MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.23K photos
2.29K videos
90 files
6.52K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Energetika vazirligi Matbuot shtabi: Toshkent IEMda OAV vakillari ishtirokida press-tur bo‘lib o‘tdi

Press-tur ishtirokchilari korxonada har birining quvvati 32 MVt bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihasi, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish va “Inson qadri uchun” tamoyili asosida qilinayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

—————

Пресс-штаб Минэнерго: На Ташкентской ТЭЦ состоялся пресс-тур с участием представителей СМИ

Участники пресс-тура близко ознакомились с реализуемым на предприятии крупным инвестиционным проектом по строительству двух газотурбинных установок мощностью по 32 МВт каждая, эффективным использованием альтернативных источников энергии и масштабными работами, проводимыми согласно принципу «За человеческое достоинство».

▶️@minenergy_uz
​​Energetika vazirligi matbuot shtabi gaz taʼminoti masalalari bo‘yicha murojaat manzillarini taqdim etadi

Isteʼmolchilar tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti masalalari bo‘yicha quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishlari mumkin:

Gaz taʼminotidagi barcha murojaatlar bo‘yicha 1104 Call-markaziga;

Tabiiy gaz isteʼmoli uchun qarzdorlik bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJ ishchi guruhiga murojaat” telegram guruhiga;

Gaz tizimidagi umumiy murojaatlar uchun Facebook‘dagi “Gaz taʼminoti muammolari va ularni hal etish yo‘llari” guruhiga;

Hisoblagichdagi oxirgi ko‘rsatkich maʼlumotlarni onlayn ravishda olish uchun maxsus telegram bot (@hgt_abonent_bot)ga;

Shuningdek, barcha murojaatlarni veb sayt orqali yo‘llashlari va masofadan turib tegishli maʼlumotlarni olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish maqsadida respublika bo‘yicha nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha 244 ta brigadalar tashkil etilgan. Ular 288 ta maxsus avtotransport va 527 ta payvandlash apparatlari bilan taʼminlangan.

▶️@minenergy_uz
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 1-dekabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi

Kecha, 1-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 228,8 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 218 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 154,3 mln kub metr tabiiy gaz va 1,3 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 8,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir soatdan bir yarim soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 429 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti masalalari bo‘yicha isteʼmolchilardan 330 ta murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.

Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr tarmoqlari korxonalarida 532 ta, gaz taʼminoti korxonalarida esa 244 ta nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha brigadalar tashkil etilgan.

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Hurmatli isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki Telegramdagi (@HET_admin) administratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
​​Gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga kiritilgan cheklovlar metan gaz narxlarining oshishiga sabab bo‘la olmaydi — Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi

Hurmatli tadbirkorlar!

Kuz-qish mavsumida ob-havoning sovushi sababli ayrim hududlarda metan gaz quyish shoxobchalarida cheklovlar kiritish toʻgʻrisida mutasaddi idoralar tomonidan axborot berilgan.

⛽️ Ammo bu holat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarining oshishiga sabab boʻla olmaydi.

❇️ Oʻz navbatida, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotganligi va tadbirkorlar tomonidan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida metan gazi narxlarini sunʼiy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora koʻrilishi maʼlum qilinadi.

❗️Bu borada Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan barcha hududiy boshqarmalariga aniq topshiriqlar berilgan va ular tomonidan nazorat ishlari olib borilayotganligi toʻgʻrisida ogohlantiramiz.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

▶️
@minenergy_uz
G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi uchun investor tanlovining takliflar so‘rovi bosqichi boshlandi

Energetika vazirligi va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarni (investor) tanlash bo‘yicha tenderning takliflar so‘rovi (RFP) bosqichi boshlanganligini eʼlon qiladi.

—————

Launch of the request for proposal stage of investor selection for a new 300 MW Solar PV project in Guzar district

The Ministry of Energy and JSC “National Electric Grids of Uzbekistan” has announced the launch of Request for Proposal (RFP) stage of a tender to select independent power producers to develop the Project in Guzar district of Kashkadarya Region.

▶️@minenergy_uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga murojaati

—————

Обращение Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева к народу нашей страны в связи с 3 декабря — Международным днем инвалидов

▶️
@minenergy_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с
презентацией мер, направленных на развитие «зеленой» экономики.

▶️@minenergy_uz
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 2-dekabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi

Kecha, 2-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 227,4 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 218 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 155,6 mln kub metr tabiiy gaz va 2,1 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 8,3 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir soatdan bir yarim soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 635 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti masalalari bo‘yicha isteʼmolchilardan 528 ta murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.

Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr tarmoqlari korxonalarida 532 ta, gaz taʼminoti korxonalarida esa 244 ta nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha brigadalar tashkil etilgan.

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Hurmatli isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki Telegramdagi (@HET_admin) administratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
“O‘zbekneftgaz” AJ gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari kamayishi kuzatilmoqda. Uning hajmlarini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari yildan-yilga kamayib borayotgani kuzatilmoqda.

Misol uchun, 2021-yilda belgilangan rejaga nisbatan 200 mln metr kub kam tabiiy gaz qazib chiqarilgan, 2022-yilning 11 oyida rejaga nisbatan 5 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarildi.

Jamiyatga qarashli gaz konlarida rejaga nisbatan sutkasiga o‘rtacha 7,1 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarilmoqda. Buning asosiy sabablari gaz konlarida tabiiy gaz zaxiralarining kamayib borayotganligi va konlarda avariyalar kelib chiqayotganligidir.

Bugungi kunda ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan havo haroratining keskin sovib ketishi sababli quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq ichki isteʼmol uchun, xususan aholi va ijtimoiy soha obyektlari hamda issiqlik elektr stansiyalariga yo‘naltirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad – birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, o‘quv yurtlari, shifoxonalar va boshqalar) energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash hisoblanadi.

Hozirgi kunda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirishning zarur chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan isteʼmolchilardan ushbu holatni to‘g‘ri tushungan holda energiya resurslaridan imkon qadar oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘raymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
Taxiatosh IESda 1040 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi asosiy korxona hisoblanadi.

Bugungi kunda korxonada o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari hisobiga qoplash maqsadida quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda. Stansiya 2023-yilning birinchi choragida ishga tushiriladi.

Stansiyada yiliga o‘rtacha 1,8 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, korxonaning o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasi 20-30 foizga kamayishiga va 628 ming kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Ma’lumot uchun: 2022-yilning 11 oyi davomida stansiyada umumiy quvvati 16 kVt bo‘lgan quyosh panellari ishga tushirildi. Shuningdek, 2800 litrli 14 dona quyosh suv isitish qurilmalari, 380 dona quyosh panelli yoritish chiroqlari hamda 360 dona sensorli harakat datchiklari o‘rnatildi.

▶️@minenergy_uz
На Тахиаташской ТЭС началось строительство солнечной фотоэлектрической станции мощностью 1040 кВт

Тахиаташская ТЭС является основным предприятием, обеспечивающим электроэнергией потребителей Республики Каракалпакстан и Хорезмской области.

Сегодня предприятие строит солнечную фотоэлектрическую станцию, чтобы покрыть электроэнергию, используемую для собственных нужд, за счет возобновляемых источников энергии. Станция будет введена в эксплуатацию в первом квартале 2023 года.

Станция вырабатывает в среднем 1,8 млн киловатт-часов электроэнергии в год, снижая потребление электроэнергии предприятием на 20-30% и экономя 628 тысяч кубометров природного газа.

Для справки: за 11 месяцев 2022 года на станции введены в эксплуатацию солнечные панели общей мощностью 16 кВт. Также установлено 14 солнечных водонагревателей емкостью 2800 литров, 380 светильников на солнечных панелях и 360 сенсорных датчиков движения.

▶️@minenergy_uz
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 3-dekabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi

Kecha, 3-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 227,7 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 224,8 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 156,4 mln kub metr tabiiy gaz va 2 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 9 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir yarim soatdan ikki soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 462 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Shuningdek, gaz quvurlarida bosimning meʼyordan pastligi sababli Toshkent, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan. Xususan:

Toshkent viloyati:
Bo‘stonliq, Yangiyo‘l, Bo‘ka, Piskent, Zangiota, Toshkent, Parkent, Ohangaron, Qibray, Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on,O‘tra-Chirchiq, Quyi-Chirchiq tumanlari va Chirchiq shahrining ayrim xonadonlarida;

Buxoro viloyati: G‘ijduvon, Romitan, Qorako‘l, Shofirkon, Vobkent, Peshku, Olot, Buxoro tumanlari va Buxoro shahrining ayrim xonadonlarida;

Farg‘ona viloyati: Marg‘ilon, Farg‘ona, Quvasoy, Qo‘qon shaharlari, Beshariq, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Qo‘shtepa, Rishton, Toshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat, O‘zbekiston va Quva tumanlarining ayrim xonadonlarida gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan.

Isteʼmolchilardan 672 ta murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.