MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.23K photos
2.3K videos
90 files
6.53K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
На здании Кабинета Министров запущена солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 630 кВт

Эта солнечная фотоэлектрическая станция вырабатывает более 1,1 млн кВтч электроэнергии в год.

Следует отметить, что станция полностью обеспечивает здание Кабинета Министров электроэнергией в дневное время. При этом, излишки электроэнергии можно направить в электрическую сеть.

Данная станция реализована в связи с выполнением задач поставленными на видео селекторном совещании, прошедшим под председательством Президента Республики Узбекистан по вопросам расширения использования возобновляемых источников энергии.

Просим все министерства и ведомства присоединиться к реализации данной инициативы.

Пресс-служба Министерства энергетики Республики Узбекистан

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

—————

На здании Кабинета Министров
запущена солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 630 кВт

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energiya resurslaridan tejamli va maqsadli foydalanish xonadonlarimizning charog‘on, turmushimizning yanada yorqin bо‘lishini ta’minlaydi.

Ayni haqiqatni о‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish ertangi kunga ishonch bilan
qarash demakdir.

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov:

Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun brifing o‘tkazdim.

Unda bugun bo‘lib o‘tgan asosiy tadbirlar, yig‘ilish yakunida imzolangan hujjatlar va qabul qilingan qarorlar yuzasidan
ma’lumot berdim.

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘hna Samarqand shahridagi sammit turkiy dunyo sivilizatsiyasining zamonaviy tarixida yangi yuksalish bosqichini boshlab berdi.

—————

Саммит в древнем городе Самарканде положил
начало новому этапу развития цивилизации тюркского мира в современной истории.


▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va a’zolariga tabrigi

—————

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева работникам и членам профсоюзов Узбекистана


▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda qurilgan uylar tabiiy resurslar hamda uy egalarining mablag‘larini tejaydi

Shuningdek:

Energiya tejamkor uylarning atrof-muhitga salbiy ta’siri keskin kamayadi.

Energiya resurslari uchun to‘lovlarni qisqartiradi va ularda istiqomat qiluvchilar uchun ko‘proq qulayliklar yaratadi.

Uylarimizning energiya samaradorligini ta’minlash orqali iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Batafsil ushbu videorolikda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda

Kunlar keskin soviy boshlagandan so‘ng iste’molchilarning elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talabi ham ortib bormoqda. Shuningdek, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining ham keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Buning natijasida, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi ayrim issiqlik elektr stansiyalariga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelmoqda.

Shunday hollarda, elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektlari, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari, transformator punktlari hamda podstansiyalarda yuklamalarning ortishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda.

Xuddi shuningdek, ayrim hududlardagi aholi iste’molchilarida tabiiy gaz bosimining pasayishi ham kuzatilmoqda. Hozirgi paytda barcha yoqilg‘i-energetika obyektlarida maxsus navbatchilik shtablari tashkil etilgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Fursatdan foydalanib, iste’molchilardan ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘ragan holda, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish hamda energiya resurslari barqarorligini ta’minlash maqsadida, imkon qadar ushbu resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishlarini eslatib o‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
“Amirsoy”ga qarashli elektr qurilmada nosozlik yuzaga kelgan va dor yo‘lining to‘xtashiga sabab bo‘lgan. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Amirsoy”da elektr energiyasida uzilish bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar e’lon qilindi.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Oromgohga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilgan.

“Amirsoy” oromgohidagi uzilish oromgohdagi dor yo‘lining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan va oromgohda elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda ushbu nosozlik oromgoh mas’ullari tomonidan bartaraf etilib, dor yo‘li qayta ishga qo‘yilgan.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Energetika vazirligi rahbariyati Angren IESda yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlarini jadallashtirish uchun stansiyaga yetib bordi

Bugun Toshkent viloyatidagi Angren issiqlik elektr stansiyasining energoblokida nosozlik yuzaga keldi. Ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida Energetika vaziri boshchiligida vazirlik rahbariyati zudlik bilan mazkur stansiyaga yetib bordi.

Nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha maxsus brigada tashkil etildi va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi.

Hozirda Angren shahriga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda, shuningdek, qisqa vaqt ichida issiqlik energiyasi yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Angren IESdagi nosozlik bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot

Xabar berganimizdek, bugun, soat 15:14da Angren IESning 10-sonli energoblok qozonidagi quvurlar yorilishi natijasida mazkur energoblok rejadan tashqari to‘xtatilgan.

