MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.52K photos
2.38K videos
90 files
6.74K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Toyloq tumani, “Bog‘izag‘on” podstansiyasidagi transformatorda yuzaga kelgan yog‘in to‘liq bartaraf etildi

Ayni paytda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Yongʻindan yon-atrofdagi binolarga zarar yetmagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

▶️@minenergy_uz
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 11-dekabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi

Kecha, 11-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 227,2 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 224 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 156 mln kub metr tabiiy gaz va 1,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 20,7 ming tonna ko‘mir mahsuloti qazib olindi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir yarim soatdan ikki soatgacha) kiritildi.

Kecha, soat 20:18da Toyloq tumani, “Bog‘izag‘on” podstansiyasidagi transformatorda yong‘in yuzaga kelgan. Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 576 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Shuningdek, gaz quvurlarida bosimning meʼyordan pastligi sababli Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan. Xususan:

Toshkent viloyati:
Bo‘stonliq, Piskent, Ohangaron, Parkent, Yangiyo‘l, Zangiota, Toshkent, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, O‘tra-Chirchiq, Yuqori-Chirchiq, Chinoz tumanlari va Yangiyo‘l shahrining ayrim xonadonlarida;

Farg‘ona viloyati: Beshariq, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Qo‘shtepa, Rishton, So‘x, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat, O‘zbekiston, Quva tumanlari va Marg‘ilon, Farg‘ona, Quvasoy, Qo‘qon shaharlarining ayrim xonadonlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Baliqchi, Bo‘ston, Buloqboshi, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Paxtaobod, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Andijon, Xonobod, Qorasuv shaharlarining ayrim xonadonlarida;

Namangan viloyati: Davlatobod tumani va Namangan shahrining ayrim xonadonlarida;

Jizzax viloyati: Sh.Rashidov va Dashtabod tumanlarining ayrim xonadonlarida;

Samarqand viloyati: Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Samarqand, Oqdaryo, Jomboy, Narpay, Nurobod, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Toyloq, Urgut tumanlari va Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlarining ayrim xonadonlarida;

Surxondaryo viloyati: Termiz shahrining ayrim xonadonlarida;

Toshkent shahar: Yashnabod tumanining ayrim xonadonlarida gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan.

Isteʼmolchilardan 350 ta murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.

Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr tarmoqlari korxonalarida 532 ta, gaz taʼminoti korxonalarida esa 244 ta nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha brigadalar tashkil etilgan.

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Hurmatli isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki Telegramdagi (@HET_admin) administratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Toyloq tumanidagi shikastlangan transformator yangisiga almashtirilmoqda

Xabar berganimizdek, Toyloq tumani, “Bogʻizagʻon” podstansiyasidagi transformatorda yuklamalarning ortishi oqibatida yongʻin yuzaga kelgan edi.

Kechani oʻzida mazkur yongʻin toʻliq bartaraf etildi. Hozirda shikastlangan 16000 kVA transformator o‘rniga 20 000 kVA transformator keltirilib, o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

▶️@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda O‘zbekistonda umumiy quvvati 1 374 MVt bo‘lgan 6 ta issiqlik (IES) va quvvati 100 MVt bo‘lgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi (QFES) ishga tushirildi.

————

В текущем году в Узбекистане введены в эксплуатацию 6 новых тепловых электростанций (ТЭС) общей мощностью 1374 МВт и 1 солнечная фотоэлектрическая станция (ФЭС) мощностью 100 МВт.

▶️
@minenergy_uz
Energetika vazirligidagi vakant lavozimiga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi

Energetika vazirligi markaziy apparati Moliyaviy oqimlar, narx siyosati va ichki audit boshqarmasi yetakchi mutaxassisi vakant lavozimiga ochiq tanlov eʼlon qilindi.

Hujjat topshirish uchun havola.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Hujjatlar 2022-yil 15-dekabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▶️@minenergy_uz
“O‘zbekneftgaz” AYOQSHlarida AI-80 markali avtobenzin narxi 5700 so‘m etib belgilandi

Prezidentimizning “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishiningoldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan:

Yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 markali avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini “nol” stavkada belgilandi.

Joriy yilning 13-dekabr kunidan boshlab, “O‘zbeknefgaz” AJ tasarrufidagi barcha AYOQSHlarda AI-80 benzinining chakana narxi 1 litri uchun 5700 so‘mdan sotiladi.

2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelga qadar “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan, istisno tariqasida, Biznes ombudsman bilan kelishilmasdan tadbirkorlik sub’yektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat berildi.

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi o‘tkaziladigan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yo‘qotishlariga va talon-tarojliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralarini qo‘llash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritib boriladi.

Ushbu qarorning qabul qilinishi, kuz-qish mavsumida iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirishga olib keladi.

▶️@minenergy_uz
Andijon shahrida 6 mingta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Isteʼmolchilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, elektr energiyasini talon-taroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Andijon shahar, “Eski O‘sh” ko‘chasida faoliyat yuritib kelayotgan “F.X.S” MCHJga qarashli sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasining ikkinchi elektr uzatish liniyasidagi elektr o‘lchov priborlari dasturga kiritilmasdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlanib, hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 684,17 mln so‘m qayta-hisob amalga oshirildi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi hozirgi kunda 6 mingta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng miqdorni tashkil qiladi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan isteʼmolchining elektr qurilmalari tarmoqdan ajratildi. Aniqlangan holat bo‘yicha tegishli choralar qo‘llash uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Elektr energiyasidan noqoqnuniy foydalanish holatlari bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.

▶️@minenergy_uz
Avtobenzin narxi barqarorlashdi, hajmi normal

Kuz-qish mavsumida avtobenzin narxini barqarorlashtirish maqsadida 2022-yil 12-dekabr kuni Prezidentimizning joriy yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martiga qadar qator chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi maxsus qarori qabul qilindi.

Xususan, ushbu davr mobaynida xorijdan olib kirilayotgan, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotilayotgan AI-80 markali benzinga aksiz solig‘ining “nol” stavkasi qo‘llaniladi.

Bu belgilangan muddatda benzin narxi barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Mamlakatimizda benzin taqchilligi yo‘q, uning barqaror ta’minoti mavjud, yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi, importning ko‘zda tutilgan hajmi barqaror davom etmoqda. Biroq, havo harorati pasayib borayotganidan foydalanib, ayrim tadbirkorlar yoqilg‘i quyish shaxobchalarida sotilayotgan benzin narxini asossiz ravishda oshirish holatlari ham uchrab turibdi.

Shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekiston ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan davlat ekan, bunday hollarda foyda ko‘rishga, sun’iy tanqislik holatini yaratishga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu qaror mish-mishlar va shov-shuvlardan daromad topishga urinayotganlar uchun jiddiy to‘siq bo‘ladi.

Shuningdek, avtomashina egalariga shuni eslatib o‘tamizki, benzinni zaxirada xarid qilish va uni yaroqsiz sharoitda saqlash noqonuniy hisoblanadi. Chunki bu nafaqat sizning oila a’zolaringiz, balki yaqin atrofda yashovchi boshqa insonlarning ham salomatligi va hayotiga tahdid soladi. Benzinni faqat shu maqsadda maxsus jihozlangan obyektlarda, masalan, yoqilg‘i quyish shaxobchalarida, terminallarda va hokazolarda saqlash mumkin. Yaqinlaringiz va atrofingizdagilarning hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

Aholini benzin bilan ta’minlash holati mamlakat rahbariyati nazoratida.

Eslatib o‘tamiz, benzinni noqonuniy saqlash holatlari aniqlansa, jarima va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
Цены на бензин стабилизированы, объемы в норме

С целью стабилизации цен на бензин в осенне-зимний период 12 декабря 2022 года принято специальное постановление Президента, которым в период с 10 декабря т. г. по 1 марта 2023 года вводится ряд мер.

В частности, в этот период применяется нулевая ставка акцизного налога к автобензину марки АИ-80, импортируемому, производимому отечественными предприятиями и реализуемому субъектами предпринимательства конечным потребителям.

Это даст возможность иметь стабильные цены на бензин в указанный период. В стране нет дефицита бензина, имеется его стабильный запас, налажены поставки, бесперебойно идет предусмотренный объем импорта. Однако при этом имелись случаи, когда недобросовестные предприниматели, пользуясь ситуацией понижения температуры, необоснованно повышали цены на бензин, реализуемый на АЗС.

Необходимо помнить, что, являясь социально направленным государством, Узбекистан не допустит того, чтобы наживались на опасениях людей и создавали ситуацию искусственного дефицита. Данное постановление является серьезным сдерживающим фактором для тех, кто пытается нажиться на слухах и сплетнях.

Напоминаем также автовладельцам, что закупка бензина в запас и его хранение в неприспособленных условиях является незаконной, так как угрожает здоровью и жизни не только членов ваших семей, но и других живущих рядом людей. Бензин может храниться только на специально оборудованных для этого предприятиях, таких как АЗС, терминалы и т. д. Не подвергайте опасности жизнь ваших близких и окружающих.

Ситуация по снабжению населения бензином находится на контроле руководства страны.

Напоминаем, что выявлении случаев незаконного хранения бензина будут применены штрафы и другие предусмотренные законодательством меры.

Пресс-служба Министерства энергетики Республики Узбекистан

▶️
@minenergy_uz
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 12-dekabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi

Kecha, 12-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 227,2 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 227 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 154,5 mln kub metr tabiiy gaz va 2,2 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 1,7 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir yarim soatdan ikki soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 512 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Shuningdek, gaz quvurlarida bosimning meʼyordan pastligi sababli Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan. Xususan:

Toshkent viloyati:
Bo‘stonliq, Piskent, Ohangaron, Parkent, Yangiyo‘l, Zangiota, Toshkent, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, O‘tra-Chirchiq, Yuqori-Chirchiq, Chinoz tumanlari va Yangiyo‘l shahrining ayrim xonadonlarida;

Farg‘ona viloyati: Beshariq, Buvayda, Dang‘ara, Oltiariq, Qo‘shtepa, Rishton, So‘x, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat, O‘zbekiston, Quva tumanlari va Marg‘ilon, Farg‘ona, Quvasoy, Qo‘qon shaharlarining ayrim xonadonlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Baliqchi, Bo‘ston, Buloqboshi, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Paxtaobod, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Andijon, Xonobod, Qorasuv shaharlarining ayrim xonadonlarida;

Samarqand viloyati: Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Samarqand, Oqdaryo, Jomboy, Narpay, Nurobod, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Toyloq, Urgut tumanlari va Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlarining ayrim xonadonlarida;

Surxondaryo viloyati: Termiz shahrining ayrim xonadonlarida;

Toshkent shahar: Yashnabod va Sergeli tumanlarining ayrim xonadonlarida gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan.

Isteʼmolchilardan 435 ta murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.

Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr tarmoqlari korxonalarida 532 ta, gaz taʼminoti korxonalarida esa 244 ta nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha brigadalar tashkil etilgan.

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Hurmatli isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki Telegramdagi (@HET_admin) administratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Parranda yetishtirish korxonasi 2 mingta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan

Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati Toshkent tumani, “Ko‘ksaroy” MFYda faoliyat yuritib kelayotgan “YAG‘MUR PARRANDA SERVIS” fermer xo‘jaligiga qarashli parranda yetishtirish korxonasi haqiqiy isteʼmol qilgan elektr energiyasi sarfini yashirib, oylik hisobotlarni kamaytirib ko‘rsatilgan holda topshirib kelganligi aniqlandi.

Tadbirkor tomonidan hisobotlarda ko‘rsatilmagan elektr energiyasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 194 mln so‘m mablag‘ elektr taʼminoti korxonasiga undirishga qaratildi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi hozirgi kunda 2 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.

▶️@minenergy_uz
Uch kunda 95 mingga yaqin xonadonning kuz-qish mavsumida bir kunlik isteʼmoliga teng hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yil 9-12-dekabr kunlari Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya” va huquqni muhofaza qilish organlar bilan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 19 ta holatda issiqxona xo‘jaliklarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Ushbu noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 1,9 mln kub metr yoki 1,9 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu hajmdagi tabiiy gaz 95 000ga yaqin hovli xonadonning kuz-qish mavsumidagi bir kunlik isteʼmolini tashkil qiladi. Jumladan,

Andijon shahrida
yashovchi fuqaro U.D tomonidan xonadonidagi issiqxonada hech qanday hujjatlarsiz 2 dona isitish qozonini (2 dona nostandart gaz yondirgich) tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 104 ming kub metrni (104 mln so‘m) tashkil etgan.

Buxoro shahar, “Asilbek Yusufbek biznes” MCHJga qarashli issiqxonada shartnoma va loyiha hujjatlarida qayd etilmagan 3 dona isitish qozonini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Noqonuniy foydalanilgan jami tabiiy gaz hajmi 402 ming kub metrni (402 mln so‘m) tashkil etgan.

Toshkent va Qibray tumanida yashovchi fuqarolar U.Q, Y.X, A.Xlar tomonidan issiqxonada hech qanday asoslantiruvchi hujjatlarsiz jami 5 dona nostandart (yasama) isitish qozonlarini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Noqonuniy foydalanilgan jami tabiiy gaz hajmi 717 ming kub metrni (717 mln so‘m) tashkil etgan.

Sergili tumani “LIDER BISCUTT” va STELL IPON” MCHJlarga qarashli issiqxona ho‘jaliklarida shartnoma va loyiha hujjatlarida qayd etilmagan isitish qozonlarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqga ulanib tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Noqonuniy foydalanilgan jami tabiiy gaz hajmi 135 ming kub metrni (135 mln so‘m) tashkil etgan.

Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

▶️@minenergy_uz
Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtamadi

Hozirda bitta “Naibobod 1” elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyasi yetkazib berilmoqda, ikkinchi “Naibobod 2” tarmog‘ida texnik nosozliklar tufayli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti qisqargan, biroq to‘xtatilgani yo‘q.

Shu kunlarda 125 MVt elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

—————

Поставки электроэнергии в Афганистан не прекращались

В настоящее время поставки электроэнергии осуществляется по одной линии электропередач «Наибабад 1», вторая линия «Наибабад 2» в связи с техническими проблемами находится на ремонте, в связи с чем был сокращен экспорт электроэнергии в Афганистан, однако не прекращен.

В эти дни поставляется 125 МВт электроэнергии.

▶️@minenergy_uz
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 13-dekabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi

Kecha, 13-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 228,1 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 225,5 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 153 mln kub metr tabiiy gaz va 2,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 8,8 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir yarim soatdan ikki soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 423 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Shuningdek, gaz quvurlarida bosimning meʼyordan pastligi sababli Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan. Xususan:

Toshkent viloyati:
Bo‘stonliq, Piskent, Ohangaron, Parkent, Yangiyo‘l, Zangiota, Toshkent, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, O‘rta-Chirchiq, Yuqori-Chirchiq, Chinoz tumanlari va Yangiyo‘l shahrining ayrim xonadonlarida;

Farg‘ona viloyati: Beshariq, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Qo‘shtepa, Rishton, So‘x, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat, O‘zbekiston, Quva tumanlari va Marg‘ilon, Farg‘ona, Quvasoy, Qo‘qon shaharlarining ayrim xonadonlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Baliqchi, Bo‘ston, Buloqboshi, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Paxtaobod, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Andijon, Xonobod, Qorasuv shaharlarining ayrim xonadonlarida;

Namangan viloyati: Davlatobod tumani va Namangan shahrining ayrim xonadonlarida;

Samarqand viloyati: Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Samarqand, Oqdaryo, Jomboy, Narpay, Nurobod, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Toyloq, Urgut tumanlari va Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlarining ayrim xonadonlarida;

Surxondaryo viloyati: Termiz shahrining ayrim xonadonlarida;

Toshkent shahar: Yashnabod tumanining ayrim xonadonlarida gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan.

Isteʼmolchilardan 341 ta murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.

Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr tarmoqlari korxonalarida 532 ta, gaz taʼminoti korxonalarida esa 244 ta nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha brigadalar tashkil etilgan.

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Hurmatli isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki Telegramdagi (@HET_admin) administratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
12 kunda 17 mingga yaqin xonadonning kuz-qish mavsumida bir oylik isteʼmoliga teng hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

2022-yil dekabr oyining o‘tgan davri davomida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh aʼzolari ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 192 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlariga chek qo‘yildi.

Ushbu noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 10,2 mlrd so‘mni va gaz hajmi 10,2 mln kub metrni tashkil etgan.

Maʼlumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz o‘rtacha 17 mingga yaqin hovli uylardagi xonadonlarning kuz-qish mavsumida bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

Noqonuniy foydalanish holatlari asosan Navoiy viloyatida (2,4 mlrd so‘m), Jizzaxda (2,0 mlrd so‘m), Buxoroda (0,9 mlrd so‘m), Qashqadaryoda (0,267 mlrd so‘m), Toshkent viloyatida (0,8 mlrd so‘m) va Toshkent shahrida (0,165 mlrd so‘m) aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Hamkorlikdagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz