamol esishi sababli Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi ayrim iste’molchilarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jahon_xabarlari

Hindistonda jazirama harorat kuzatilmoqda

Hindistonda so‘nggi bir necha kun ichida jazirama tufayli kamida 166 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha yuz kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda India Today xabar berdi.

Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, Uttar-Pradesh (119 kishi o‘lgan) va Bixar (47 qurbon) shtatlarida g‘ayritabiiy issiqlik qayd etilgan.

Ayrim hududlarda havo harorati 43,5 darajaga yetgan. Bixar provinsiyasi ma’muriy markazi Patna shahri maktablari 24-iyunga qadar ta’til e’lon qilgan.

Issiq to‘lqin Uttar-Pradesh shtati bo‘ylab elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelgan. Buning natijasida sanitariya va sovitish tizimlari ishlamay qolgan.

Shtat hukumati elektr ta’minotini to‘liq tiklashga va’da berib, aholini elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirdi.

Shuningdek, mahalliy hokimiyat aholini kun davomida uyda qolishga chorlamoqda.

Ma’lumot uchun: inson sabab bo‘lgan iqlim o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo sharoitlarini kuchaytirib, anomal issiqdan tortib, suv toshqini va o‘rmon yong‘inlarigacha tez-tez va ko‘proq halokatli ofatlarni keltirib chiqarmoqda. Issiq to‘lqinlar paytida Hindiston odatda suv tanqisligidan aziyat chekadi. Uning 1,4 milliard aholisining o‘n million qismi oqar suvdan mahrum bo‘lib qoladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MW bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Fotoelektr stansiyasi umumiy maydoni 1,42 gektarni tashkil etadi. Ushbu stansiyaga 1500 dan ortiq quyosh panellari o‘natildi.

Navoiy IESda o‘rnatilgan quyosh panellari orqali yiliga o‘rtacha 1,8 mln kW⋅h elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Ma’lumot uchun: ushbu yashil stansiyadan foydalanish orqali korxonaning o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini iqtisod qilish imkoni yaratiladi.

—————

На Навоийской ТЭС сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МW

Общая площадь фотоэлектростанции составляет 1,42 га. На станции установлено более 1500 солнечных панелей.

Данные солнечные панели будут производить в среднем 1,8 млн kW⋅h электроэнергии в год.

В результате будет сэкономлено 400 тыс. кубометров природного газа в год.

Для информации: использование зеленой станции даст возможность экономии электроэнергии для собственных нужд предприятия.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Yashil Energiya” MChJ va “Tongwei Solar” o‘rtasida umumiy quvvati 300 MW'gacha bo‘lgan fotoelektr modullarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun Xitoyning “Tongwei Solar (Hefei) Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, umumiy quvvati 300 MW'gacha bo‘lgan kichik quvvatli quyosh fotoelektr modullarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun: “Tongwei Solar” – eng yirik “Tier 1” ro‘yxatiga kiritilgan salohiyatli quyosh elementlari ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. “Tongwei” tomonidan ishlab chiqarilgan quyosh modullari dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida ushbu yo‘nalishdagi loyihalarda keng qo‘llanilgan.

“Tongwei” quyosh panellari ishlab chiqarish quvvati yiliga 45 GW dan, quyosh elementlarining umumiy ishlab chiqarish quvvati esa yiliga 100 GW dan oshadi.

—————

Между ООО «Yashil Energiya» и компанией «Tongwei Solar» подписан договор на поставку фотоэлектрических модулей общей мощностью до 300 MW

Подписан договор с Китайской компанией «Tongwei Solar (Hefei) Co., Ltd.» на поставку фотоэлектрических модулей для возобновляемых источников энергии малой мощности, с целью их установки на зданиях и сооружениях объектов социальной сферы, государственных органов и других организаций, на общую мощность до 300 MW.

Для справки: «Tongwei Solar» является крупнейшим производителем солнечных элементов и пластин для них, включённый в список «Tier 1». Модули «Tongwei Solar» широко применялись в проектах по производству фотоэлектрической энергии на нескольких региональных рынках по всему миру.

Мощность производства солнечных панелей «Tongwei» составляет более 45 GW в год. Общие мощности производства солнечных элементов превышает 100 GW в год.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube