MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.23K photos
2.3K videos
90 files
6.53K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
“O‘zenergoinspeksiya”: Mart oyida 21,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yilning mart oyida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 510 ta holatda 46,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida tizimga 21,9 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 231 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Misol uchun, Namangan viloyatidagi “M. S. S.” MCHJga qarashli metal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexda 1,6 mlrd so‘m, Samarqand viloyatidagi “M. K.” MCHJda 898 mln so‘m, Farg‘ona viloyatidagi “D. K.” MCHJda 349 mln so‘m miqdorida qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

▶️@minenergy_uz
Ta’mirlash ishlari sababli 4-aprel soat 08:00dan 5-aprel soat 08:00ga qadar Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlarining ayrim mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa” MFY hududidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan. Shu tufayli, 4-aprel kuni soat 08:00dan 5-aprel kuni soat 08:00ga qadar:

Sergeli tumani aholi iste’molchilari:
“Sohibqiron”, “Saxovat”, “Yangi Sergeli”, “Qipchoq”, “Ezgulik”, “Nurhayot”, “Madadkor”, “Ittifoq”, “Ziynat”, “Nilufar”, “Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Xabibiy”, “Bunyodobod”, “Yangi Bunyodobod” MFYlarida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 21 566 ta aholi xonadonlarida hamda “Junariq”, “Nog‘ay qo‘rg‘on”, Yuqori darxon”, “Qubaytepa”, “Qutbaraka”, “So‘g‘diyona”, “Sofdil”, “Daryo bo‘yi” MFYlaridagi jami 7 634 ta uy xo‘jaligida;

Sergeli tumani ulgurji iste’molchilari:
85 ta sanoat korxonasi, 11 ta maktab, 4 ta MTM, 41 ta umumiy ovqatlanish obyekti, 68 ta nonvoyxona va 184 ta kommunal-maishiy korxona – jami 393 ta ulgurji iste’molchida;

Yangihayot tumani aholi va ulgurji iste’molchilari:
“Fayzli”, “Choshtepa”, “Yangi Сhoshtepa”, “Yangi Darxon”, “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi turmush”, “Humo”, “Yangi Hayot”, “Oriyat”, “Gulshanobod”, “Marhamat”, “Ibrat”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Yo‘ldosh”, “Toshkent”, “Chortoq” MFYlardagi jami 5 251 ta uy xo‘jaligida va ko‘p qavatli uylardagi jami 29 835 ta aholi xonadoni hamda 316 ta ulgurji iste’molchida;

Chilonzor tumani aholi va ulgurji iste’molchilari:
“Beshqo‘rg‘on”, “Tirsakobod”, “Xayriobod”, “Xon to‘pi”, “Bek to‘pi”, “2-Qatortol”, “Mevazor”, “Yakkabog‘ MFYlardagi jami 6 000 ta uy xo‘jaligida hamda 47 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

▶️@minenergy_uz
Andijon viloyatida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Bo’ston tumanidagi “Davlatobod” va “Yakkatol” mahallalari hamda Andijon tumanidagi “Mart” mahallasining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Ushbu ishlar Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

Bu haqida batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Sirdaryo IESning 6- va 7-sonli energobloklarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Sirdaryo IESning 6-sonli energoblokida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta’mirlash jarayonida energoblokda aniqlangan barcha kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Bundan tashqari, korxonaning 7-sonli energoblokida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ishlar davomida bug‘ turbinasi hamda ta’minot nasoslarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish belgilangan.

Ushbu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashdan iborat.

▶️@minenergy_uz
Press-tur: Toshkent issiqlik elektr markazida har birining quvvati 32 MVtdan bo‘lgan 2 ta gaz turbinasi qurilmoqda.

Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi pudratchiligi asosida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha 2024-yilning birinchi choragiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, markazda quvvati 505,6 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.

Bu haqida batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Пресс-тур: В Ташкентском ТЭЦ строятся 2 газовые турбины мощностью по 32 МВт каждая.

Этот проект, реализуемый по контракту с турецкой компанией «Çalik Enerji», планируется запустить к первому кварталу 2024 года.

Данный проект реализуется в рамках исполнения Указа Президента № ПФ-60 от 28 января 2022 года.

Также, на предприятие строится солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 505,6 кВт.

Подробнее об этом можно узнать в этом репортаже.

▶️@minenergy_uz
Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda

Tolimarjon IESda o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari yordamida ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda.

Shu maqsadda stansiyada quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi bunyod etilmoqda.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1,8 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

—————

На Талимарджанской ТЭС началось строительство солнечной фотоэлектрической станции мощностью 1 МВт

В Талимарджанская ТЭС особое внимание уделяется производству электроэнергии для собственных нужд с использованием альтернативных источников энергии.

В этих целях на станции строится солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт.

После введения в эксплуатацию, станция будет производить 1,8 млн кВт⋅часов электроэнергии в год.

В результате будет сэкономлено 400 тыс. кубометров природного газа в год.

▶️@minenergy_uz
“O‘zenergoinspeksiya”: Mart oyida ulgurji iste’molchilar tomonidan 76,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda gaz ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida joriy yil mart oyida 559 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 79 mln kub metr (76,3 mlrd so‘m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan:

Buxoro viloyatida 24,3 mln kub metrni (24,2 mlrd so‘m),

Farg‘ona viloyatida 19,3 mln kub metrni (19,3 mlrda so‘m),

Jizzax viloyatida 9,9 mln kub metrni (10 mlrd so‘m),

Samarqand viloyatida 10,1 mln kub metrni (8,5 mlrd so‘m),

Toshkent shahrida 7,1 mln kub metrni (7,1 mlrd so‘m) tashkil etgan.

Noqonuniy foydalanish holatlari iste’molchilar toifasi bo‘yicha:

AGTKSHlarda 22 ta holatda (41,7 mlrd so‘m),

issiqxonalarda 17 ta holatda (1,1 mlrd so‘m),

boshqa ishlab chiqarish korxonalarida (asfalt, ohak, gips, chinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 90 ta holatda (24,9 mlrd so‘m),

umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 54 ta (1 mlrd so‘m) holatlar aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

▶️@minenergy_uz
MINENERGY.UZ
“O‘zenergoinspeksiya”: Mart oyida ulgurji iste’molchilar tomonidan 76,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda gaz ta’minoti korxonalari…
«Узэнергоинспекция»: В марте выявлены случаи незаконного использования природного газа юридическими потребителями на 76,3 млрд сумов

В ходе контрольных мероприятий, проведенных “Узэнергоинспекцией” при Министерстве энергетики совместно с правоохранительными органами, а также предприятиями газоснабжения, в марте текущего года было выявлено 559 случаев незаконного использования природного газа юридическими потребителями объемом 79 млн кубических метров (76,3 млрд сумов).

Случаи незаконного использования газа в основном обнаружены в следующих регионах:

В Бухарской области 24,3 млн кубометров (24,2 млрд сумов);

В Ферганской области19,3 млн кубометров (19,3 млрд сумов);

В Джизакской области 9,9 млн кубометров (10 млрд сумов);

В Самаркандской области 10,1 млн кубометров (8,5 млрд сумов);

В городе Ташкент 7,1 млн кубометров (7,1 млрд сумов).

Случаи незаконного использования, выявленные по категориям потребителей:

В АГНКС в 22 случаях (41,7 млрд сумов)

В теплицах в 17 случаях (1,1 млрд.сум),

В других производственных предприятиях (асфальт, известь, гипс, фарфоровые изделия, хлебобулочные изделия) в 90 случаях (24,9 млрд сумов)

В учреждениях общественного питания в 54 случаях (на 1 млрд сумов).

Оформленные документы по выявленным случаям направлены в правоохранительные органы в установленном порядке.

▶️@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida lavha efirga uzatildi.

—————

Как сообщали
, на Талимарджанской ТЭС строится солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт.

Об этом смотрите в репортаже телеканала «Узбекистан 24».

▶️@minenergy_uz
2023-yil yanvar-mart oylarida elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish ko‘rsatkichlari

Ushbu davr davomida respublikamizda 20,1 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 421,5 mln kVt•soatga yoki 2,1 foizga ko‘pni tashkil qiladi.

Shuningdek, respublika iste’molchilariga 16,7 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd kVt•soatga yoki 8,5 foizga ko‘pni tashkil qiladi.*

*tezkor ma’lumot

—————

Показатели выработки и поставки электроэнергии за январь-март месяцы 2023 года

За текущий период выработка электроэнергии по республике составила 20,1 млрд кВт•ч электроэнергии. Это на 421,5 млн кВт•ч или на 2,1 процента больше, чем за аналогичный период прошлого года.

Также потребителям республики поставлено 16,7 млрд кВт•ч электроэнергии. Это на 1,3 млрд кВт•ч или на 8,5 процента больше, чем за аналогичный период прошлого года.*

*оперативные сведения

▶️@minenergy_uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida ishtirok etadi. Shuningdek, ijod maktabi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

—————

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сырдарьинскую область.


Глава государства примет участие в сессии областного кенгаша народных депутатов. Предусматриваются также ознакомление с деятельностью школы творчества и промышленных предприятий,  запуск новых производственных мощностей.

▶️@minenergy_uz
Vodiy viloyatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli tarmoqlar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda.

Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Farg‘ona viloyatidagi “O‘zbekiston” podstansiyasini bog‘lovchi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilib, tarmoqning shikastlangan qismlari yangisiga almashtirilmoqda.

Ta’mirlash ishlari yakuni bilan vodiy viloyatlariga elektr energiyasini yetkazib berish ishonchliligi ortadi.

Ma’lumot uchun: Ushbu ishlar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

—————

К осенне-зимнему периоду готовятся высоковольтные сети, обеспечивающие электроэнергией регионы долины.

Ведутся ремонтные работы на ЛЭП 500 кВ, соединяющей Сырдарьинскую ТЭС и ПС «Узбекистан» в Ферганской области.

Выявленные дефекты устраняются специалистами, а поврежденные участки сети заменяются новыми.

С завершением ремонтных работ повысится надежность электроснабжения регионов долины.

Для информации: Данные работы проводит АО «Национальные электрические сети Узбекистана».

▶️@minenergy_uz