Hozirda maxsus ta’mirlash brigadasi tomonidan qozondagi nosozlikni bartaraf etish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi va shaharga issiqlik energiyasi yetkazib berilishi qayta tiklanadi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
O‘zbekistonda 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun investorlar tanloviga takliflar qabul qilindi

O‘zbekistonda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ishlatish uchun mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilarni tanlash bo‘yicha eʼlon qilingan Takliflar so‘roviga javoban 4 ta kompaniya va konsortsiumdan takliflar kelib tushdi.

—————

Получены предложения от участников тендера на строительство 3-х солнечных электростанций в Узбекистане

В ответ на Запрос на подачу предложений, на отбор независимых производителей электроэнергии для строительства и эксплуатации 3-х солнечных фотоэлектрических станций общей мощностью 500 МВт, поступили предложения от 4 Предвкалифицированных участников.

▶️@minenergy_uz
▶️@prminenergy
Президент фармойиши билан Саида Шавкатовна Мирзиёева Президент Администрацияси Ижро этувчи аппаратининг Коммуникациялар ва ахборот сиёсати бўйича шўъба мудири лавозимига тайинланди. Ушбу шўъба янгидан тузилган бўлиб, Президент Администрацияси раҳбарининг жамоатчилик фикрини ўрганиш ва ахборот сиёсати учун масъул ўринбосари тизими таркибига киради.

Шунингдек, С.Ш.Мирзиёева ижтимоий соҳа, маданият ва таълим соҳаларидаги ислоҳотлар ижросининг боришини ҳам назорат қилади.

Таъкидлаш лозимки, Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети битирувчиси, Тошкент давлат юридик университети, Ломоносов номидаги Москва давлат университети магистри, иқтисодиёт фанлари номзоди Саида Мирзиёева кўп йиллар давомида турли соҳаларда, шунингдек, 2019-2020 йилларда Президент Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги директорининг ўринбосари, 2020 йилдан бугунги тайинловга қадар Миллий масс-медиани қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш фонди васийлик кенгаши раисининг ўринбосари лавозимларини эгаллаган.

Унинг фаолияти давомида сўз эркинлигини таъминлаш, вазирлик ва идораларнинг очиқлик сиёсати, матбуот хизматларини жорий этиш, маданият соҳасини ривожлантириш ва гендер тенглик масалалари бўйича кўплаб лойиҳалар амалга оширилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Распоряжением Президента Саида Шавкатовна Мирзиёева назначена на должность заведующей сектором по коммуникациям и информационной политике Исполнительного аппарата Администрации Президента. Этот новообразованный сектор входит в структуру системы заместителя руководителя Администрации, ответственного за изучение общественного мнения и информационную политику.

Также, С.Ш.Мирзиёева будет контролировать ход исполнения реформ в социальной сфере, в области культуры и образования.

Следует отметить, что выпускница Университета мировой экономики и дипломатии, магистр Ташкентского государственного юридического университета и Московского государственного университета имени Ломоносова, кандидат экономических наук Саида Мирзиёева многие годы работала в различных сферах, в частности в 2019-2020 годах занимала должность заместителя директора Агентства по информации и массовым коммуникациям при Администрации Президента, с 2022 года до сегодняшнего назначения - должность заместителя председателя попечительского совета Фонда поддержки и развития национальных масс-медиа.

Во время ее деятельности реализовано множество проектов по обеспечению свободы слова, политике открытости в министерствах и ведомствах, внедрению деятельности пресс-служб, развитию сферы культуры, а также по вопросам гендерного равенства.

Facebook|Instagram|Twitter
Talimarjon IESda umumiy quvvati 900 MVtdan kam bo‘lmagan navbatdagi ikkita bug‘-gaz qurilmalarini qurish uchun Ispaniya va Yaponiya kompaniyalari bilan shartnomalar imzolandi

—————

Подписаны контракты с испанскими и японскими компаниями на строительство очередных двух парогазовых установок общей мощностью не менее 900 МВт на Талимарджанской ТЭС


▶️@minenergy_uz
▶️@prminenergy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida
reportaj efirga uzatildi.

—————

Как сообщалось, на здании Кабинета Министров
запущена солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 630 кВт.

Об этом смотрите в
репортаже телеканала «O‘zbekiston 24».

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan davlat universiteti binosida quvvati 100 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Ushbu stansiya universitetning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘la qoplamoqda.

Shuningdek, talabalar turar joyiga 2000 litrli quyosh kollektorlari o‘rnatildi.

Bu va viloyatda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy