IRENA: qayta tiklanuvchi energiya manbalarining o‘sishi bo‘yicha Osiyo yetakchilik qilmoqda
IRENAning 2023-yildagi Qayta tiklanuvchi quvvatlar statistikasi hisoboti shuni ko‘rsatadiki, 2022-yilda qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish quvvatlarining butun dunyo bo‘ylab o‘sishining qariyb 60 foizi Osiyo hissasiga to‘g‘ri keldi va bu yil oxiriga kelib jami 1,63 Teravatt (TW) qayta tiklanuvchi quvvatga ega bo‘ldi. Ushbu o‘sishning katta qismi Xitoyda sodir bo‘ldi.
Osiyoda dunyo aholisining 50 foizdan ortig‘i istiqomat qiladi va so‘nggi yillarda mintaqada iqtisodiy o‘sish kuzatildi. Mahalliy iqtisodiyotning o‘sishi bilan mintaqada energiyaga bo‘lgan talab dunyoning boshqa joylariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda.
Mintaqadagi hukumatlar qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha rejalarini belgilab oldilar. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida Osiyo qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish bo‘yicha Shimoliy Amerika va Yevropani ortda qoldirdi.
Global miqyosda qayta tiklanuvchi quvvatlar 2022-yilda 9,6 foizga o'sdi va butun dunyo bo‘ylab rekord darajadagi 295 GWni qo‘shdi. Hisobotda aytilishicha, bu o‘tgan yili qo‘shilgan barcha energiya quvvatlarining 83 foizini tashkil etadi va o‘tgan yil oxiriga kelib qayta tiklanuvchi ishlab chiqarish quvvatini 3372 GWga yetkazdi.
—————
IRENA: Asia leads charge in renewable energy growth
IRENA’s report Renewable Capacity Statistics 2023 shows that in 2022, Asia accounted for nearly 60 percent of the worldwide increase in renewable energy generating capacity, resulting in a total of 1.63 Terawatt (TW) of renewable capacity by year end. A huge part of this increase occurred in China.
Asia is home to more than 50 percent of the world's population, and in recent years, the region has experienced phenomenal economic growth. With the rise of local economies, the energy demand in the region is increasing faster than anywhere else in the world.
Governments in the region have outlined aspirational plans to accelerate the development of renewable energy. As a result of these efforts, Asia has surpassed North America and Europe in terms of its renewable energy generation.
Globally, renewable capacity grew by 9.6 percent in 2022, adding a record 295 GW worldwide. This accounts for 83 percent of all power capacity added last year and brings the global renewable generation capacity to 3,372 GW by the end of last year, the report said.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning barcha filiallarida yoz mavsumini barqaror o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Rossiya gazi O‘zbekistonga yetkazib beriladi
Bugun Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda “Gazprom” OAJ Boshqaruvi Raisi Aleksey Miller imzoladi.
Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi.
—————
Российский газ будет поставляться в Узбекистан.
Сегодня на Петербургском международном экономическом форуме были подписаны Соглашение о поставках российского газа в Узбекистан, а также «Дорожная карта» по подготовке газотранспортной системы республики и подготовке к транспортировке.
Документы подписали Министр энергетики Республики Узбекистан Джурабек Мирзамахмудов и Председатель Правления ОАО «Газпром» Алексей Миллер с участием заместителя премьер-министра Республики Узбекистан Джамшида Ходжаева.
Экспорт российского газа в Узбекистан через территорию Казахстана начнётся в четвертом квартале 2023 года.

Andijonda yangi mikro GESlar ishga tushirildi
Bugun, 16-iyun kuni Andijon viloyatida yangi mikro GESlarning ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Andijon tumanining Zavroq mahallasi kanalining birinchi piketida quvvati 200 kVt, yillik ishlab chiqarish quvvati 1,2 mln kVt.soat bo‘lgan Zavroq mikro GES ishga tushirildi. Ushbu loyihani ishga tushirish orqali, kelgusida Andijon tumanining 300 ta xonadonini yoki 1 200 nafar aholisini ekologik toza elektr energiya manbai bilan taʼminlash imkonini beradi.
Batafsil

O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022-yilning yoz oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi.
Xususan, 2023-yil 16-iyunda Respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 242,6 mln kW⋅hni tashkil etdi. 2022-yilning xuddi shu kunida jami 208 mln kW⋅h elektr energiyasi ishlatilgan bo‘lib, kechagi ko‘rsatkich avvalgi yildagidan 16,6 foiz ortiq bo‘ldi.
Shu bilan birga, energetika tizimining soatlik iste’moli 11 301 MWni tashkil qildi. Bu 2022-yilning shu kundagi holatiga nisbatan 1 800 MW (+18,9 foiz) va 2022-yilning yozida qayd etilgan mutlaq maksimal ko‘rsatkichdan 500 MW ko‘pdir.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda maksimal elektr energiyasi iste’moli 27 iyulda qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 239 mln kW⋅hni, kunduzgi iste’mol quvvati 10 800 MWni tashkil qilgan.
Energetika tizimidagi elektr stansiyalari tomonidan kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 233,7 mln kW⋅hni tashkil etdi. Bu 2022-yilning shu kungi holatiga nisbatan 36,6 mln kW⋅h (18,6 foiz) ko‘pdir.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasining navbatdagi sonida tahlil qilinadigan mavzular:
- Prezident Shavkat Mirziyoyevning “yashil” energetikaga o‘tish tashabbusi - amalda: Navoiy viloyatida birinchi shamol turbinasi ishga tushdi;
- Davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash sohasiga qaratayotgan e’tiborning natijalari Qashqadaryodagi kardiologiya markazi misolida;
- Xalqimizning boshini osmonga yetkazayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari: jahonning 46 ta oliy o‘quv yurtiga muddatidan avval qabul qilingan maktab o‘quvchisi haqida.
Ko‘rsatuvni bugun, 17-iyun kuni soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga, 18-iyun kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Samarqand viloyatida kuchli shamol natijasida soat 11:30 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.
Buning natijasida Jomboy, Pastdarg‘om va Bulung‘ur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Buning natijasida Jomboy, Pastdarg‘om va Bulung‘ur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yangi binolar qurilmoqda va quyosh panellari o‘rnatilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | В Каракалпакском государственном университете имени Бердаха устанавливаются солнечные батареи
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Avval maʼlum qilinganidek, joriy yilning 16-iyun kuni XXVI Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Rossiya gazini Oʻzbekistonga yetkazib berish boʻyicha shartnoma hamda respublikamiz gaz-transport tizimini ushbu gazni qabul qilishga tayyorlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolangan edi.
Gaz oldi-sotdisi boʻyicha shartnoma “UzGastrade” AJ va “Gazprom eksport” MCHJ oʻrtasida 2 yil muddatga tuzilgan boʻlib, uni ishonchnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri J.Mirzamahmudov va “Gazprom” OAJ boshqaruvi raisi A.Miller imzolaganlar.
Taʼkidlash lozimki, shartnoma toʻliq tijoriy shartlarda ishlab chiqilib, respublikamiz isteʼmolchilarining tabiiy gazga boʻlgan yildan-yilga oshib borayotgan ehtiyojini qisman qondirish hamda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlardan biridir. Shartnoma doirasida joriy yilning 1-oktyabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi moʻljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 2 milliard 800 million kubometrni tashkil etadi.
Tabiiy gaz narxi mintaqadagi bozor narxlari asosida, shuningdek, respublikamizdagi amaldagi narxlar hamda ularni bozor tamoyillari asosida shakllantirish boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, kelishilgan.
Yuqorida koʻrsatilgan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq, avval tabiiy gaz “Oʻrta Osiyo – Markaz” magistral gaz quvuri orqali Qozogʻistondan tranzit bilan Rossiyaga yuborilganligi va endilikda gazning revers rejimida (teskari oqimda) Oʻzbekistonga yetkazilishini, shuningdek, respublikamiz hududida yangi gaz oʻlchash stansiyasi qurilishini hisobga olgan holda, belgilangan tadbirlarni joriy yilning sentyabr oyiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.
Jumladan, “yoʻl xaritasi” doirasida respublikamiz gaz-transport tizimidagi 3 ta gaz haydash uskunasi yangilariga almashtiriladi va 11 ta turli rusumdagi gaz haydash uskunasida mukammal taʼmirlash hamda tiklash ishlari bajariladi. 22 kilometrlik yangi magistral gaz quvurlari quriladi va 56 kilometrlik gaz quvurlari taʼmirlanadi.

DXX: Davlat manfaatlariga 9,6 mlrd so‘mlik zarar keltirgan mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.
Tezkor tadbir davomida mahalliy xususiy korxona rahbari 6 nafar fuqaro bilan o‘zaro kelishgan holda, korxona hududiga xorijda ishlab chiqarilgan 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlari natijasida, davlat manfaatlariga 9 mlrd 661 mln 402 ming so‘mlik zarar keltirganliklari aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“BAAning “Masdar” kompaniyasi Oʻzbekistonni oʻzining eng ishonchli va istiqbolli hamkori deb biladi” — “Masdar”
“Masdar” kompaniyasining Oʻzbekistondagi loyiha rahbari Fernando Vilyanueva Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kompaniyaning bu jarayondagi ishtiroki haqida intervyu berdi.
“Zarafshon shamol elektr stansiyasini unikal deb atashimizga sabab, bu loyiha nafaqat Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyoda eng katta shamol elektr stansiyasi hisoblanadi.
Loyiha 111 ta turbinani oʻz ichiga oladi. Har bir turbina 4,7 МWni tashkil qiladi. Umumiy quvvati esa 500 МW.
Hozirgi paytda “Masdar”ning Oʻzbekistondagi portfoliosining umumiy quvvati 3,75 GWni tashkil qiladi. Oʻzbekistonning energetika sohasidagi maqsadlari juda katta va qatʼiy. Shuning uchun davlat barqaror iqtisodiyotni taʼminlash yoʻlida megaloyihalarga qoʻl urmoqda. Bu esa investorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun jozibador.
Bundan tashqari, ekologik toza energiyaga oʻtish yoʻlida ishonchli qadamlar tashlanmoqda. Muqobil energiya loyihalari boʻyicha juda qatʼiy dastur mavjud va buning ustiga mamlakatdagi quyosh va shamol resurslarining koʻpligi Oʻzbekistonning energetika bozorida muhim oʻrinni egallashiga asos boʻla oladi.
Mamlakatning yildan-yilga oʻsib borayotgan iqtisodiyoti koʻplab xorijiy investor va ishlab chiqaruvchilarni oʻziga jalb qilmoqda. Eng muhimi, davlat quyosh va shamol resurslaridan unumli foydalanishda katta imkoniyatlar, imtiyozlarni yaratmoqda.
BAAning “Masdar” kompaniyasi Oʻzbekistonni oʻzining eng ishonchli va istiqbolli hamkori, deb biladi. Ayta olamanki, kelgusida Oʻzbekiston bilan bunda-da katta loyihalarni amalga oshiramiz”.

Gidroenergetikada istiqbolli loyihalar: Oltinko‘lda ikkita GES ishga tushdi. “Yavan” GESi qurilishi boshlandi.
Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
YouTube
Oltinko‘lda ikkita GES ishga tushdi. «Yavan» GESi qurilishi boshlandi