Qo‘shimcha xabar: Quyichirchiq tumanidagi gaz tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda
Quyichirchiq tumanidagi “Jumagul”, “Baliqchi”, “Yulduz”, “ O‘jakent”, “Gul”, “Do‘stlik-1”, “To‘qboy” va “Abay” MFYlarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi gaz quvurida nosozlik yuzaga keldi.
Natijada, 12-yanvar kuni soat 1:00 dan yuqorida ko‘rsatilgan manzillardagi jami 4000 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
▶️@minenergy_uz

Tunda elektr va gaz tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etib borildi
Maxsus brigadalar anomal sovuq harorat natijasida 11-yanvardan 12-yanvarga o‘tar kechasi gaz va elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etib bordilar.
Shuningdek, ayni paytda ayrim tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, anomal sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish uchun elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1000 dan ortiq maxsus brigada tashkil etilgan. Ular muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlamoqdalar.

Energetika vazirligi murojaati
Respublika bo‘yicha anomal sovuq harorat davom etayotganligi sababli quvurlarda gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.
Shu maqsadda, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi.
Shuningdek, ortadigan talabni to‘liq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yoqilg‘isi mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi, shu jumladan zaxiralar hisobidan.
Hurmatli vatandoshlar, havo harorati keskin sovigan shu kunlarda imkon qadar jamoat transportlaridan foydalanishingizni, zarurat bo‘lmaganda uyda qolishingizni hamda xonadoningizda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanishingizni iltimos qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Yakkabog‘ tumanidagi AGTKSh iste’mol qilgan elektr energiyasi hajmini oylik hisobotlarda kamaytirib ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi
Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Adiba” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xususan, ushbu shoxobcha haqiqiy iste’mol qilgan elektr energiyasi sarfini yashirib, oylik hisobotlarni kamaytirib ko‘rsatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, shoxobcha o‘ziga tegishli transformatorni o‘zboshimchalik bilan (elektr ta’minoti korxonasi bilan kelishmasdan) almashtirganligi aniqlandi. Buning natijasida hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 752 mln so‘m miqdorida qayta-hisob amalga oshirildi.
Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 8,3 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Elektr va gaz tarmoqlarida yuzaga kelayotgan nosozliklar tezkor bartaraf etilmoqda
Xabar berganimizdek, anomal sovuq harorat tufayli tizimda yuklamalarning keskin ortishi natijasida ayrim gaz va elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelib, ta’minotda qisqa muddatli uzilishlar sodir bo‘lmoqda.
Nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha korxonalarda 24 soat faoliyat yurituvchi 1000 dan ortiq maxsus brigada tashkil etilgan bo‘lib, ular zarur transport vositalari, qo‘shimcha elektr va gaz qurilmalari zaxiralari bilan ta’minlangan.
Bugungi kunda brigadalar tomonidan sodir bo‘lgan nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilishi ta’minlamoqda.
Tizimdagi nosozliklarni bartaraf etish ishlari aholini xabardor qilgan holda amalga oshirilib, tiklash-ta’mirlash jarayonlari hududiy elektr va gaz ta’minoti korxonalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari jarayonida ta’minotdagi qisqa muddatli uzilishlar natijasida keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati