MINENERGY.UZ
14K subscribers
7.38K photos
2K videos
90 files
5.79K links
- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz
Download Telegram
#ayni_paytda

Energetiklar tunu kun xizmatda

Soat 23:10


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Prezidentimizning 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yangidan qurilgan 110/35/10 kVli “Yunusobod” podstansiyasida montaj ishlari bajarilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ayni_paytda

Energetiklar tunu kun xizmatda

Soat 00:00

Yunusobod tumani Usta Shirin dahasida yuklama ortishi natijasida kabel tarmog‘ida yuzaga kelgan avariyaviy holat bartaraf etilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Samarqand viloyatida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida reportaj efirga uzatildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Телеканал «Узбекистан 24» показал репортаж о работах по установке солнечных панелей в Самаркандской области.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mayningning atrof-muhitga zarari. Bu qanchalik jiddiy?

Mayning sanoati kriptovalyutalarga sarmoya kiritishning juda mashhur usuli boʻlib qolmoqda. Dunyo boʻylab millionlab odamlar raqamli aktivlarni “qazib olish”dan manfaatdor va unga sarmoya kiritishga tayyor.

Biroq kriptovalyutani olish atrof-muhitga salbiy taʼsir qilishi bugungi kunda hech kimga sir boʻlmay qoldi. Qolaversa, jahondagi barcha mayning uskunalari sizu biz tasavvur ham qilolmaydigan darajada elektr energiyasini isteʼmol qiladi.

Xususan, Kembridj universiteti olimlarining tadqiqotlariga koʻra, birgina Bitcoin kriptovalyutasini olish uchun yillik 121,36 TVt⋅soat elektr energiyasi zarur boʻlar ekan. Bu esa Oʻzbekiston aholisi ikki yil davomida isteʼmol qiladigan elektr energiyaga tengdir.

Atrofdagi aholi uchun mayning fermasining zarari nechogʻli?

Xoʻsh, mayning fermasi degani nima oʻzi?

Mayning fermasi – bir tizimga birlashtirilgan bir qancha kompyuterlar yoki serverlar. Aytish kerakki, turli vaqtlarda va turli kriptovalyutalar uchun turli uskunalar ishlatiladi. Xususan, bir necha yillar oldin bitkoinni olish uchun asosan videokartalardan keng foydalanilgan boʻlsa, keyin ular maxsus ishlab chiqilgan protsessorlar (ASIC) bilan almashtirilgan.

Ammo hozir ham ayrim kriptovalyutalarni, masalan, mashhurligi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turuvchi Ethereum (“Efirium”, efir)ni ishlab chiqarish uchun yuqori samarali grafik kartalardan foydalanish eng qulay hisoblanadi. Biroq...

Mayning fermasi qishloq va tumanlarda odamlar hayotini zaharlaydi. Hatto qimmatbaho uskunalar toʻxtovsiz ishlaydigan, katta foyda keltiradigan issiqxonaga oʻxshash kichik bino ham vaqti-vaqti bilan elektr uzilishlariga asosiy sabab boʻladi. Uskunalarning toʻxtovsiz ishlashidan esa bu yerda yashovchi aholi surunkali bosh ogʻrigʻiga uchraydi.

Mayning – elektr uzilishlari, shikastlanishlar va baxtsiz hodisalar oʻchogʻi

Tadqiqotchilar mayning fermalari elektr energiyasi yetkazishda turli baxtsiz hodisalarga olib kelishini va isteʼmolchilar uchun hamisha katta xarajatlar keltirishini allaqachon aniqlab boʻlganlar. Ularning fikriga koʻra, elektr energiyasidan hisobsiz va toʻlovsiz foydalanish boshqa isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash sifatiga hamda tizimning ishonchliligiga katta putur yetkazadi.

Mayning tufayli elektr inshootlarida favqulodda vaziyatlar kelib chiqadi. Tarmoq zoʻriqadi, oqibatda isteʼmolchilar past kuchlanishda elektr toki olishga majbur boʻlishadi.

Qolaversa, bunday fermalar aholi sogʻligʻi hamda hayotiga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdiddir.

Eng yomoni, isteʼmol qilingan elektr uchun toʻlovning yetishmasligi elektr tarmoqlari kompleksini modernizatsiyalash yumushlarini moliyalashtirishga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Hurmatli isteʼmolchilar, shuning uchun agar qayerdadir mayning fermasi ishlayotganini bilsangiz, zudlik bilan quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qiling:

102
1154 qisqa raqami
+998 (71) 200-02-86 – “Ishonch telefoni”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#live

Soat 13:00, havo harorati +40° С


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Prezidentimizning 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Shayxontohur tumanining Ilg‘or mahallasidagi eskirgan kabellar yangisiga almashtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube