MINENERGY.UZ
14.8K subscribers
8.08K photos
2.23K videos
90 files
6.39K links
- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz
Download Telegram
#С_1_апреля_2023_года

Физические и юридические лица, установившие установки возобновляемых источников энергии суммарной мощностью до 100 кВт, освобождаются от уплаты следующих налогов сроком на 3 года с момента ввода их в эксплуатацию, а при установке систем хранения электроэнергии мощностью не менее 25 процентов от установленной мощности солнечных панелей – на 10 лет:

🔸налог на имущество с этих устройств;

🔸земельный налог на участки, занятые устройствами;

🔸налог на прибыль, начисляемый на прибыль за электроэнергию, реализованную юридическими лицами для общей сети.

▶️@minenergy_uz
LONGi kompaniyasi va KIUT universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi

LONGi kompaniyasi va KIUT universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash, shuningdek, “Yashil” energetika mavzusida taqdimotlar ishlab chiqish tanlovida g‘olib bo‘lgan 3 nafar talabaga sovrinlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

—————

Состоялась церемония подписания Меморандума о взаимопонимании между компанией LONGi и Университетом KIUT.

Прошла церемония подписания меморандума между компанией LONGi и университетом KIUT в Узбекистане, а также выдача грантов со стороны компании 3-м студентам победившие в конкурсе разработки презентации на тему «Зелёная» энергетика в Узбекистане.

▶️@minenergy_uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qo‘ng‘irot soda zavodi 100 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirdi.

Buning natijasida zavodda yiliga 176 ming kVt⋅soat elektr energiyasi tejalishiga erishiladi.

Ma’lumot uchun: Mazkur yirik zavod o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

Bu haqda batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Bugundan aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soatiga 1000 so‘mdan subsidiya beriladi

Bugun, 2023-yil 1-apreldan boshlab respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi ishga tushdi.

Dasturga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt•soatiga 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun mablag‘lar har oy “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz
“O‘zenergoinspeksiya”: Toshkent shahridagi 4 ta AGTKSH tomonidan 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yilning 13-29-mart kunlari “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkorlik subyektlariga qarashli 4 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSH) tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 7,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jumladan:

Yunusobod tumanida joylashgan AGTKSH tomonidan 2,372 mlrd so‘mlik;

Sergeli tumanida joylashgan AGTKSHda 1,728 mlrd so‘mlik;

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan AGTKSHda 1,607 mlrd so‘mlik;

Uchtepa tumanida joylashgan AGTKSHda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1,392 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ushbu noqonuniy holatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda. Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

▶️@minenergy_uz
Farg‘ona viloyatida mart oyi davomida ulgurji iste’molchilar tomonidan 18 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yil mart oyi davomida “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 6 ta ulgurji iste’molchi tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotgani aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 18,352 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jumladan:

Farg‘ona shahrida joylashgan xususiy korxonaga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida hech qanday hujjatlarsiz 18,314 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Hozirda qoidabuzarlarga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonuniy baho berilmoqda.

▶️@minenergy_uz
“O‘zenergoinspeksiya”: Gaz taqsimlash stansiyasidagi hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilishi natijasida davlat manfaatlariga 14,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali foydalanish va ularni talon-toroj qilinishini oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda profilaktik va nazorat tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Shunga qaramay, ayrim iste’molchilar tomonidan ushbu resurslarni talon-toroj qilish holatlari hamon uchramoqda.

Misol uchun, 2023-yil mart oyi Navoiy viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Qiziltepa tumani, “Malikobod” MFY hududida joylashgan Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “Xo‘ja-Hasan” gaz taqsimlash stansiyasi sanoat kollektoriga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 14,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, ushbu sanoat kollektori orqali tadbirkorlik subyektlariga qarashli 3 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi va 3 ta issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yetkazib beriladi.

Ushbu holat yuzasidan hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

▶️@minenergy_uz
Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Tarmoqda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda

Kuchli shamol va yomg‘ir ayrim yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida elektr tarmoqlariga katta miqdorda talofat yetkazmaslik, yirik miqdordagi avariyalarni oldini olish uchun nosozlikka qarshi himoya tizimi ishlashi natijasida Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Xususan:

Olmazor tumanining “Ahil”, “Paxta”, “Yangi Toshkent”, “Beruniy”, “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Oltinsoy”, “Bo‘stanobod”, “Tepa Guzar”, “Gʻalaba”, “Tabassum”, “Islom ota” hamda “Chuqursoy” mahallalari, Toshkent tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Sag‘bon” podstansiyasidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida nosozlik sodir bo‘ldi.

Shuningdek, Sergeli tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqda nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida ushbu hududlarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda elektr ta’minoti korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan mazkur nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, hududlarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

▶️@minenergy_uz
MINENERGY.UZ
Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Tarmoqda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda Kuchli shamol va yomg‘ir ayrim yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi…
Olmazor va Toshkent tumanlarining elektr ta’minoti tiklandi

Olmazor va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Sag‘bon” podstansiyasidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etilib, hududlarning elektr ta’minoti qayta tiklandi.

Mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari 12 nafar ishchi-xodim va 2 ta maxsus texnika tomonidan amalga oshirildi.

▶️@minenergy_uz
MINENERGY.UZ
Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Tarmoqda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda Kuchli shamol va yomg‘ir ayrim yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi…
Sergeli tumani iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Sergeli tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik soat 22:03da bartaraf etildi.

Tuman iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

▶️
@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tumanining “Ko‘kterak”, “Hasanboy” va “Guliston” mahallalari hududida elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan

Toshkent tumanining Ko‘ksaroy hududida “L-Bog‘zor” elektr uzatish tarmog‘i shikastlangan.

Ayni vaqtda maxsus brigada tomonidan mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va hududning elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklanadi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.    
                                    
▶️@minenergy_uz
Xabar berganimizdek, Jizzax viloyatida quvvati 1000 MVtgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.

Bu haqda batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

—————

Как сообщали
, подписан меморандум о взаимопонимании по изучению возможностей строительства ветроэлектростанций мощностью до 1000 МВт в Джизакской области.

Подробнее об этом можно узнать в этом репортаже.

▶️
@minenergy_uz
Toshkent tumanining “Ko‘kterak”, “Hasanboy”, “Guliston”, “Ko‘ksaroy” va “Qizg‘aldoq” hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Toshkent tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Sag‘bon” podstansiyasidagi nosozlik kecha, soat 20:25da to‘liq bartaraf etilgan.

Shuningdek, Toshkent tumanining “Ko‘kterak”, “Hasanboy”, “Guliston”, “Ko‘ksaroy” va “Qizg‘aldoq” mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “L-Bog‘zor” elektr uzatish tarmog‘i shikastlangani sababli ushbu hududlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda maxsus brigada tomonidan mazkur nosozlik bartaraf etilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

▶️@minenergy_uz
MINENERGY.UZ
Toshkent tumanining “Ko‘kterak”, “Hasanboy”, “Guliston”, “Ko‘ksaroy” va “Qizg‘aldoq” hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda Avval xabar berganimizdek, Toshkent tumanining ayrim hududlarini elektr…
Toshkent tumani iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Toshkent tumanining “Ko‘kterak”, “Hasanboy”, “Guliston”, “Ko‘ksaroy” va “Qizg‘aldoq” mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “L-Bog‘zor” elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi.

Tuman iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklandi.

▶️
@minenergy_uz
“O‘zbekistonning yashil energetika tarmog‘ida salohiyati juda katta” – Xitoyning “CNEEC” kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari Li Chjigan

Xitoyning “CNEEC” kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari Li Chjigan O‘zbekistonning yashil energetika salohiyati, bu borada mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlar, ularning istiqbollari hamda ushbu yo‘nalishda Xitoy kompaniyasining ishtiroki haqida intervyu berdi.

“O‘zbekiston Prezidenining sohadagi islohotlari juda to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Energiyani tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish uchun bu dolzarb. O‘ylaymizki, O‘zbekistonning yashil energetika tarmog‘ida salohiyati juda katta.

Biz energetika sohasida loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish bo‘yicha boy tajribaga ega bo‘lgan pudratchi kompaniyamiz. Xitoylik investorlarning O‘zbekistonga investitsiya kiritishining muhim uchta sababini aytmoqchiman:

Eng muhim jihati shundaki, Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi O‘zbekistonning energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi strategiyasiga juda mos keladi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda fotoelektr va shamol energetikasi kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun ajoyib sharoitlar mavjud bo‘lib, bu qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini rivojlantirish uchun juda qulaydir. Uchinchidan, “CNEEC” (China National Electric Engineering Company) qayta tiklanuvchi energetika sohasida boy tajriba va ko‘rsatkichlarga ega va biz hamkorlarimiz bilan O‘zbekistonda yashil energetika sohasiga sarmoya kiritishga tayyormiz.

Shamol energetikasi loyihasiga sarmoya kiritishimiz uchun ixtiyoriy hudud sifatida Jizzax tanlandi. Dastlab Jizzaxdagi shamol energetikasi loyihasining ko‘lamini o‘rganib chiqamiz.

Kelajakda biz yashil energiya ishlab chiqarish yechimlarini taqdim etish uchun quyosh energiyasini ishlab chiqarish va energiya saqlash loyihalarini amalga oshirish rejamiz bor.

Biz O‘zbekistonning yangi energiya bozori va rivojlanish salohiyatini o‘rganish uchun O‘zbekistonga ko‘proq professional va texnik xodimlarni jalb qilamiz hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini rivojlantirish yo‘l xaritasini ishlab chiqamiz. Bu Xitoy va O‘zbekistonning hamkorligini yanada mustahkamlaydi va O‘zbekiston uchun yashil, ekologik toza, barqaror va ishonchli energiya tizimini barpo etish uchun zamin yaratadi” – dedi Li Chjigan.

▶️
@minenergy_uz
«Узбекистан обладает большим потенциалом в сфере зеленой энергетики» — Ли Чжигань, вице-президент китайской компании CNEEC

Заместитель президента китайской компании «CNEEC» Ли Чжигань дал интервью о потенциале зеленой энергетики Узбекистана, проводимых в этом направлении работах, их перспективах и участии китайской компании в этом направлении.

«Реформы Президента Узбекистана в данной сфере реализуются очень правильно и своевременно. Важно экономить энергию и защищать окружающую среду. Мы считаем, что потенциал Узбекистана в сфере зеленой энергетики огромен.

Мы подрядная компания с большим опытом разработки, реализации и управления энергетическими проектами. Я хотел бы назвать три важные причины, по которым китайские инвесторы инвестируют в Узбекистан.

Наиболее важным аспектом является то, что инициатива Китая «Одно пояс, один путь» очень совместима с новой стратегией развития энергетики Узбекистана. Во-вторых, в Узбекистане прекрасные условия для возобновляемых источников энергии, таких как солнечная энергия и энергия ветра, что очень благоприятно для развития проектов возобновляемой энергетики. В-третьих, CNEEC (Китайская национальная электротехническая компания) имеет богатый опыт и результативность в сфере возобновляемой энергетики, и мы готовы вместе с нашими партнерами инвестировать в сферу зеленой энергетики в Узбекистане.

Джизак был выбран нами в качестве добровольной территории для инвестирования в проект ветроэнергетики. Во-первых, мы рассмотрим масштаб проекта Джизакской ветроэнергетики.

В будущем мы планируем реализовать проекты по строительству солнечной станции и системы накопления энергии, чтобы предоставить решения для экологически чистой энергетики.

Мы будем привлекать в Узбекистан больше профессиональных и технических кадров для изучения нового энергетического рынка и потенциала развития Узбекистана и разработки дорожной карты для развития проектов в области возобновляемых источников энергии. Это еще больше укрепит сотрудничество между Китаем и Узбекистаном и создаст основу для создания зеленой, экологически чистой, стабильной и надежной энергетической системы Узбекистана», — сказал Ли Чжигань.

▶️
@minenergy_uz