MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
10.6K photos
3.01K videos
90 files
8.16K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uyimizga osonlik bilan kirayotgan yorug‘lik ortida qancha insonlarning mehnati borligini bilasizmi?

Siz behuda yonayotgan bitta lampochkani o‘chirish orqali bir xonadonda chiroq yonishini ta’minlashingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#infografika

Tavsiya: isitish mavsumida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qiling.


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Bilasizmi

Quyosh suv isitish qurilmalarini to‘liq o‘z mablag‘idan o‘rnatganlarga kompensatsiya beriladi


❇️ Qonunchilikka ko‘ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensatsiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt⋅soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo‘lganda BHMning 5 barobar;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt⋅soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo‘lganda BHMning 7 barobar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Биласизми

Қуёш сув иситиш қурилмаларини тўлиқ ўз маблағидан ўрнатганларга компенсация берилади

❇️ Қонунчиликка кўра, қуёш сув иситиш қурилмаларини ўрнатганлик учун қуйидаги миқдорларда компенсация берилиши белгиланган:

🔹Сув иситиш ҳажми 100 литр (ёки сув иситиш учун кунлик 4 кВт⋅соат энергия ишлаб чиқарувчи қайта тикланувчи энергия манбалари қурилмаси) бўлганда БҲМнинг 5 баробар;

🔹Сув иситиш ҳажми 200 литр (ёки сув иситиш учун кунлик 8 кВт⋅соат энергия ишлаб чиқарувчи қайта тикланувчи энергия манбалари қурилмаси) бўлганда БҲМнинг 7 баробар.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Знаете_ли_вы_что

Лицам, установившим солнечные водонагревательные приборы полностью за счет собственных средств, будет выплачена компенсация

❇️ Законодательством предусмотрено, что за установку солнечных водонагревательных приборов предусмотрены компенсации в следующих размерах:

🔹5 БРВ – при объеме нагрева воды 100 литров (либо за установку источников возобновляемой энергии, вырабатывающих ежедневно 4 кВт⋅ч энергии для нагрева воды);

🔹7 БРВ – при объеме нагрева воды 200 литров (либо за установку источников возобновляемой энергии, вырабатывающих ежедневно 8 кВт⋅ч энергии для нагрева воды).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktyabrda “Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 652-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalar taqsimlash elektr tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish orqali barcha ishtirokchilarga teng shart-sharoitlar yaratish, taqsimlash tizimini xavfsiz va ishonchli ekspluatatsiya qilish va uni rivojlantirish, yakuniy isteʼmolchilar elektr taʼminotining ishonchliligi va barqarorligini taʼminlash, uzilishlarni oldini olish hamda elektr energiyasi sifatini taʼminlash, isteʼmolchilarning talabiga javob beradigan elektr energiyasini yetkazib berishdagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qoidalar tarmoqqa ulanishga nisbatan qo‘llaniladigan qoidalar, tizimni tartiblashtirish bo‘yicha zarur shartlar va tartib-taomillarni, kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini taqsimlash tizimiga integratsiya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni hamda favqulodda vaziyatlarda tizim ishonchliligini taʼminlash mezonlarini belgilaydi.

Shuningdek, tizimda aqlli tarmoqlar va zamonaviy infratuzilmani yaratish uchun yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish yuzasidan umumiy talablarni o‘rnatadi.

Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24: Magistral elektr tarmoqlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Tezkor_tadbir

Suv taqsimlash inshootida 1,2 mlrd so‘mlik
elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kosonsoy tumanida joylashgan “K.I.S.T.” MChJga qarashli suv taqsimlash inshooti hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulaganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida 1 mlrd 265 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Marg‘ilon shahridagi bitta AGTKSh 456 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahridagi “S.F.G” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasi manfaatiga 456 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 12-oktyabr kuni Energetika vazirligida O‘zbekiston energetika vaziri J.Mirzamahmudov, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev, Qozog‘iston energetika vaziri A.Satkaliyev, Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri N.Nurjigitov va Qirg‘iz Respublikasi energetika vaziri T.Ibrayev hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu uchrashuvda Ozarbayjon energetika vaziri o‘rinbosari K.Abbosov mehmon sifatida ishtirok etdi.

Uchrashuvda mamlakatlar suv-energetika tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi.

Mazkur tadbirda tomonlar o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, “Qambarota GES-1” qurilishi loyihasining hozirgi holati hamda suv-energetika balansini muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, uchrashuvda Xitoyning “CEEC” kompaniyasi vakillari bilan Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida “Chotqol” GES qurilishi yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘rtasida doimiy ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazib turish va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan “yo‘l haritasi”ni imzolash taklif etildi hamda tegishli hujjatlar imzolandi.

—————

Узбекистан, Кыргызстан и Казахстан провели очередную встречу министров энергетики и водного хозяйства

Вчера, 12 октября, в Министерстве энергетики Узбекистана прошла очередная рабочая встреча, в которой приняли участие министр энергетики Узбекистана Ж. Мирзамахмудов, министр водного хозяйства Узбекистана Ш. Хамраев, министр энергетики Казахстана А. Саткалиeв, министр водного хозяйства и ирригации Казахстана Н. Нуржигитов и министр энергетики Кыргызской Республики Т. Ибраев, а также другие ответственные руководители.

Кроме того, в данной встрече в качестве гостя участвовал заместитель министра энергетики Азербайджана К. Аббасов.

На встрече были обсуждены вопросы обеспечения стабильной работы водно-энергетических систем стран в осенне-зимний период. Также были согласованы графики работы сетей.

В рамках мероприятия были рассмотрены совместно реализуемые проекты, в частности, текущее состояние проекта строительства «Камбаратинской ГЭС-1» и вопросы согласования водно-энергетического баланса.

Кроме того, на встрече были обсуждены проведенные предварительные исследования и будущие планы по строительству ГЭС на реке Чаткал в Джалал-Абадской области Кыргызской Республики с представителями китайской компании «CEEC».

В конце встречи предложена организация регулярных заседаний рабочих групп сторон и подписание «дорожной карты» по реализации проектов, а также подписаны соответствующие документы.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Xususan, “O.P.N.” MCHJ rahbari A.I. Navoiy shahridagi parranda yetishtirish binosida 3 dona “Innosilicon T3+” rusumli mayning va boshqa qurilmalarni o‘rnatib, 106,5 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Hurmatli tadbirkorlar!

Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
14-15-oktyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ob’yektlarni ishga tushirish va yangilarining qurilishiga start berish rejalashtirilgan.

—————

14-15 октября Президент Шавкат Мирзиёев
ознакомится с проводимой в Ташкентской области созидательной работой и деятельностью промышленных предприятий. Также предусматриваются запуск новых проектов и старт строительства объектов в различных отраслях экономики.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#eslatma

Hurmatli iste’molchilar, maishiy gaz ballonlaridan to‘g‘ri foydalaning
.

Suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanuvchi iste’molchilar quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari shart.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#xorij_xabarlari

Dunyodagi birinchi yarim suv ostida suzuvchi dengiz shamol stansiyasi rekordlarni yangiladi


Portugaliya qirg‘oqlarida to‘rt yildan beri ishlayotgan dunyodagi birinchi yarim suv ostida suzuvchi “WindFloat Atlantic” shamol stansiyasi elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining rekordini yangilashda davom etmoqda.

“WindFloat Atlantic” orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Xususan, unda ishlab chiqarish hajmi 2022-yilda 78 gigavatt⋅soatga va 2023-yilda 80 gigavatt⋅soatga yetgan. 2024-yil iyul oyida jami 320 gigavatt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu har yili Porto shimolidagi Viana-du-Kashtelo shahrida 25000 dan ortiq uy xo‘jaliklarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga imkon beradi.

Dengizdagi shamol stansiyasi Portugaliya sohillaridan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. U 8,4 megavatt quvvatga ega uchta “Vestas” shamol turbinasidan iborat bo‘lib, dengiz tubiga zanjirlar bilan mahkamlangan uchta ustunli yarim suv ostida suzuvchi platformalarga o‘rnatilgan. 20 kilometr uzunlikdagi kabel uni quruqlikdagi podstansiyaga ulaydi.

—————

#Мировые_новости

Первая в мире полупогружная плавучая морская ветроэлектростанция бьет рекорды

Первая в мире полупогружная плавучая морская ветряная электростанция «WindFloat Atlantic», которая уже четыре года работает у берегов Португалии, продолжает бить собственные рекорды по производству электроэнергии

Производство электроэнергии «WindFloat Atlantic» неуклонно растет, достигнув 78 гигаватт⋅час в 2022 году и 80 гигаватт-час в 2023-м. В июле 2024 года было зафиксировано общее накопленное производство электроэнергии в размере 320 гигаватт⋅час, что позволило ежегодно обеспечивать электроэнергией более 25 000 домохозяйств в Виана-ду-Каштелу, к северу от Порту.

Морская ветряная электростанция расположена в 20 километрах от побережья Португалии. Она состоит из трех ветряных турбин «Vestas» мощностью 8,4 мегаватта, которые установлены на полупогружных плавучих платформах с тремя колоннами, закрепленных цепями на морском дне. Кабель длиной 20 километров соединяет его с береговой подстанцией.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: Hududlarda muqobil energiya manbalari samaradorligi ortib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt