“Biz ham hissa qo‘sha olamiz”, — Energetika vazirligi farroshi hamkasblarini energiya tejamkorlikka chaqirdi
Bugungi kunda energiya tejamkorlik masalasi barcha davlatlarda dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. Energiya resurslarini tejash, ulardan foydalanish samadorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilinmoqda, qator hujjatlar imzolanmoqda, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Ana shu jarayonlarda o‘ziga xos bir soha egalari borki, ular ham energiya resurslari tejamkorligiga katta hissa qo‘shishlari mumkin. Bu — tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan farroshlardir.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati vazirlikda faoliyat yuritib kelayotgan farrosh Malika Usmonova bilan energiya tejamkorlik haqida suhbatlashdi.
Faoliyatingizning elektr energiyasi tejamkorligi bilan nechog‘lik bog‘liqligi haqida so‘zlab bersangiz?
– Energetika tashkilotlarida ishlayotganimga 23 yil bo‘ldi. To‘g‘ri, o‘zim energetika mutaxassisi emasman, lekin uzoq yillar shu yerda ishlaganim uchun tejamkorlik qanchalik muhimligini tushunganman.
Odatda biz ishga juda erta, ko‘pincha tong yorishmasdan kelib, xonalarni tozalaymiz. Ilgari ishga kelishimiz bilan binodagi barcha xonalarning chiroqlarini to‘liq yoqib chiqar edik. Sababini aniq bilmayman-u, negadir shu odat tusiga kirib qolgan edi-da. Hamkasblarim “xona yorug‘ bo‘lsa, uning tozalanganligi bilinib turadi” deb hisoblashardi. Bitta xonani tozalash jarayonida boshqa xonalarning chiroqlari soatlab befoyda yoqilib qolaverardi.
O‘ylab qarasam, bu kattagina isrof ekan. Biz ham energiyani tejashga hissa qo‘shishimiz mumkinligini tushunib, faqat tozalanayotgan xonaning chirog‘ini yoqishga, qolgan chiroqlarni doim o‘chirib yurishga odatlandik.
Menimcha, hamma tashkilotlarda ishlayotgan farroshlar ana shunday tejamkorlikka o‘tsa, ancha energiyani tejashimiz mumkin. Shuning uchun hamma hamkasblarimga murojaat qilib aytmoqchiman: hurmatli hamkasblar, siz ham elektr energiyasini tejashni odat qiling.
Shunda birinchidan, tashkilotning xarajati kamayadi, ikkinchidan esa, ushbu tejalgan energiya uzoqdagi qishloq xonadonlariga ham yetib boradi.
Ishxonamiz — ikkinchi uyimiz. Uyda elektrni qanday tejasak, ishxonadayam xuddi shunaqa qilishimiz kerak. Ozgina elektr uchun ham qancha odam mehnat qilishini boshqalar bilmasayam men yaxshi bilaman. Uni bekorga uvol qilmaylik.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
▶️@minenergy_uz

“Olmaliq KMK” AJ 50-60 MVt quvvatga ega Olmaliq quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi uchun mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar (investor-developerlar) uchun tanlovning dastlabki bosqichi boshlanganini ma’lum qiladi
—————
АО «Алмалыкский ГМК» объявляет о начале предварительного этапа конкурса для независимых производителей электроэнергии (инвесторов-девелоперов) по проекту строительства Алмалыкской солнечной фотоэлектрической станции мощностью 50-60 МВт переменного тока

Umumiy quvvati 1860 MVt bo‘lgan Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi
Bugun, 6-yanvar kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Qirg‘iz energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov tomonidan Qambarota-1 GES qurilishi loyihasi bo‘yicha ”yo‘l xaritasi” imzolandi.
Tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari va zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar.
Mazkur GES nafaqat Qirg‘iz Respublikasini, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining elektr va suv ta’minotida muhim o‘rin tutadi.
Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga o‘rtacha 5,6 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida ikki mamlakat prezidentlari tomonidan Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energetika vazirligining murojaati: Qishdan chiqib olish uchun hammamiz birgalikda energiyani iqtisod qilaylik
“Xatolarimiz sababli sovuqqotyapmiz. Ammo hozir, shu lahzada, bir musht bo‘lib, jamiyat bo‘lib qish sovug‘idan o‘tib olmasak bo‘lmaydi. Bu bizning qo‘limizdan keladi. Har birimiz energiyani iqtisod qilishga urinsak, talafotlarni kamaytirishimiz mumkin bo‘ladi”.
👉 https://kun.uz/uz/03380455

Prezident qarori: Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi
Prezidentimizning 2022-yil 30-dekabrda “Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-464-son qarori imzolandi.
Unga asosan, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 61,9 gektar maydonida zamonaviy “H” toifasidagi kombinatsiyalangan siklda ishlaydigan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi quriladi. Mazkur stansiya 2026-yilda ishga tushiriladi.
Loyiha doirasida foydali ish koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori bo‘lgan qurilmalarni o‘rnatish hisobiga yiliga 12 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va buning natijasida yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Ahamiyatli jihati, obyekt qurilishi davomida 2500 nafar, ishga tushirilgandan so‘ng esa 120 nafar doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.
Taʼkidlash joizki, mazkur yirik loyiha xalqaro ochiq tender savdolarini o‘tkazish orqali Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida amalga oshirilayotgan eng yirik investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro moliya korporatsiyasining texnik ko‘magida o‘tkazilgan xalqaro ochiq tenderda 2021-yil 19-noyabr kuni “EDF International S.A.S.” (Fransiya), “Nebras Power Investment Management B.V.” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) va “Kyuden International Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi g‘olib bo‘lgan edi.
Maʼlumot uchun: 2022-yil 20-noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida 220 MVt quvvatli yangi IES ishga tushirildi. Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida 1500 MVt quvvatli zamonaviy IES ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Toshkentda kuzatilgan kuchli shamol ayrim elektr uzatish tarmoqlarining shikastlanishiga olib keldi
Bugun Toshkent shahri va viloyatida kuzatilgan kuchli shamol natijasida bir necha hududlardagi daraxt shoxlarining sinishi jarayonida ayrim elektr uzatish tarmoqlarining shikastlanishiga (simlarning daraxt shoxlari bilan uzilib tushishiga) olib keldi.
Buning natijasida, Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda elektr tarmoqlari filiallarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Toshkent shahrida kuchli shamol natijasida elektr ta’minotida kuzatilgan uzilishlar to‘liq bartaraf etildi
Shuningdek, Toshkent viloyatining ayrim hududlaridagi elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari yakunlanmoqda.
Xususan, Qibray va Ohangaron tumanlaridagi 1 tadan mahallaning elektr ta’minoti qisqa vaqt ichida to‘liq tiklanadi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
▶️@minenergy_uz
Shuningdek, Toshkent viloyatining ayrim hududlaridagi elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari yakunlanmoqda.
Xususan, Qibray va Ohangaron tumanlaridagi 1 tadan mahallaning elektr ta’minoti qisqa vaqt ichida to‘liq tiklanadi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
▶️@minenergy_uz
Buxoro viloyatidagi ilk issiqlik elektr stansiyasi: 150 mln dollarlik investitsiya, 270 megavatt quvvat va yangi tajriba.
Ushbu so‘nggi avlod elektr stansiyasi va boshqa loyihalar haqida batafsil “Tahlilnoma” dasturida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

YouTube
Buxorodagi ilk issiqlik elektr stansiyasi: 270 MVt quvvat va yangi tajriba
Первая ТЭС в Бухарской области: 150 миллионов долларов инвестиции, 270 мегаватт мощности и новый опыт.
Подробнее об этом и других проектах, реализуемых на станции, вы можете узнать в этом репортаже.
▶️@minenergy_uz
Подробнее об этом и других проектах, реализуемых на станции, вы можете узнать в этом репортаже.
▶️@minenergy_uz
YouTube
Специальный репортаж с теплоэлектростанции в Бухарской области
Energetika vazirligi Matbuot shtabi is gazidan zaharlanish va gazdan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan ogohlantiradi
Hurmatli vatandoshlar, gaz jihozlaridan foydalanishda quyidagilarga rioya qilishingizni so‘raymiz:
➖isitish mavsumi boshlanishidan oldin binoning mo‘ri va havo almashish yo‘laklarini mutaxassislar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini taʼminlang;
➖gaz jihozlarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulamang va joyini o‘zgartirmang;
➖nosoz isitish qurilmalari va gaz jihozlaridan foydalanmang, mutaxassis ishtirokisiz gaz jiholarini taʼmirlashga yo‘l qo‘ymang;
➖gaz jihozlari va isitish qurilmalari joylashgan binolarda havo almashish kanallarining doimiy ochiq holatda bo‘lishini taʼminlang;
➖mo‘ri va havo almashish yo‘llarining texnik jihatdan soz bo‘lishini taʼminlang, gaz jihozlari va isitish qurilmalarini qarovsiz qoldirmang;
➖yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang;
➖gaz jihozlari joylashgan xonadan dam olish va uxlash maqsadida foydalanmang;
➖tabiiy gaz sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanmang;
➖gaz quvurlariga har xil so‘rg‘ichlar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymang;
➖gaz plitasidan kiyimlarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalanmang;
➖bino ichida gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini yoqib o‘chirmang, gugurt yoqmang, xonani zudlik bilan shamollating hamda tumangaz taʼminoti bo‘limiga (104) qo‘ng‘iroq qiling.

Dekabr oyida 15,7 mlrd so‘mlik yoki 177 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’moliga teng elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
2022-yil dekabr oyi davomida Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 719 ta holatda 35,5 mln kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Buning natijasida tizimga 15,7 mlrd so‘m zarar keltirilganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 177 mingdan ortiq xonadonning bir oylik yoki Sirdaryo viloyati iste’molchilarining bir haftalik elektr energiyasi iste’molini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari ayniqsa Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Masalan, Samarqand viloyatidagi “Maroqand sifat tekstil” MChJda 2,3 mlrd so‘m, Toshkent viloyatidagi “Spring Kolours Industriy” MChJda 1,4 mlrd so‘m, Andijon shahridagi “F.X.S” MChJda 684,17 mln so‘m miqdoridagi qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Uzbekistan GTL” kompaniyasining Toshkent shahridagi binosida quvvati 65 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
Mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 115 ming kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, stansiya “Uzbekistan GTL” kompaniyasi Toshkent shahridagi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini elektr tarmoqlari korxonasiga uzatish imkoniyati ham yaratildi.
—————
В здании компании «Uzbekistan GTL» в городе Ташкенте была запущена солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 65 кВт
Солнечная фотоэлектрическая станция способна вырабатывать более 115 тысяч кВт часов электроэнергии в год.
Стоит отметить, что станция обеспечивает электроэнергией здание компании «Uzbekistan GTL» в городе Ташкенте в дневное время суток.
При этом, излишки электроэнергии можно направлять в единую электрическую сеть.

Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar 2022-yilda 434 mln kVt-soat elektr energiya ishlab chiqardi
Xabar berilganidek, Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
Ushbu elektr stansiyalarda 2022-yilda:
➖434 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;
➖buning natijasida 127 mln kub metr gaz tejalishiga erishildi;
➖173 ming tonna atmosferaga zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi qariyb 145 mingta xonadonning bir yillik iste’molini tashkil qiladi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
—————
Солнечные фотоэлектростанции в Навоийской и Самаркандской областях в 2022 году выработали 434 млн кВт-час электроэнергии
Как сообщалось, в Навоийской и Самаркандской областях введены в эксплуатацию 2 солнечные фотоэлектростанции каждая мощностью по 100 МВт.
На электростанциях в 2022 году:
➖выработано 434 млн кВт-час электроэнергии;
➖в результате сэкономлено 127 млн кубометров природного газа;
➖предотвращены выбросы в атмосферу 173 тыс. тонн вредных газов.
Для справки, такое количество электроэнергии потенциально может покрыть годовое потребление около 145 тысяч домохозяйств.
Пресс-служба Министерства энергетики

Elektr va gaz ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarda kuchli qor yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish jarayonlaridan lavhalar.
Eslatib o‘tamiz, anomal sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1000 dan ortiq maxsus brigada tashkil etilgan. Ular muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlamoqdalar.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Anomal sovuq kunlarda elektr energiyasini ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash uchun barcha stansiyalarda kunu tun ish rejimi tashkil etilgan.
▶️@minenergy_uz
▶️@minenergy_uz
Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida kuzatilgan uzilish bartaraf etilmoqda
Bugun, 10-yanvar kuni noqulay ob-havo hamda kuchli qor yog‘ishi natijasida daraxt shoxlarining sinishi oqibatida Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida shikastlanish yuzaga kelgan. Natijada:
Yakkasaroy tumanining: “Shohjahon” MFY Jamshid Shoshiy, Belariq 3-tor, Rakatboshi 7-tor hamda Rakatboshi 9-tor ko‘chalarida, “Yakkasaroy” MFY Yakkasaroy, Shota Rustaveli, Bog‘u bo‘ston, Spitamen va B.Hiloliy 7-tor ko‘chalarida;
Shayxontohur tumanining: “Katta Oqtepa” mahallasi hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
Ayni vaqtda elektr ta’minoti korxonalarining brigadalari tomonidan mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va elektr ta’minoti qayta tiklanadi.