MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.51K photos
2.37K videos
90 files
6.72K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Energetika vazirligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida mehnat qilib kelayotgan barcha ayollarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

—————

В Министерство энергетики состоялось праздничное мероприятие по случаю 8 марта – Международного женского дня


На мероприятии Министр энергетики Журабек Мирзамахмудов искренне поздравил с праздником всех женщин, работающих в топливно-энергетической отрасли.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Texnik topshiriqlar qismiga o‘zgartirish kiritilishi munosabati bilan tender aprel oyi yakuniga qadar to‘xtatildi

“ACWA Power” kompaniyasi tomonidan uchinchi bosqichda Andijon, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlaridagi ijtimoiy soha obyektlari binolari va “temir daftar”ga kiritilgan oilalar uylari tomlariga umumiy quvvati 7 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha “TD-ACWP-CSR-03” e’lon qilingan tenderning texnik topshiriqlar qismiga o‘zgartirish kiritilishi munosabati bilan joriy yilning aprel oyi yakuniga qadar ushbu tender vaqtincha to‘xtatilishini ma‘lum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Energetika vaziri J.Mirzamahmudovning bayram
tabrigi


Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar!

Hurmatli opa-singillar!


Sizlarni, energetika sohasida astoydil mehnat qilib kelayotgan ayollarni ezgulik va goʻzallik bayrami 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz goʻzal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Ayol zoti haqida, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi ekani haqida tariximizda ulugʻ mutafakkirlar, shoir va allomalar qancha-qancha dil soʻzlarini bayon etganlar.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoevning taʼbiri bilan aytganda, “Sizlar biz uchun avvalo muqaddas ona, aziz Vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-gʻayrat manbaidirsiz”.

Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim oʻrin va mavqega ega. Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-iqtisodiy hayotidagi barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, maʼrifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilishmoqda.

Fursatdan foydalanib, keyingi yillarda yurtboshimiz rahnamoligida energetika sohasida, qolaversa neft-gaz sanoati, elektr energiyasi ishlab chiqarish, elektr energiyasi va tabiiy hamda suyultirilgan gaz, koʻmir taʼminoti va boshqa koʻplab tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ulkan oʻzgarishlar, keng qamrovli islohotlar jarayonida faol ishtirok etib kelayotgan sizlarga va siz orqali sohada astoydil mehnat qilib kelayotgan barcha xotin-qizlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Shu bilan birga oldimizda turgan muhim vazifalar va rejalarni amalga oshirishda sizlar bundan keyin ham faol ishtirok etib, peshqadamlar safida boʻlishingizga ishonaman.

Qadrli opa-singillar!

Bahorning ilk bayrami munosabati bilan siz fidoyi va lobar xotin-qizlarga har jabhada ilgʻor, tashabbuskor, ibratli ekanligingizni taʼkidlashni istardim.

Oʻzbekistonda xotin-qizlarning barcha sohalardagi fidokorona mehnati hisobidan mamlakatimizning qudrati va salohiyati, xalqaro obroʻ-eʼtibori tobora ortib bormoqda.

Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini taʼminlash davlat siyosati darajasida ekanligini alohida eʼtirof etsak arziydi.

Xabaringiz bor, respublikamizda ayollarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha manzilli ish olib borish maqsadida yangi tizim — “Ayollar daftari” joriy etildi. Unga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmushi ogʻir ayollar ish bilan taʼminlanmoqda, ularga imtiyozli kreditlar berilmoqda, xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlarida oʻqitilmoqda, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etilmoqda, uy-joy sotib olish uchun opa-singillarimizga boshlangʻich badallar toʻlab berilmoqda. Eng asosiysi bu xayrli ishlar izchil davom ettiriladi. Yurtboshimiz taʼkidlaganidek, Oʻzbekistonda bironta ham ayol davlat va jamiyat eʼtiboridan chetda qolmaydi.

Soʻzimning yakunida mana shunday qutlugʻ ayyom kunida sizlarni 8-mart bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman! Hamisha sogʻ-salomat boʻlinglar!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Aziz va muhtarama ayollar! Sizlarni ezgulik va go‘zallik bayrami 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlarni sihat-salomatlik, a’lo kayfiyat va oilaviy baxt hech qachon tark etmasin!

Har bir kuningiz yaqinlaringiz mehri va g‘amxo‘rligi, hamkasblaringiz e’tibori va hurmati bilan go‘zal va farovon bo‘lishida tilakdoshmiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Дорогие женщины! Поздравляем вас с этим прекрасным праздником — Международным женским днем 8 Марта!

Желаем вам крепкого здоровья, хорошего настроения и благополучия!

Пусть каждый день вас окружает любовь и забота близких людей, внимание и уважение коллег!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanadi.

—————


Президент Шавкат Мирзиёев: Уважение чести и достоинства человека начинается прежде всего с уважения к нашим дорогим женщинам.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari

Fakt 24: Vodorod-poyezd 804 kilometr masofani qo‘shimcha yonilg‘isiz bosib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reportaj: Binolarni isitish va sovitish uchun yer taftidan enеrgiya olish loyihasi taqdimot qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori.

—————

Постановление Президента Республики Узбекистан «О проведении священного месяца Рамазан на достойном уровне».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Mening yuragim o‘zi soat. Men soatlarda yashayman, desam ham bo‘ladi. Chunki operator har doim sergak bo‘lishi kerak ” — Qariyb 30 yildan beri gaz taqsimlash stansiyasida operator bo‘lib ishlayotgan ayol.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24: Namangan viloyatining Norin tumanida isitilmaydigan issiqxonadan 700 mln so‘m daromad topayotgan oila haqida lavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AOKAda o‘tkazilgan brifingda 10-mart kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

👉
Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 12:15 da Xorazm viloyatida yuz berayotgan kuchli yomgʻir oqibatida 6-10 kVli 41 ta elektr uzatish tarmogʻi 78 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan.

Buning natijasida Hazorasp, Bogʻot, Xonqa, Qoʻshkoʻpir va Yangiariq tumanlari isteʼmolchilari qisman (12 ming 500 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg‘ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24: Tabiiy gaz ta’minotida mahallabay tizimi joriy etilmoqda.

Olib borilayotgan ishlar Buxoro viloyati misolida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Buxoro viloyatida yirik quvvatli shamol va quyosh fotoelektr stansiyalari qurilmoqda.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyevning muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tаbrigi

Qadrli vatandoshlar!

Butun Yer yuzidagi islom ummati bilan birga jonajon O‘zbekistonimizning barcha mo‘min-musulmonlari ham qutlug‘ va muborak Ramazon oyini xursandchilik bilan kutib oldilar.

Dunyo musulmonlari uchun eng aziz va qadrli bo‘lgan, barcha ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Batafsil

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari

Fakt 24
: Xitoyda dunyodagi birinchi tortishish akkumulyatoridan iborat energiya saqlovchi obyekt asosiy elektr uzatish tarmog‘iga ulandi.

Ushbu majmua preslangan tuproqda 100 MVt⋅soatga teng elektr energiyasini saqlash imkonini berishi bilan ahamiyatli.

Batafsil ushbu lavhada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube