MINENERGY.UZ
13.9K subscribers
7.01K photos
1.89K videos
90 files
5.52K links
- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz
Download Telegram
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 1 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

“O‘zbekenergota’mir” AJ tomonidan bunyod etilgan stansiyaning umumiy maydoni 1 gektarni tashkil etgan bo‘lib, bu yerda monokristall turidagi 1500 dan ortiq quyosh panellari o‘rnatilgan.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilishi natijasida yiliga 1,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning evaziga yiliga 400 ming kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Shu tariqa, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida o‘rnatilgan quyosh panellarining umumiy quvvati 9,6 MVtga yetdi. Joriy yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 15 MVtga yetkazish rejalashtirilgan.

—————

На Тахиаташской ТЭС сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт

Общая площадь станции, построенной АО «Узбекэнерготамир», составляет 1 гектар, на которых установлено более 1500 монокристаллических солнечных панелей.

После введения в эксплуатацию, станция будет производить 1,8 млн кВт⋅часов электроэнергии в год.

В результате будет сэкономлено 400 тыс. кубометров природного газа в год.

Таким образом, общая мощность солнечных панелей, установленных на предприятиях системы АО «Тепловые электрические станции», достигла 9,6 МВт. До конца текущего года планируется довести данный показатель до 15 МВт.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#munosabat

Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikalari elektr energiyasini oʻzaro tovar ayirboshlaydi

Taʼkidlash kerakki, Markaziy Osiyo davlatlari energetika tizimi, xususan, Qirgʻiz va Oʻzbekiston Respublikalari energetika tizimi parallel ravishda ishlaydi.

Shuni hisobga olgan holda ikki mamlakat energetika kompaniyalari oʻrtasidagi kelishuvga asosan, elektr energiyasini yetkazib berish oʻzaro tovar ayirboshlash (olgan miqdori hajmida qaytarish) sharti bilan amalga oshiriladi.

Shunga asosan, 2023-yil bahor mavsumida Oʻzbekistondan Qirgʻiz Respublikasiga (ichki isteʼmol past davrda) 150 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.

Oʻz navbatida, kelishuvga asosan, ushbu hajmdagi elektr energiyasini Qirgʻiz Respublikasi Oʻzbekistonga yoz mavsumida qaytaradi. Shu bilan birga, Qirgʻiz Respublikasi mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi uchun shu davrda Norin daryosi orqali suv yetkazib beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi arzimagan mablagʻ evaziga Qirgʻiz Respublikasiga katta miqdorda elektr energiyasi yetkazib bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar shu jihatdan mutlaqo asossizdir.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 17:30 holatiga Xorazm viloyatida kuchli shamol esishi natijasida ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida viloyatning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Kuchli shamol esishi to‘xtagandan so‘ng elektr ta’minoti tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xitoyda iyul oyida haroratning tarixiy rekordi qayd etildi: Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida termometr birinchi marta 52,2° ga yetdi. Avvalgi rekord daraja 1,6° ga yangilandi.

Mazkur holat umumjahon miqyos kasb etgan: bir hafta oldin BMT iyul oyining birinchi haftasi bu vaqt uchun kuzatuvlar tarixidagi eng issiq hafta bo‘lganini ma’lum qilgandi. Tez orada yangi rekordlar ham kutilmoqda.

—————

В Китае зафиксирован исторический рекорд июльской температуры: в Синьцзян-Уйгурском автономном районе столбик термометра впервые достиг 52,2°. Предыдущий рекорд побит сразу на 1,6°.

Тренд общемировой: неделю назад в ООН констатировали, что первая неделя июля стала самой горячей за всю историю наблюдений для этого времени. Скоро ожидаются новые рекорды.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 19:00 holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuchli shamol esishi natijasida ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Kuchli shamol esishi to‘xtagandan so‘ng elektr ta’minoti tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Elektr energiyasini tejash

Kir yuvish mashinasidan foydalanganda pastroq haroratda kir yuvishga harakat qiling. +90 C yuvish haroratida energiya sarfi +60 C yuvish haroratiga qaraganda 30-40% yuqori bo‘ladi. Ba’zan kir yuvish uchun +30/40 С harorat ham yetarli bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#А_знаете_ли_вы

Экономия электрической энергии

Старайтесь стирать с меньшей температурой. При температуре стирки +90 С потребление электроэнергии на 30-40% выше, чем при температуре стирки +60 С. Иногда для стирки достаточно температуры +30/+40 С.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fakt 24 | Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 1 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

—————

Факт 24 | На Тахиаташской ТЭС сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Elektr taʼminotida yirik hajmdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida koʻrilayotgan vaqtinchalik choralar keng koʻlamli muammolar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi

Maʼlumki, shu kunlarda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalar va transformator punktlarida joriy hamda mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur taʼmirlash ishlari jarayonida ayrim hududlardagi elektr tarmoqlari vaqtincha tarmoqdan ajratib turiladi va ana shu jarayonda taʼmirlash ishlari olib borilayotgan tarmoqlar orqali taʼminlanuvchi isteʼmolchilarning elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

Bundan tashqari, havo haroratining keskin isishi natijasida elektr qurilmalarining haddan tashqari qizishi hamda isteʼmolning ortishi energotizimda katta hajmdagi avariyaviy oʻchishlarga olib kelishi mumkin. Bu esa elektr taʼminotini yaxshilash uchun muayyan vaqt (bir kun yoki undan koʻproq) talab etishi mumkin.

Asosan, ochiq quyoshda joylashgan elektr tarmoqlari bugungi anomal issiq sharoitida ularning ishlashi uchun moʻljallanmagan haroratgacha qiziydi. Bundan tashqari, ayniqsa, kunduz kunlari elektr uzatish tarmoqlarining nosoz holatga kelishiga elektr energiyasi isteʼmolining favqulodda oʻsishi ham taʼsir qilmoqda.

Oddiy aytganda, oʻzi oftobning tigʻi ostida tashqaridan qiziy boshlagan kabel yuklamaning ortishi, son-sanoqsiz konditsionerlar, muzlatkichlar, sovitqichlar, boylerlar va boshqa elektr texnika jihozlarining bir vaqtda tarmoqqa ulanishi tufayli ichidan ham qizib, asta-sekin tutay boshlaydi.

Ana shu vaziyatda energotizimda keng koʻlamli muammolar yuzaga kelishini oldini olish uchun dispetcherlik xizmatlari elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish maqsadida zarur choralar koʻradi.

Masalan, maʼlum koʻrsatkichlar kritik (ogʻir) darajaga yaqin boʻlgan hollarda, ayrim turarjoy binolari va sanoat obyektlari elektr taʼminotidan vaqtincha uzib turiladi.

Taʼkidlash kerakki, elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar boʻylab tunu kun ishlaydigan avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan. Ular yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etib borishmoqda.

Isteʼmolchilardan tarmoqda keng koʻlamli nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, keyinchalik vaziyatni ancha uzoqroq tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga toʻgʻri keladigan bunday zaruriy choralar bugun oʻta muhim ekanligini tushunishlarini va qoʻllab-quvvatlashlarini soʻraymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 12:40 da Shayxontohur tumanidagi “Ayni” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Shayxontohur va Chilonzor tumanlaridagi 3600 dan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Brifing: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023-yil 1-yarim yilligiga oid asosiy ko‘rsatkichlar

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida 26,6 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi va 4,5 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chaqarilib, yagona energotizimga uzatildi. Bunda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 101 foiz bajarildi.

—————

Брифинг: основные показатели АО «Тепловые электрические станции» за 1 полугодие 2023 года

АО «Тепловые электрические станции» в 1 полугодии 2023 года выработано 26,6 млрд кВт⋅час электроэнергии и 4,5 млн Гкал тепловой энергии и переданы в единую энергосистему. При этом производственные показатели выполнены на 101 процентов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ayni_paytda

Energetiklar tunu kun xizmatda

Soat 23:10


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Prezidentimizning 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yangidan qurilgan 110/35/10 kVli “Yunusobod” podstansiyasida montaj ishlari bajarilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ayni_paytda

Energetiklar tunu kun xizmatda

Soat 00:00

Yunusobod tumani Usta Shirin dahasida yuklama ortishi natijasida kabel tarmog‘ida yuzaga kelgan avariyaviy holat bartaraf etilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube