MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.43K photos
2.34K videos
90 files
6.66K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Soat 19:00 holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuchli shamol esishi natijasida ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Kuchli shamol esishi to‘xtagandan so‘ng elektr ta’minoti tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Elektr energiyasini tejash

Kir yuvish mashinasidan foydalanganda pastroq haroratda kir yuvishga harakat qiling. +90 C yuvish haroratida energiya sarfi +60 C yuvish haroratiga qaraganda 30-40% yuqori bo‘ladi. Ba’zan kir yuvish uchun +30/40 С harorat ham yetarli bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#А_знаете_ли_вы

Экономия электрической энергии

Старайтесь стирать с меньшей температурой. При температуре стирки +90 С потребление электроэнергии на 30-40% выше, чем при температуре стирки +60 С. Иногда для стирки достаточно температуры +30/+40 С.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fakt 24 | Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 1 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

—————

Факт 24 | На Тахиаташской ТЭС сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Elektr taʼminotida yirik hajmdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida koʻrilayotgan vaqtinchalik choralar keng koʻlamli muammolar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi

Maʼlumki, shu kunlarda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalar va transformator punktlarida joriy hamda mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur taʼmirlash ishlari jarayonida ayrim hududlardagi elektr tarmoqlari vaqtincha tarmoqdan ajratib turiladi va ana shu jarayonda taʼmirlash ishlari olib borilayotgan tarmoqlar orqali taʼminlanuvchi isteʼmolchilarning elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

Bundan tashqari, havo haroratining keskin isishi natijasida elektr qurilmalarining haddan tashqari qizishi hamda isteʼmolning ortishi energotizimda katta hajmdagi avariyaviy oʻchishlarga olib kelishi mumkin. Bu esa elektr taʼminotini yaxshilash uchun muayyan vaqt (bir kun yoki undan koʻproq) talab etishi mumkin.

Asosan, ochiq quyoshda joylashgan elektr tarmoqlari bugungi anomal issiq sharoitida ularning ishlashi uchun moʻljallanmagan haroratgacha qiziydi. Bundan tashqari, ayniqsa, kunduz kunlari elektr uzatish tarmoqlarining nosoz holatga kelishiga elektr energiyasi isteʼmolining favqulodda oʻsishi ham taʼsir qilmoqda.

Oddiy aytganda, oʻzi oftobning tigʻi ostida tashqaridan qiziy boshlagan kabel yuklamaning ortishi, son-sanoqsiz konditsionerlar, muzlatkichlar, sovitqichlar, boylerlar va boshqa elektr texnika jihozlarining bir vaqtda tarmoqqa ulanishi tufayli ichidan ham qizib, asta-sekin tutay boshlaydi.

Ana shu vaziyatda energotizimda keng koʻlamli muammolar yuzaga kelishini oldini olish uchun dispetcherlik xizmatlari elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish maqsadida zarur choralar koʻradi.

Masalan, maʼlum koʻrsatkichlar kritik (ogʻir) darajaga yaqin boʻlgan hollarda, ayrim turarjoy binolari va sanoat obyektlari elektr taʼminotidan vaqtincha uzib turiladi.

Taʼkidlash kerakki, elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar boʻylab tunu kun ishlaydigan avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan. Ular yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etib borishmoqda.

Isteʼmolchilardan tarmoqda keng koʻlamli nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, keyinchalik vaziyatni ancha uzoqroq tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga toʻgʻri keladigan bunday zaruriy choralar bugun oʻta muhim ekanligini tushunishlarini va qoʻllab-quvvatlashlarini soʻraymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 12:40 da Shayxontohur tumanidagi “Ayni” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Shayxontohur va Chilonzor tumanlaridagi 3600 dan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Brifing: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023-yil 1-yarim yilligiga oid asosiy ko‘rsatkichlar

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida 26,6 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi va 4,5 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chaqarilib, yagona energotizimga uzatildi. Bunda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 101 foiz bajarildi.

—————

Брифинг: основные показатели АО «Тепловые электрические станции» за 1 полугодие 2023 года

АО «Тепловые электрические станции» в 1 полугодии 2023 года выработано 26,6 млрд кВт⋅час электроэнергии и 4,5 млн Гкал тепловой энергии и переданы в единую энергосистему. При этом производственные показатели выполнены на 101 процентов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ayni_paytda

Energetiklar tunu kun xizmatda

Soat 23:10


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Prezidentimizning 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yangidan qurilgan 110/35/10 kVli “Yunusobod” podstansiyasida montaj ishlari bajarilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ayni_paytda

Energetiklar tunu kun xizmatda

Soat 00:00

Yunusobod tumani Usta Shirin dahasida yuklama ortishi natijasida kabel tarmog‘ida yuzaga kelgan avariyaviy holat bartaraf etilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube